Osiyo-Tinch okeani Informatika Olimpiadasiga tarixda birinchi marta 🇺🇿Oʻzbekiston mezbonlik qilib, muvaffaqiyatga erishildi.
Olimpiadada 40 dan ortiq mamlakatdan 900 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi, bu esa butun dunyoda sport dasturlash sohasiga boʻlgan qiziqish ortib borayotganini koʻrsatmoqda.
Rasmiy natijalar onlayn tarzda Youtube orqali e'lon qilindi, Olimpiada taqdirlash marosimini quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin - Taqdirlash marosimi
Birinchi marotaba Oʻzbekiston milliy jamoasi ushbu Olimpiadada 3 ta bronza🥉 🥉 🥉 medalini qoʻlga kiritdi.
Bu yurtimiz yoshlari informatika va dasturlash yo'nalishidagi salohiyatini oshib borayotganini ko'rsatadi.
Gʻoliblarni esa chin yurakdan tabriklaymiz👏👏👏
Eslatib o'tamiz — eng nufuzli Informatika bo‘yicha Xalqaro Olimpiada 2026-yilda 🇺🇿Oʻzbekistonda boʻlib o‘tadi
Biz ushbu Olimpiadaga 100dan ortiq davlatlardan keladigan jamoalarni O'zbekistonga kelishlari va yoshlarimiz oltin 🥇medallarini qo'lga kiritishlarini kutib qolamiz.