TG Telegram Group Link
Channel: Qorovulbozor.uz|RASMIY KANAL
Back to Bottom
📣📣📣📣📣

⚡️Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar faqatgina onlayn shaklda https://ariza.piima.uz orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi
:
1. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
2. Fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
4. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Prezident maktablariga faqat 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

@qorovulbozortuman
#online
#sessiya

Ayni damda Xalq deputatlari tuman Kengashining 98-sessiyasi bo‘lib o'tmoqda.

Sessiyadan viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i Dilshod Yuldashev, tuman sektor rahbarlari, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda.

@qorovulbozortuman
#online
#sessiya

Sessiyada tuman sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanmoqda.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyat 4-sektor rahbari o‘z fikrlarini bildirdi.

@qorovulbozortuman
#online
#sessiya

Sektor rahbarlarining hisobotlari yuzasidan deputatlar o‘z fikr va mulohazalarni bildirishdi.

@qorovulbozortuman
Диққат эълон !
САЙЁР ҚАБУЛ

Ҳурматли фуқаролар жорий йилнинг 21 май куни Қоровулбозор тумани прокурори Ҳамза Ҳакимович Фозиловнинг навбатдаги сайёр қабули туманимизнинг "Бўзачи" маҳалла фуқароллар йиғини биносида маҳаллий аҳоли вакиллари билан ўтказилади.
Шу муносабат билан ҳудуддаги муаммоси ҳамда таклифи мавжуд фуқароларни сайёр қабулга таклиф этамиз.

Сайёр қабул ўтказилиш жойи, вақти: “Бўзачи” МФЙ биносида соат 10 : 30 да
HTML Embed Code:
2024/05/21 06:08:45
Back to Top