TG Telegram Group Link
Channel: Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi
Back to Bottom
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining 2-mitti tumani hududida aynan 34-sonli ko‘p qavatli uy atrofida noqonuniy qurilishlar olib borilayotganidan, ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismi axlatga to‘lib ketganidan va yaroqsiz holga kelib qolgan bolalar maydonchasidan shikoyat qilishgani aytilgan xabar tarqalgan.

Hududdagi BSK vakillari va viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida holat o‘rganildi. Tarmoqqa yuklangan suratlar eski ma’lumot bo‘lib, bugungi kunda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining Tabassum MFY 2-mitti tuman hududida viloyat ishchi guruhi joyiga chiqqan holda o‘rganish olib borilganda hududda noqonuniy qurilishlar mavjud emasligi, ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismi toza va quriq holatdaligi shuningdek yerto‘la qismida ta’mirlash ishlari olib borilganligi hamda bolalar maydonchasi mukammal ta’mirlanganligi ma’lum bo‘ldi.

https://hottg.com/qashkommunalxizmat
Forwarded from Nishon tumani hokimligi
Talimarjon shaharchasida 4 ta bolalar o‘yingohi qurilib, foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, 2022-yil 4-noyabr kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining sessiyasida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning manzilli roʻyxati tasdiqlangani haqida maʼlumot bergan edik.

Natijada, ushbu sessiyada Nishon tumanidagi qator mahallalarning infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida kengash qaror qabul qilgan edi.

Mazkur kengash qaroriga koʻra, Nishon tumanidagi Talimarjon shaharchasida joylashgan "Doʻstlik" va "Tinchlik" mahallarida bittadan bolalar oʻyingohini qurish rejalashtirilgan edi.

Quvonarli jihati shundaki, ayni vaqtda Talimarjon shaharchasida 2 ta emas, balki 4 ta yaʼni;
🔹 "Tinchlik"da 1 ta;
🔹 "Obi-hayot"da 1 ta;
🔹 "Doʻstlik" mahallasida 2 ta bolalar oʻyingohi
jami 500 million soʻm mablag‘ evaziga qurilib, shu joyda yashovchi fuqarolarga foydalanishlari uchun topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
❗️DIQQAT, ICHIMLIK SUVI TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILADI!

💧“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ Qarshi shahar filiali shuni maʼlum qiladiki, Qarshi shahar, Jayxun koʻchasidan oʻtuvchi 500 metr masofadagi 1020 mm diametrli ichimlik suvi quvuri yangilanayotganligi sababli shaharning baʼzi hududlarida joriy yil 11-martdan 13-martga qadar ichimlik suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

👉 Komilon, Beklar, Gulshan, Darvoza tutak, Chaqar, Samarqand, Eski anhor, Xudoyzod, Aral , Ravoq, Bogʻishamol mahallalari
👉 Amir Temur, Nasaf, Roguzar mahallalaridagi koʻp qavatli uylar

Isteʼmolchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

💧“Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ axborot xizmati
https://hottg.com/uzsuvqashqadaryo
Forwarded from Hudud Inform
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Олий Мажлис Сенати Конституциявий қонунни ва уни умумхалқ референдумига қўйишни маъқуллади.

📣 Қонун уч кун ичида матбуот ва бошқа ОАВларда эълон қилиниши кутилмоқда.

https://hottg.com/hudud_inform
“Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси матни билан meningkonstitutsiyam.uz сайти орқали танишиб чиқишингиз мумкин.

📝 Шунингдек, Қонун лойиҳаси "Халқ сўзи" ва "Народное слово" газеталарининг бугунги сонида эълон қилинди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️🅱️‼️

#Тезкор

"Телеграм" орқали юққан
"вирус"дан қандай қутулиш мумкин.
————
Ички ишлар вазирлиги Киберхавфсизлик маркази огоҳлантиради.
"Илтимос менга овоз бериб юборинг" мазмунида тарқалаётган "ФЕЙК" хабарларга алданиб қолманг!

Батафсил бу ерда 👇👇👇
https://hottg.com/cyber_102
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ravshanov Jasurbek Abdimuratovich - Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

J.Ravshanov ungacha Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

👉https://hottg.com/qashkommunalxizmat
18-aprel – O‘zbekiston Respublikasi kommunal soha xodimlari kuni!

Bugun mamlakatimizda kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida joylarda shirkatlar o‘rnida boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilib, ko‘p qavatli uy-joylar massivlari qayta chiroy ochmoqda. BSKlar tomonidan ko‘p qavatli uylarning tom va fasad qismlari kapital ta’mirlanib, hududlar obod qilinib, ko‘rkam go‘shaga aylantirilmoqda. Ko‘p qavatli uy-joylar massivlarida zamonaviy bolalar o‘yingohlari barpo etilmoqda.

Aziz soha vakillari! Barchangizni faxrli kasb bayramingiz bilan qutlab, kelgusi faoliyatingizda omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz!

👉https://hottg.com/qashkommunalxizmat
💐🎉#Bayram_muborak

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirovning kommunal soha fidoyilariga bayram tabrigi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум хурматли хамкасблар.
Бош бошкарма Диспетчерлик хизмати мутахассиси Резакулов Бекзоднинг отаси оламдан утибдила жанозаси бугун соат 12:00 да укиларкан. Манзил Касби туман Фазли кишлоґи
HTML Embed Code:
2024/05/21 19:00:21
Back to Top