TG Telegram Group Link
Channel: Python dasturlash maktabi
Back to Bottom
Testlarni tushunmasdan belgilamang.
Savollaringizni test izohida yozing.

Asosan informatika fanidan dars beradigan oʻqituvchilarga yengillik yaratish va maktab oʻquvchilari python dasturlash tilini mukammal oʻrganishi uchun bu kanalga mavzular va testlarni joylashtiryabman.Informatika oʻqituvchilarini ushbu kanalga taklif qiling.

Kanal rivojlanishida hissa qoʻshayotganlarga katta rahmat!

Birinchi dars
Python dasturlash maktabi
Testlarni guruhlarga ulashing! 🗓MUNDARIJA: --------------------------- ⭕️ 1-bo'lim “Asosiy tushunchalar” Ⓜ️ Python nima? Ⓜ️ Birinchi dastur Ⓜ️ Oddiy operatsiyalar Ⓜ️ Haqiqiy sonlar Ⓜ️ Matnlar (strings) Ⓜ️ O'zgaruvchilar (Variables) Ⓜ️ Ma'lumotlarni olish…
Funksiyalar (vazifalar)

Oldindan belgilangan funksiyalarni ishlatishdan tashqari, def operatoridan foydalanib o'zingizning funksiyalaringizni yaratishingiz mumkin.
Funksiya xuddi o'zgaruvchilarga o'xshab oldin yoziladi va keyin chaqiriladi. Funksiyadagi kod bloklari funksiya chaqirilgandagina bajariladi.
⚠️ Funksiya yuqori va ostki qismida 2 qator bo'sh joy bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

my_func nomli funksiyaga misol.

def my_func1():
print('Bu funksiya')

my_func1()

Bu funksiya

Funksiyani yozmasdan uni chaqirsangiz dastur NameError xatoligini qaytaradi.

my_func2()

def my_func2():
print('Bu funksiya')

NameError: name 'my_func2' is not defined


Argumentlar

Biz hozirgacha ko'rib chiqqan barcha funksiyalar ta'riflari nol argumentlarning funksiyalari bo'lib, ular bo'sh qavslar bilan chaqirildi.
Biroq, aksariyat funksiyalar argumentlarni qabul qiladi.
Quyidagi misol bitta argumentni qabul qiladigan funksiyaga misol bo'ladi:

def my_func(text):
print(text + '!')

my_func('Python')
my_func('Java')

Python!
Java!

Ko'rib turganingizdek, argument qavs ichida aniqlangan.

Bundan tashqari, funksiyalarni bir nechta argument bilan belgilashingiz mumkin.Ular vergul bilan ajratiladi.


def my_func(x, y):
print(x + y)


my_func('Salom ', 'dunyo')
my_func(3, 4)

Salom dunyo
7


Funktsiya argumentlari funksiya ichidagi o'zgaruvchilar sifatida ishlatilishi mumkin. Biroq, ularga funksiya tashqarida murojaat qilish mumkin emas va bunday holatda dastur NameError xatoligini qayatradi. Bu funksiya ichida yaratilgan boshqa o'zgaruvchilarga ham tegishli.

def adding(number):
number += 1
print(number)

print(number)
adding(5)

NameError: name 'number' is not defined
6


Funksiyalar biror qiymat qaytarishi uchun return operatoridan foydalaniladi.

def max(x, y):
if x >= y:
return x
else:
return y


print(max(4, 7))
z = max(8, 5)
print(z)

7
8

⚠️ Return operatorini funksiyadan tashqarida ishlatish mumkin emas.


Funksiyadan qiymatni qaytarganingizdan so'ng funksiya ishi to'xtatiladi va qaytarish operatori (return) dan keyingi yozilgan kodlar ishga tushirilmaydi.
Masalan:

def add_numbers(x, y):
total = x + y
return total
print("This won't be printed")

print(add_numbers(4, 5))
9


Funksiya izohi (Docstrings) kodni tushuntirish uchun mo'ljallangan va funksiya birinchi qatori ostiga qo'yish orqali hosil qilinadi.
Funksiya izohi oddiy izohdan farqi dasturchiga ushbu sharhlarni ishlash vaqtida tekshirishga imkon beradi.

Rasmga qarang http://telegra.ph/file/5611c01b702a32c312dbe.jpg


Ular oddiy o'zgaruvchilardan farqli ravishda yaratilgan bo'lishiga qaramay, funksiyalar boshqa har qanday qiymatga o'xshaydi.
Ular o'zgaruvchilarga tayinlanishi va keyinchalik bu nom bilan murojaat qilish mumkin.

def multiply(x, y):
return x * y


a = 4
b = 7
operation = multiply
print(operation(a, b))
28


Funksiyalar boshqa funksiyalarning argumentlari sifatida ham ishlatilishi mumkin.

def add(x, y):
return x + y


def do_twice(func, x, y):
"""func(func(5, 10), func(5, 10)) = 30.
Demak funksiya 30 natijani qaytaradi."""
return func(func(x, y), func(x, y))


a = 5
b = 10

print(do_twice(add, a, b))
30


pass operatori

Funksiya tarkibi bo'sh bo'lishi mumkin emas, ammo agar siz biron sababga ko'ra tarkibsiz funktsiya ega bo'lsangiz, xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun pass operatorini qo'ying.

def myfunction():
pass


print(myfunction())
None

@pythonuz
Python dasturlash maktabi
@js_uz
Toʻgʻri javobni toping?
Anonymous Quiz
19%
8
42%
16
25%
32
14%
64
Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchilar!

Men Nematillo Ochilov python/backend dasturchiman.

Python dasturlash tilida telegram botlar,scriptlar yozish, PostgrSQL va veb serverlardan foydalanish boʻyicha BuxDU Axborot texnologiyalari fakultetida bepul ochiq dars tashkil qilmoqchiman.

Ushbu postni BuxDU guruhlariga ulashing, taklif va fikrlaringizni izohga yozing, bu men uchun juda muhim.

@pythonuz
HTML Embed Code:
2025/07/06 05:09:10
Back to Top