TG Telegram Group Link
Channel: Python dasturlash maktabi
Back to Bottom
Biror test siz uchun qiziqarli bo'lsa oʻsha testni dasturlashga oid guruhlarga yuboring.
Python dasturlash maktabi
⭕️ 3-bo'lim "Nazorat tarkibi" ————————————— Ⓜ️ "if" va "elif" operatorlari Biror shart bajarish uchun if operatorlaridan foydalanishingiz mumkin va shart operatori deyarli barcha dasturlarda ishtirok etadi. Shart operatori 3 qismdan iborat (if, elif, else).…
Ⓜ️ Lug'atlar (dict).

Lug'atlar figurali (jingalak) qavs ichida joylashgan kalit va qiymatlardan tashkil topgan tartiblanmagan obektlar to'plami.Lug'atlar ro'yxatga o'xshaydi.Lug'atni ro'yxatdan asosiy farqlari lug'atda kalit va qiymatlar ikki nuqta : bilan ajratib figurali {} qavs ichiga yoziladi.
lugat = {'kalit': 'qiymat'}

Raqamlar, satrlar yoki o'zgaruvchan obektlarni o'z ichiga olmagan kortejlardan kalit sifatida foydalanish mumkin.
raqamli_kalit = {42: 'qiymat'}
satrli_kalit = {'satr': 'qiymat'}
kortejli_kalit = {(1, 'one', True): 'qiymat'}

Lug'atlar kitob mundarijasi vazifasini bajarishi mumkin.Buning uchun sahifa raqamlarini kalit va mavzu nomlarini qiymat ko'rinishida saqlash kerak.

Lug'atlarni dict() funksiyasi, literallar, fromkeys uslubi yoki lug'at gneratorlari yordamida tuzish mumkin.

dict_funksiyasi = dict(Uzbekistan="Tashkent", USA=True)
print(dict_funksiyasi)
{'Uzbekistan': 'Tashkent', 'USA': True}

literal = {'python': '@pythonuz', 'php': '@phpuz'}
print(literal)
{'python': '@pythonuz', 'php': '@phpuz'}

lugat_gneratori = {i: chr(65+i) for i in range(4)}
print(lugat_gneratori)
{0: 'A', 1: 'B', 2: 'C', 3: 'D'}
kortejli_kalit = {(k, v): k+v for k in range(4,6) for v in range(2,9,3)}
print(kortejli_kalit)
{(4, 2): 6, (4, 5): 9, (4, 8): 12, (5, 2): 7, (5, 5): 10, (5, 8): 13}

fromkeys_uslubi = dict.fromkeys(['balandligi', 'vazni'], 0)
print(fromkeys_uslubi)
{'balandligi': 0, 'vazni': 0}

none = dict()
print(none)
{}

Lug'atlarga ma'lumot qo'shish uchun o'zgaruvchi, to'rtburchak qavs ichida kalit, 1 ta tenglik belgisi va qiymat yoziladi.
lugat = {'meva': 'olma', 'shirinlik': 'tort'}
lugat['ichimlik'] = 'Coca-Cola'
print(lugat)
{'meva': 'olma', 'shirinlik': 'tort', 'ichimlik': 'Coca-Cola'}

Lug'atlardan qiymatni olish uchun to'rtburchak qavs ichiga kalit yoziladi.
print(lugat['shirinlik'])
tort

Lug'atlardan qiymatni olishda mavjud bo'lmagan kalitni kiritsangiz KeyError xatoligini qaytaradi.
print(lugat[1])
KeyError: 1

Mavzu sizga ma'qul kelgan bo'lsa mavzuni dasturlashga oid guruhlarga yuborib muhokama qiling.Tushunmagan savollaringizni izohda yozib qoldiring.

@pythonuz
TikTokdagi profilimga aʼzo boʻlib dasturlashga oid tushunmagan savollaringizni yozing.TikTokda video koʻrinishida tushuntiraman.

👍 Like bosish shart emas.

https://vm.tiktok.com/ZSJ1kobae/
HTML Embed Code:
2025/07/08 15:39:28
Back to Top