TG Telegram Group Link
Channel: Pedagoglar
Back to Bottom
11-sinf Geografiya imtihon javoblari 2024.pdf
16.5 MB
#imtihon_javoblari

11-sinf Geografiya fanidan mustaqil shugʻullanish uchun imtihon javoblari (2024)

Eslatma:
mazkur javoblar oʻquvchilarning vaqtini tejashga va imtihonlarga esa koʻproq tayyorlanish uchun yordam beradi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
9-sinf O'zbekiston tarixi imtihon javoblari 2024.pdf
41.3 MB
#imtihon_javoblari

9-sinf O'zbekiston tairix fanidan mustaqil shugʻullanish uchun imtihon javoblari (2024)

Eslatma:
mazkur javoblar oʻquvchilarning vaqtini tejashga va imtihonlarga esa koʻproq tayyorlanish uchun yordam beradi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Imtixon masalasida tushuntirish.

1. Avvalgi yildagiga oʻxshab maktablar variantlar tayyorlab konvertlarga joylanmaydi.

2. Har bir imtixon kunidan 2 kun oldin Vazirlik 2 ta variantni tuzib hududlarga baholash mezoni bilan birgalikda yuboradi

3. Tayyorlangan 2 ta variant tarqartilgan imtixon topshiriqlar bazasidan olinadi.

4. Tarqatilgan 2 ta variant Respublika miqyosida bir xil olinadi. Yaʼni barcha oʻquvchi bir xil topshiriq bajaradi faqat kimdir birinchi, kimdir ikkinchi variantni bajaradi

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️YAKUNIY IMTIHONLAR BO'YICHA MUHIM MA'LUMOTLAR

🔹Imtihon jadval imtihon boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. O‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihon oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak

🔹Yozma imtihon vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.

🔹Imtihon ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.

🔹Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.

🔹Bitiruvchilarga og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo‘yicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.

🔹Og‘zaki imtihondan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, imtihon ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.

🔹Imtihon o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.

🔹Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.

🔹Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika bo‘yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqriz yoziladi.

🔹Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qo‘yiladi: birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun; ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo‘yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo‘ladi.

🔹Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.

🔹Imtihonda olgan bahosidan e’tirozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) MMTB qoshida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.

🔹Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi imtihondan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta imtihondan o‘tish huquqi beriladi.

🔴Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari dars vaqtida qarta o‘ynadi

Toshkentda maktab o‘quvchilari sinfda qarta o‘ynagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilgan. Dars jarayoniga xalaqit qilib, "qartabozlik" qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O‘quvchilarning ota-onalariga MJTKning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
ВМҚ-263.pdf
684.6 KB
⚡️Maktab rahbariyati hamda o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish belgilangan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 maydagi 263-son qarori qabul qilindi.

Ustama olish tartibi bilan, ilovadagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
#Bilasizmi
🤔Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda toʻlanadi?

Amaldagi qonunchilikka qoʻra, yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar oʻquvchining ota-onasi, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oʻqituvchilar tomonidan quyidagi tartibda toʻlanadi:

— darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar koʻrinishida;

🔰Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymat miqdorida:

👉 birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

👉 2 – 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;

👉 5 – 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
➡️Sonning oxirgi ikki raqami. Ferma teoremasi. Eyler teoremasi.........

➡️Ekub Ekuk ga doir sistemali misollar

➡️Kombinatorika

➡️Ehtimolliklar

➡️Integral

➡️Diffirensial tenglamalar

Attestatsiya imtihoniga kirgan har 10 ta matematikdan kamida 9 tasi yuqoridagi mavzularda muammoga duch kelgan bo'lsa ajab emas 🫣

Men Aslbek Fayziyev vazir jamg'armasi sohibi va Master darajadagi matematika fani o'qituvchisiman 👨‍🏫

Sizlarni 15-25-may kunlari yuqoridagi mavzular bo'yicha o'zimning telegram kanalimda bo'lib o'tadigan jonli darslarimga taklif qilaman 👇👇👇

@fayziev_attestatsiya

Jonli darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq telegram kanalimga obuna bo'ling 👇👇👇
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qituvchilarning metodik kunlari qayta joriy qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilingandi.

Oradan ikki yil o‘tib, metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, quyidagilar o‘qituvchilarga “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida belgilanmoqda:

👉 Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;

👉 Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);

👉 Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);

👉 Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);

👉 Juma – Xorijiy tillar;

👉 Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
⚡️Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

👉 joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

👉 maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

👉 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

👉 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

👉 yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

👉 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

👉 turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

👉 bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

👉 oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰😇😇🥰🥰

Inson muammolarga duch kelar ekan, yechim ham topadi albatta.
Attestatsiya va milliy sertifikat test sinovlaridagi muammongizga yechimni BIZ beramiz.

Oliy toifali filolog Dilafroʻz Fayzullayevna
Ona tili va Oʻzbek tili fani ustozlari uchun

🟥🟥🟥🟥🟥
🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥 eʼlon qildilar.

🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥 May kunlari boʻlib oʻtadigan bu marafonda siz:

🟥 Esse yozilish tartibi, qonun-qoidalari;

🟥  Gʻazal tahlili toʻliq holatda;

🟥 Grammatika. Test sinovlarida ustozlarni qiynab kelayotgan savollarga javob topa olasiz.


🎁 Marafonda ishtirok etgan ustozlarga SOVGʻA tarzida

Attestatsiya yopiq guruhiga taklifnoma beriladi.

Marafonga START:
               🟥🟥🟥🟥🟥🟥

             2️⃣1️⃣🔣0️⃣0️⃣.

Sizni kanalimizda kutamiz!!!

Kanalga obuna bo‘lish
❤️❤️❤️❤️❤️❤️
https://hottg.com/habelonatili
https://hottg.com/habelonatili
https://hottg.com/habelonatili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ommalashtirish.uz platformasida 15-may kuni rad etilgan metodik ishlar, 20-may kuni esa ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi

Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda.

2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.

➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi. 

Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyasiya qabul qilinmaydi. 

➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha oʻz ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyasiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi.

➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyasiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf
1.6 MB
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro‘yxati e’lon qilindi

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
https://hottg.com/+SEjhuG-0kd7dL2wl
HTML Embed Code:
2024/05/15 09:18:24
Back to Top