TG Telegram Group & Channel
payme | United States America (US)
Create: Update:

OTMga kirish imtihonlariga qanday ariza topshiriladi?

Agar bu yil test topshirmoqchi bo‘lsangiz, 25-iyungacha ariza topshirib, boj pulini to‘lab qo‘yish kerak. Yaxshisi, bu ishni bugunoq bajaring — shunda sizni abituriyentlar ro’yxatiga kiritishga ulgurishadi.

Ariza topshirish. Buning uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi (bmba.uz) saytiga kirasiz. OneID orqali tizimga kirish mumkin, yoki oddiyroq yo‘li — JSHSHIR va pasport raqamingizni yozasiz. Tizim sizning maktab yoki kollej diplomingizga qarab qaysi universitetlarga topshira olishingizni ko‘rsatadi. Tanlaysiz, bo‘ldi. Besh daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

Test qancha turadi? Test topshirish uchun 187 500 so‘m (yarim baravar BHM) to‘lanadi.

Quyidagi toifalar uchun test bepul:
🔘 “Yoshlar daftari”dagilar
🔘2025-yil bitiruvchilari
🔘Imtiyozli toifalar — masalan, davlat mukofotini olganlar yoki ehtiyojmand oilalarning qizlari

Boj qayerda to‘lanadi? Qulay yo‘li — payme orqali, havolada. Kvitansiya raqamini esa DTM shaxsiy kabinetingizdan olasiz.

Bu yil o‘qishga topshirasizmi? Qaysi OTMni tanladingiz?

nechpul — Oʻzbekistonda nima, qayerda va qancha turishini bilamiz. Obuna boʻling!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

payme

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)