TG Telegram Group Link
Channel: Orif Tolib
Back to Bottom
#Rakurs

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kanali xabari:

Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi.

Yangilikni yoqlamaydigan kishi jumlani boshqacharoq ifodalashi mumkin:

Endi eplab B2 ololmaganlar ham magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishi mumkin.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
8%
Xoxish-istak
82%
Xohish-istak
10%
Hohish-istak
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
22%
Vahokazo
75%
Va hokazo
3%
Vaho-kazo
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur.

Maqolda “quyruq” soʻzi qanday maʼnoda ishlatilgan?
Anonymous Quiz
20%
Tilla tanga
50%
Dumba yogʻi
30%
Qoʻgʻirchoq qoʻriqchi
Oʻdagʻa va oʻdagʻaylamoq

Hozirgi tilimizda oʻdagʻa ishlatilmaydi hisob, lekin oʻdagʻaylamoq badiiy asarlarda bot-bot koʻzga tashlanadi, baʼzan esa soʻzlashuvda quloqqa chalinadi.

Oʻdagʻa asosan xalq ogʻzaki ijodida uchraydi va boshliq, ishboshi maʼnolarini anglatadi:

Yigitlar ichida menman oʻdagʻa...
“Ravshan”.

Oʻdagʻaylamoq baland ovoz bilan doʻq urish, tahdid yoki poʻpisa qilishni anglatadi:

Joʻra ham Zamonga oʻdagʻaylab gapira boshladi.

N. Nazarov, “Zamon”.

Ilgarigi paytlarda ham boshliqlar doʻq-poʻpisa, tahdidga koʻproq moyil boʻlgan, shekilli, oʻdagʻaylamoq soʻzida ayni shu maʼno ustun kelgan va ish boshqarish maʼnosi butkul yoʻqolgan. Hayotda ham shunday, faqat doʻq va jagʻga tayanadigan odamlarda ish boshqarish qobiliyati boʻlmaydi.

@oriftolib
Maqolni toʻgʻri toʻldiring.

Oʻzimdan chiqqan baloga qayga boray ...
Anonymous Quiz
57%
Davoga
43%
Daʼvoga
Asra hamisha
Bilol
Yosh ijodkordan qoʻshiq

Yosh ijodkor Bilol Darvish “Askar qoʻshigʻi” sheʼrimni kuyga solibdi. Qoʻshiq “Milliy tiklanish” partiyasi eʼlon qilgan harbiy musiqiy kompozitsiyalar va videoroliklar tanloviga topshiriligan ekan.

Tanlov natijalari 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida eʼlon qilinishi aytilgan boʻlsa-da, eʼlon qilinmabdi. Ishtirokchilarning soʻrovlariga javob ham berilmayotgan ekan. “Milliy tiklanish” partiyasi aynan shu tanlovni deb qoʻlidagi telefonini ham sotib, qoʻshiqni sayqallash uchun ishlatgan, tashkilotchilardan shaffoflik va ijobiy munosabat kutayotgan yosh ijodkorga eʼtibor qaratadi deb umid qilaman.

Qoʻshiq menga maʼqul keldi. Eshitib, siz ham baho bering.

@oriftolib
Orif Tolib
Bilol – Asra hamisha
Askar qoʻshigʻi

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni koʻrsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, soʻzlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli koʻzlari yodingda tursin,
Onayizoringni asra hamisha!

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Ogʻa-ining esa – magʻrur, dovyurak.
Chin doʻstlaring boʻlar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, koʻngling ham fayzga toʻladi.
Bolangga munosib ona boʻladi –
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qoʻrgʻon, or – senga qoʻrgʻon,
Oringni – boringni asra hamisha!

Orif Tolib

@oriftolib
​​Til va tahrir mavzusiga qiziqadiganlar uchun

Ertaga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi. Nasib qilsa, anjumanda “Adabiy tahrir konsepsiyasi: matnni qayta ishlash mohiyati” mavzusida maʼruza qilaman. Qiziqadiganlar kelib, tinglashlari mumkin:

🧭 Vaqti va joyi:

2024-yil 16-may, soat 10:30.
ToshDOʻTAU binosi, 212-xona (konferensiyalar zali)

🛜 “Zoom” orqali onlayn kuzatish imkoni ham bor:

https://us06web.zoom.us/j/4790857343?pwd=GGGAoZYGdtrvin8xTgagiMhov0jIae.1

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

Oʻzini katta oluvchi, kibr-havosi baland, kibrli, takabbur – ...
Anonymous Quiz
73%
Mutakabbir
27%
Mutakkabur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Give me money” nomli oʻtkir syujetli film 😁

Garchi kanal yoʻnalishiga mos boʻlmasa-da, shu videoni boʻlishgim keldi. Lavhani tushunish uchun inglizchani “Iʼm glad to see you” darajasida bilishingiz kifoya, hatto til bilmay ham gap nimadaligini anglay olasiz. Oxirigacha koʻring, tugallanmasi ajoyib. “Film real voqealarga asoslangan” dermidi ))

Videoni koʻrib, Nigeriya ham tasavvurimdagidan aaaancha rivojlangan ekan degan xulosaga keldim.

@oriftolib
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?

Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha dumba yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi.

Ammo hamma tulkilar ham osonlikcha qoʻlga tushavermasdi. Chunki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Ushbu maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi.

Variantlari:
🔹 Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq, bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?!
🔹 Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur?

Bu keyingi maqol sichqon tilidan aytilgan. Zararkunanda sichqonni yoʻqotmoq uchun sichqon inining ogʻziga margimush sepilgan jizza, kabob jazi qoʻyib qoʻyadilar.

↘️ “Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida.

@oriftolib
Sheʼriyatda koʻp qoʻllanadigan “maʼvo” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Tiniq buloq suvi
37%
Goʻzallik, chiroy
38%
Manzil, boshpana
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konferensiyadagi maʼruza videosini soʻraganlar uchun

16-may kuni boʻlib oʻtgan konferensiyadagi maʼruzamning videosini soʻraganlar bor edi. “Zoom” orqali uzatilgan varianti yozib olingan ekan. Marhamat.

@oriftolib
Adabiy tahrir konsepsiyasi.pdf
18.4 MB
Maʼruza taqdimotining pdf shakli. Osonroq tushunishga yordam bersa, foydalanishingiz mumkin.

@oriftolib
Fayrat-u gʻaflat sening,
Javlon oʻzing, uryon oʻzing. (E. Vohidov.)
Misradagi “uryon” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
36%
Koʻzi yoshli
16%
Yalangʻoch
48%
Dangasa
Kemiruvchi hayvon – ...
Anonymous Quiz
80%
Sugʻur
20%
Sugʻir
Juda mehnatkash, bir ishlasa, yerning jigarini ... oladi.
Anonymous Quiz
62%
sugʻurib
38%
sugʻirib
HTML Embed Code:
2024/05/21 20:33:23
Back to Top