Balki xato emas, balkida xatodir
Yaponcha ismni eslatadigan yokida degan soʻzning oldiga boshqa bir dumli soʻz qoʻshilibdi: balkida. Balki soʻziga -da qoʻshimchasi qayoqdan yopishdi – hayronman. Balkidaning ohanrabosi bormi, nima balo, odamlarning, ayniqsa yoshlarning tiliga oʻrnashib olyapti.
Biror podkast koʻrib yo eshitib oʻtirgan boʻlsangiz, “Balkida ilm olishga sharoit boʻlmagandir”, “Balkida mutolaaga ham eʼtibor berish kerak”, “Balkida falon, balkida piston” kabi gaplar quloqqa chalinib qoladi. Balki soʻzi ot emas, u oʻrin-payt kelishigini olmaydi, -da yuklamasini ham olmaydi! Soʻz ortiga keraksiz qoʻshimchani tirkashga hojat yoʻq!
Qissadan hissa: balkida xato, uni ishlatmang. Faqat balki shaklidan foydalaning.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
>>Click here to continue<<
