Otarchi kim?
Nega otarchi deymiz? Bu so‘zni etimologik jihatdan qanday tahlil qilish mumkin? Uning oxirida ham mashhur -chi – ot yasovchi qo‘shimchasi turibdi. -chi ishtirokida yasalgan ishchi, qo‘shiqchi kabi so‘zlarni tushunish oson, chunki ish, qo‘shiqning lug‘aviy ma’nosi hammaga ayon. Lekin otar+chining o‘zagi – otar nima?
Tilimizda ot so‘z turkumiga mansub otar so‘zi bor: yaylovda boqiladigan qo‘ylarning katta suruvi, podasiga nisbatan aytiladi bu so‘z aslida o‘t- (o‘tlamoq) o‘zagidan. Qo‘ylar otarini boquvchi cho‘ponga nisbatan ham ba’zan – otarchi cho‘pon deyish mumkin. Ammo bu otarning qo‘shiqchi-otarchiga aloqasi bormi?
Yana bir otar – fe’l so‘z turkumiga mansub, sifatdosh, ya’ni otmoq ma’nosiga ega. Ammo uni ham otarchi bilan mantiqan bog‘lash qiyin.
Albatta, otarchi qadimiy so‘z emas, mumtoz adabiyotda uchramaydi, shunday bo‘lsa-da, uning tomirlarini qadimiy o‘zak-so‘zlardan ham izlab ko‘rish, bizningcha, foydadan xoli emas.
“Devon” va “Qutadg‘u bilig”dagi kuylar, sayrar ma’nosidagi mazkur otar yoki chalmoq ma’nosidagi o‘to‘r- – otarchi so‘zi o‘zagi bo‘lishga eng munosib nomzodday tuyuladi, lekin oradagi masofa yaqin o‘tmishda paydo bo‘lgan otarchining qadim so‘zga borib taqalishini shubha ostiga qo‘yadi. Sayramoq ma’nosidagi öt- fe’li Navoiy asarlarida uchramaydi. Biroq bu so‘z, ehtimol, shevalar, so‘zlashuv tili orqali bizgacha yetib kelib, undan otarchi ismi paydo bo‘lgandir.
Otarchi har doim salbiy ma’noda ishlatilgan va otarchi deganda haqiqiy san’atkorning ziddi, soxtakor, asosiy maqsadi yengil-yelpi pul topish bo‘lgan shaxs tushunilgan. Otarning ortidan yurgan cho‘ponlar ham ba’zan qo‘shiq kuylashgan, lekin bu bilan ular qo‘shiqchi bo‘lib qolishmagan, ehtimol, shuning ta’sirida otarchi ismi paydo bo‘lgandir. Shuningdek, otarchi –otmoq fe’lining ko‘chma aroq ichmoq ma’nosidan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin.
Abduvohid HAYIT
👉 Maqolani toʻliq oʻqish
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
>>Click here to continue<<
