TG Telegram Group Link
Channel: ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV
Back to Bottom
​​⚡️Ertaga Xalq shoiri M.Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954 -yil 26- aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976- yili e’lon qilindi. So’ngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994) kabi she’riy to’plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989- yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli she’riy to’plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998-yili Muhammad Yusufga “O’zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001- yilning 1- avgust kuni 47 yoshida olamdan o’tdi.

😔Mening dardim
 
Tuzalmaydi dardim mening,
Oʻlsam kerak.
Tuproq bilan ogʻa-ini
Boʻlsam kerak.
 
Oʻlim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
Oʻgʻling qaro yerga ketdi,
Xayr ona...

👉 @onlineonatili
Forwarded from Milliy sertifikat
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "A"

#Milliy uchun

1. Abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad
2. Abadiylashtirmoq, mangulashtirmoq, tarixga muhrlamoq, abadiyatga muhrlamoq
3. Abas, foydasiz, behuda
4. Abdol, xudojoʻy, dindor, avliyo
5. Abgor, nochor, xarob
6. Abjir, epchil, chaqqon
7. Abjaq boʻlmoq, majaq boʻlmoq, dabdala boʻlmoq
8. Ablah, yaramas, razil
9. Ablahona, ablahlarcha
10. Ablaq, chipor, chavkar
11. Abonent, obunachi
12. Abr, bulut
13. Abrishim, ipak
14. Abroʻ, qosh
15. Abroʻkamon, qayrilmaqosh
16. Absolyut, mutlaq
17. Abstrakt, mavhum
18. Abzal, egar-jabduq
19. Abzallamoq, egarlamoq, egar-jabduq urmoq
20. Abzac, xatboshi, satrboshi
21. Adabiyotchi, adabiyotshunos
22. Adabsiz, tarbiyasiz, axloqsiz, beadab
23. Adad, son, miqdor
24. Adadsiz, son-sanoqsiz, hisobsiz, behisob, beadad, cheksiz
25. Adam, yoʻqlik
26. Adashmoq, yanglishmoq
27. Adib, yozuvchi
28. Adil, toʻgʻri, tik
29. Adip, magʻiz, parovuz
30. Adno, past, quyi
31. Adolat, odillik, adl
32. Adolatli, odil
33. Adolatsizlik, haqsizlik, bedodlik
34. Adovat, kek, xusumat
35. Afandi, janob
36. Afif, pokiza, toza, iffatli
37. Aforizm, hikmatli soʻz
38. Afsonaviy, afsonavor, fantastik
39. Afsun, sehr, jodu
40. Afsungar, sehrgar, jodugar, afsunchi
41. Afsuslanmoq, pushaymon qilmoq, pushaymon chekmoq, oʻkinmoq, achinmoq
42. Aftidan, chamasi
43. Afv, kechirim, uzr
44. Afzal, ortiq, ustun, yuqori, aʼlo
45. Afzallik, ortiqlik, ustunlik, maziyat
46. Afgʻon, faryod, figʻon, nola
47. Agent, aygʻoqchi, josus, shpion, xufya, xabarchi
48. Agressiv, agressiya, tajovuzkorlik, bosqinchilik, tajovuz
49. Agressor, bosqinchi, tajovuzkor
50. Agar, mabodo, basharti, bordi-yu, magar
51. Ahd, qaror, vaʼda, lafz, kelishuv, bitim, shartnoma, sulh
52. Ahdlashmoq, vaʼdalashmoq, soʻz berishmoq
53. Ahdnoma, bitim, shartnoma
54. Ahmoq, tentak, telba, goʻsxoʻr, laqma
55. Ahvol, holat, hol, vaziyat, sharoit, ahvolot
56. Ahamiyat, eʼtibor, muhimlik, hamiyat
57. Ahamiyatli, eʼtiborli, muhim, hamiyatli
58. Ahamiyatsiz, eʼtiborsiz
59. Ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron boʻlmoq, hayratlanmoq
60. Ajablanarli, taajjub, taajjublanarli
61. Ajam, forslar, eronlar
62. Ajdargul, itogʻiz
63. Ajdarnafs, yebtoʻymas, mechkay, ochofat
64. Ajdod, ota-bobolar
65. Ajib, ajab, qiziq, ajoyib, gʻalati, ajablanarli
66. Aji-buji, pala-partish, egri-bugri
67. Ajin, tirish burush(iq)
68. Ajina, jin, dev
69. Ajnabiy, xorijiy
70. Ajralmoq, ayrilmoq, yorilmoq, boʻlinmoq, parchalanmoq
71. Ajratmoq, ayirmoq
72. Ajratmoq, ayirmoq, farqlamoq, farq qilmoq
73. Ajz, ojizlik, zaiflik
74. Aka, ogʻa
75. Akashak boʻlmoq, tortishib qolmoq
76. Akbar, buyuk, ulugʻ, azim
77. Akildoq, vaysaqi
78. Aks, teskari, qarshi, qarama-qarshi, zid, chappa
79. Aksirmoq, aksa urmoq, chuchkirmoq
80. Aksiya, qimmatbaho qogʻoz
81. Aksiyador, aksioner, aksiyachi
82. Aksar, aksariyat
83. Aktiv, faol
84. Aktivlashmoq, faollashmoq
85. Aktual, dolzarb, hayotiy
86. Aktyor, artist
87. Akula, nahang
88. Alaf, oʻt
89. Alaxlamoq, alaxsiramoq
90. Alalxusus, xususan, ayniqsa, jumladan
91. Alam, dard
92. Alamnok, alamli
93. Alanga, yolqin
94. Alay-balay, u-bu, gʻing-ping, gʻiring-piring
95. Alagʻda boʻlmoq, betinch boʻlmoq, bezovta boʻlmoq
96. Albatta, shubhasiz, muqarrar, muhaqqaq, batahqiq, soʻzsiz, aniq, tayin, shaksiz, beshak, begumon
97. Aldamchi, aldoqchi, firibgar, yolgʻonchi, vaʼdasiz, qallob, tovlamachi, aferist
98. Aldamoq, yolgʻon gapirmoq, laqillatmoq, vaysamoq
99. Alfoz, soʻz, kalima, lafz
100. Alhol, hozirda, ayni paytda, ayni damda, ayni onlarda, ayni lahzalarda
101. Alifbo, alfavit
102. Aljimoq, aljiramoq, valdiramoq, sannamoq
103. Allegorik, majoziy
104. Allakim, kimdir, birov
105. Allamahal, allavaqt
106. Allanechuk, allaqanday, qandaydir, gʻalati, bir xil
107. Allanecha, allaqancha
108. Allanima, nimadir, allanarsa
109. Allapalla, yarim kecha, allamahal
110. Allaqachongi, qadimgi, eski, almisoqdan qolgan
111. Almisoq, qadimgi, burungi, eski
112. Alohida, ayrim, baʼzi

👉🏻 @onlineonatili
QAYSI BIRI TO‘G‘RI?
Anonymous Quiz
35%
ALLO
65%
ALO
📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Sherzod Abduxalimov


Savollar soni: 10 ta
Test kodi: 108811


Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

108811*abcdabcd...
yoki
108811*1a2b3c4d5a...

108811#abcdabcd...
yoki
108811#1a2b3c4d5a...

☝️ @onlineonatili
⚡️5-maydan oktyabrga qadar mo‘ljallangan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2024-yildan boshlab testlar yilda ikki bor o‘tkaziladi. Birinchisi o‘tib bo‘ldi. Navbatdagasi oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.  Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉https://hottg.com/onlineonatili/16662

Ustoz : oliy toifali,vazir jamg‘armasi final bosqichi g‘olibi, ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan milliy sertifikatga ega Otabek To‘laganov.

Onlineonatili
Kun lug‘ati

POPULIZM
[Lotincha populus — xalq]
Jamiyat hayotidagi dolzarb muammolarni qisqa fursatda va osonlik bilan hal etishni vaʼda qilishga qaratilgan siyosat.
Populizmning asosini u yoki bu siyosiy kuchlarni ommaning ishonchiga kirish va qoʻllab-quvvatlashiga erishish hamda xalqqa yoqish istagi tashkil etadi. Bunda siyosiy populistlarning asl maqsadi hukumatni qoʻlga kiritib, boshqaruvni nazoratga olish boʻlib, bu yoʻlda odamlarni jalb qiluvchi ijtimoiy yorqin gʻoyalardan foydalanishadi.
Populistlar oʻz chiqishlarida asosiy urgʻuni oddiy odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatiga qaratishadi.

POPULIST
Populizmdan foydalanuvchi shaxs.

👉 @onlineonatili
📝📝Majburiy ona tili

Test muallifi:
Sherzod Abduxalimov
Savollar soni: 10 ta
Test kodi: 108870


Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

108870*abcdabcd...
yoki
108870*1a2b3c4d5a...

108870#abcdabcd...
yoki
108870#1a2b3c4d5a...

☝️ @onlineonatili
⚡️5-maydan oktyabrga qadar mo‘ljallangan ATTESTATSIYA(DTM va milliy sertifikat ) uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2024-yildan boshlab testlar yilda ikki bor o‘tkaziladi. Birinchisi o‘tib bo‘ldi. Navbatdagasi oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.  Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉https://hottg.com/onlineonatili/16662

Ustoz : oliy toifali,vazir jamg‘armasi final bosqichi g‘olibi, ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan milliy sertifikatga ega Otabek To‘laganov.

Onlineonatili
Qaysi biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
80%
Xushbo‘y
20%
Hushbo‘y
Qaysi biri to‘g‘ri?

#Davlat #nomi
Anonymous Quiz
18%
Ozarboyjon
82%
Ozarbayjon
Forwarded from Milliy sertifikat
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "A"

113. Alomat, belgi, nishon, nishona, ifoda
114. Aloqa, bogʻlanish, uzviylik, robita
115. Aloqa, daxl, taalluq
116. Aloqador, bogʻliq, daxldor, tegishli, oid, taalluqli
117. Alqissa, xullasi kalom, qisqasi
118. Alhosil, xullas, nihoyat, shunday qilib
119. Alvon, qirmizi
120. Amaldor, mansabdor, aʼyon
121. Amal qilmoq, rioya qilmoq
122. Amaliyot, tajriba, praktika
123. Amallamoq, ilojini topmoq, amal-taqal qilmoq
124. Amalparast, mansabparast
125. Ammo, lekin, biroq, illo
126. Amniyat, xavfsizlik, bexavotirlik
127. Amoma, salla
128. Amr, buyruq, farmon, farmoyish
129. Analiz, tahlil
130. Andak, picha, sal, xiyol, ozgina
131. Andaza, namuna, qolip
132. Aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon
133. Aniqlamoq, oydinlashtirmoq, muayyanlashtirmoq
134. Andisha, oʻy, mulohaza
135. Anjuman, yigʻilish, majlis, yigʻin
136. Anketa, soʻrovnoma
137. Anqimoq, tarqalmoq, ufurmoq
138. Anqov, merov, ovsar, kalvak, goʻl, laqma, angrov, pandavoqi, galvars
139. Anqaymoq, angraymoq, baqraymoq, agʻraymoq
140. Anʼana, taomil, odat
141. Apil-tapil, naridan-beri, shosha-pisha
142. Apteka, dorixona
143. Aqiq, haqiq
144. Aql, xirad, ong, fahm, tamiz, es, miya, bosh, kalla
145. Aql-hush, es-hush
146. Aqlli, xiradmand, oqil, esli, es-hushli, fahm-farosatli, did-farosatli, aql-hushli, miyali
147. Aqlsiz, beaql, nodon, johil, bexirad
148. Aqalli, loaqal, jillaqursa, jilla boʻlmasa, jida boʻlmaganda, hech boʻlmaganda
149. Archimoq, artmoq
150. Ardoqlamoq, ehtiyot qilmoq, avaylamoq
151. Argʻimchoq, halinchak
152. Arimoq, ketmoq, uzilmoq
153. Aristokrat, zodagon, asilzoda, oqsuyak
154. Arjumand, aziz, qadrli, qimmatli
155. Armiya, qoʻshin, lashkar
156. Arqon, argʻamchi
157. Arsenal, aslahaxona, qurolxona
158. Arz, shikoyat
159. Arzimagan, arzimas, anchayin
160. Arzimaganga, arzimasga, salga, saldan-salga, boʻlar-boʻlmasga, unar-unamasga
161. Aralash, qorishiq, omuxta
162. Aralashmoq, qoʻshilmoq, qotishmoq, suqilmoq
163. Aralashmoq, qorishmoq, omuxta boʻlmoq
164. Arang, zoʻrgʻa, zoʻrgʻatdan, bazoʻr, zoʻr-bazoʻr, oʻlib-tirilib, qiynalib, ming azobda, it azobida
165. Araqxoʻr, piyonista, mayxoʻr, sharobxoʻr, boʻzaxoʻr, ichkilikboz
166. Asab, nerv
167. Asabiy, tajang, jizzaki
168. Asabiylashmoq, gʻazablanmoq, jahli chiqmoq, achchiqlanmoq, qizishmoq
169. Asal, bol
170. Asar, asorat, nishon
171. Asil, toza, sara, sarxil, xil, mumtoz, poshshaxon
172. Asir, bandi, tutqun, ariston
173. Asir, qul
174. Asirlik, asorat, tutqunlik, qullik
175. Asket, zohid, goʻshanishin, tarki dunyo qilgan odam
176. Asketizm, zohidlik, goʻshanishinlik, tarki dunyochilik
177. Askar, navkar
178. Asl, tub, negiz
179. Asl(i), tag
180. Aslida, haqiqatda, asli
181. Aslo, sira, zinhor, hech
182. Aslaha, qurol, qurol-yarogʻ, qurol-aslaha
183. Asos, tayanch, negiz, poydevor, baza
184. Asosiy, yetakchi, muhim, bosh
185. Asoslamoq, isbotlamoq
186. Asoslanmoq, suyanmoq, tayanmoq
187. Asossiz, dalilsiz, bekorga, behudaga, bejizga
188. Asosan, binoan, koʻra, muvofiq, asosida
189. Associaciya, birlashma, uyushma
190. Asqatmoq, kerak boʻlmoq, ish bermoq, foyda bermoq
191. Asrdosh, zamondosh
192. Asror, sir
193. Asramoq, ehtiyot qilmoq, saqlamoq
194. Asramoq, parvarish qilmoq, boqmoq
195. Assiscent, yordamchi
196. Astoydil, chindan, yurakdan
197. Astronomiya, falakiyot
198. Asta, sekin, ohista
199. Astarlik, astarbop
200. Asta-asta, sekin-sekin, asta-sekin, sekin-asta, tadrijan
201. Atamoq, nom bermoq, nomlamoq
202. Atama, termin, istiloh
203. Ataylab, atay, atayin, ataydan, joʻrttaga, joʻrtta, maxsus, azza-bazza, qasddan
204. Ateist, xudosiz, dahriy, shakkok, murtad, kofir
205. Atigi, bor-yoʻgʻi, bori, boʻlgani, nihoyat, faqat
206. Ato qilmoq, inʼom bermoq, baxsh etmoq, bermoq
207. Atoqli, taniqli, dongdor, mashhur, nomdor
208. Atrof, tevarak, gird, tegra, har tomon, har taraf, har yon, aylana, qurshov, sogʻ-u soʻl
209. Atroflicha, har tomonlama, har taraflama, batafsil, mufassal, mukammal, toʻla, toʻliq, toʻla-toʻkis
210. Attang, afsus, nadomat, pushaymon, esiz, taassuf, darigʻ, hasrato, eh

@onatilitestlar
📝📝Majburiy ona tili

Test muallifi:
Sherzod Abuxalimov


Savollar soni: 10 ta
Test kodi: 108957


Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

108957*abcdabcd...
yoki
108957*1a2b3c4d5a...

108957#abcdabcd...
yoki
108957#1a2b3c4d5a...

☝️ @onlineonatili
HTML Embed Code:
2024/04/28 15:29:46
Back to Top