Create: Update:
Huquqlari buzilgan talabalar murojati!
Muhtaram masʼullar!
Biz – yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, bugungi kungacha universitet tomonidan muntazam ravishda yolg‘on maʼlumotlar berilgani tufayli, bu taʼlim muassasasi xodimlariga ishonchimizni yo‘qotganmiz.
Sizdan iltimos qilamiz: Biz, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishingizni so‘raymiz. Bizga siz tomoningizdan amaliy yordam berilishidan umidvormiz.
Litsenziya talablari qo‘pol ravishda buzilmoqda, lekin mas’ul vazirlik buni ko‘rmaslikka olayapti.
Aslida, bu kabi holatlar - aynan litsenziyani bekor qilishga asos bo‘luvchi sabablardan biridir. Ammo bizning "buyuk" vazirligimiz talabalar huquqini himoya qilish o‘rniga tadbirlar bilan ovora.
Sudga berishni qoyillatadigan Oliy ta'lim vazirligi bu safar ochiq oydin qonun buzilishi oldida sukut saqlamoqda.