TG Telegram Group Link
Channel: Namangan IIB | Rasmiy kanal
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyatida tadbir bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati hududida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, hudud osoyishtaligi va tinchligini nazorat qilish borasida tunu kun xizmat olib borilmoqda

Bugungi kunda yurtimiz tinchligi va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash orqali barcha narsaga erishish mumkin. Shu maqsadda mamlakatimizning har bir hududida tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan shahridagi doimo gavjum bo‘lgan ko‘ngilochar maskanlar, istirohat bog‘lari, savdo markazlari va dehqon bozorlarida "Xavfsiz hudud — xavfsiz mahalla" tamoyili asosida fuqarolarimizning xavfsizligi, yurt osoyishtaligi hamda tinchligi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ishonchli himoya qilinmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Litsey o‘quvchilari uchun psixologik trening o‘tkazildi

IIVning “IIV Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasidagi maʼnaviy-ruhiy muhitni o‘rganish hamda ularning o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorligini saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar-trening mashg‘ulotlar Dasturi”da keltirilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Akademik litsey amaliyotchi psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida jamoalarda sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish, ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli qo‘llash orqali o‘quvchilarning taʼlim va oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ruhiy holatida o‘zgarish sezilgan o‘quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, psixologik yordam ko‘rsatish, turli stress vaziyatlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvchilar bilan yakka tartibdagi psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari bilan jamoaviylikni mustahkamlash, jamoaga tezda moslashish, konfliktni oldini olishga qaratilgan psixologik-trening mashg‘uloti ham o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIB sohaviy xizmatlar shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Dastlab, tana qizdiruvchi mashg‘ulotlar olib borilib, so‘ngra qo‘l jangi usullari bo‘yicha malakali xodimlar tomonidan mashg‘ulotlar olib borildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
HTML Embed Code:
2024/05/10 07:08:49
Back to Top