Create: Update:
🇰🇷 KOREYADA ISHLAGANLARGA MUHIM XABAR!
💸 258 nafar yurtdoshimizga 340 million von qaytariladi!
Samsung sug‘urtasi (삼성화재) bo‘yicha yangi to‘lovlar!
Jami mablag‘: 340 432 390 von (≈247 628 USD)
❗️ 2022–2024-yillarda E-9 vizasi bilan Koreyada ishlaganmisiz?
Agar siz hali 13-oylik yoki Samsung sug‘urta pullarini olmagan bo‘lsangiz, balki ro‘yxatda siz ham bordirsiz?
✅ 258 nafar fuqaro sug‘urta pulini olish arafasida turibdi!
📝 Hujjatlaringizni tayyorlang va Migratsiya agentligining hududiy filiallariga boring.
📄 Kerakli hujjatlar (bor - yo‘g‘i 3 ta):
Fuqarolik pasporti nusxasi
– Agar almashtirilgan bo‘lsa, eski va yangi pasport raqamlari ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
– Ism - sharif ingliz tilida aniq yozilishi kerak.
Milliy bank hisob raqami hujjati
– Ism-sharif pasportdagi bilan bir xil.
– Lotin alifbosida yozilgan, BANK MUHRI bo‘lishi shart!
To‘ldirilgan ariza (anketa)
Ro‘yxatda borligingizni tekshiring:
👉Fuqarolar ro'yxati.
👉Agentlik filiallari manzillari.
👉Ariza anketasini yuklab olish.
👉Anketa to'ldirish namunasi.
📌 Muhim eslatma:
Bu pullar hozirda na EPS markazi, na Agentlik hisobida emas. Mablag‘lar “HRD Korea” bank hisobida turgan bo‘lib, ro'yxatga kiritilgan va hujjatlari to‘g‘ri topshirilgan yurtdoshlarimizning shaxsiy Milliy bank hisobiga o‘tkaziladi.
📢 Rasmiy e’lonlar va yangiliklar:
🌐XORIJDA ISH
@uzmigration rasmiy kanallarida