TG Telegram Group Link
Channel: Utopia
Back to Bottom
Har gal onamning oyoqlarini issiq suvda dam oldirib, tirnoqlarini olib qoʻyayotganda hayolimdan mingta narsa oʻtadi. Kechagi kunniki yana ham boshqa. Men bularning hech qaysi birini soʻzda tushuntirib berolmayman lekin. Shunaqa paytda ojiz ekanligimni bot-bot his qilaman.
Menga hammasi qiyin, Oʻzingga hammasi oson: qarorimni qaroringga topshirdim Xudoyim.
Qachonlardir men ham bola edim…, – deb oʻylanib qolaman ba'zan

Bolaligimda qish mutlaqo boshqacha boʻlar edi. Shirin boʻlar edi. Aynan ta'mi boʻlar edi. Tashqaridagi qorning ranggi oq, yer-osmon oq, uyning ichi oq, yuragim ham oq.

Menga qor hamisha yoqqan. Sovuq boshqa masala. Qor — shirin. Qor va muz yeb koʻrmasdim lekin, chunki quloqlari bor odamcha edim: shamollab qolmaslikning oldini olar edim. Yuragim oq edi deyapman-ku, xatolar qilishdan avval oldini olib yurar edim oʻzimcha men ham.

Mittigina kovushim boʻlar edi. Yangi kovush tasavvur qilyapsizmi?! Yaltirab turadigan, ichida issiqqina onam oyoqlarimga toʻqib bergan pyatkichani ustidan kiyilgan kovush. Razmeriga rosa qiziqardim. Dadamning kovushlarini tagini qarayman 4 bilan 2 turadi. Onamning kovushlari tagiga qarayman 3 bilan 9 turadi. Oʻzimning yangi kovushimni qayta-qayta qoʻlimga olib tekshirardim, xuddi vaqt oʻtib razmer paydo boʻlib qoladigandek shu kovushda. Keyin oʻzimga bunday tasalli berdim: demak, dadalarning kovushi «4» bilan boshlanadi, onalarniki esa «3» bilan boshlanadi. Ha, bolasiniki «0» bilan boshlansa kerak(!) «0»ni dadam menga «yoʻq son» deb oʻrgatgandilar. Mening kovushim «bolasiniki», «0 bilan boshlanadi» va «0 yoʻq son». Amallaganman shunday qilib.

Yaltiroq, yangi kovushni nima bilan kiyish mumkin edi? Albatta choponcha bilan! Vey, meni siyohrang choponim ham bor edi. Shu chopon men bilan qoʻshilib boʻyi oʻsib katta boʻldi deb yurarkanman. Keyin yaxshilab eslasam men u choponni tagi yerga tegib turishidan boshlab toki yerdan 2 qarich tepaga keladigan paytimgacha kiygan ekanman. Mana masala qayerda koʻndalang boʻlgan. Shu «siyohrang choponcham» quyoshda yaltirab turardi. Qayerlaridadir zarlari bor edi, nur tushsa yaltirab turadigan. Dadam bilan onamning choponlaridan boshqa-boshqa hid, mening choponchamdan esa boshqa hid kelishi meni gʻashimga tegardi. Shuning uchun oʻzimning choponimni avval onamning choponi ichiga, onamning choponini esa dadamning choponi ichiga solib qoʻyardim. Hidi qoʻshilib ketsin, meniki ham shunaqa hid boʻlsin deb.

Sizlarni ham toʻqilgan shapkanglar boʻlganmi hech?! Ba'zan yozda ham sandiqdan olib kiyib olardim uyda. Nimanidir shunaqa men kabi qattiq yaxshi koʻrganmisizlar?

Hozir ishdan qaytayotib oʻylab qoldim shularni. Uyqum kelmadi. Yozyapman. Hozir qish boshqa — oq emas. Tashqari, yer-osmon oq emas. Qora. Chang. Yuragim oq emas. Qizil.

Qizil tiriklik ramzimi?!

Bilmadim. Hozir ham nimalarnidir amallashga harakat qilyapman. Nimalarnidir.

Ammo, ich-ichimdan bola boʻlib qolishni, oʻsha begʻuborlikni oʻlmasligini oʻzimga har kuni tilab qolaman. #mood 💜
God, please, help me.
Kimningdir deyarli oʻlishi hech narsani oʻzgartira olmaydi, lekin oʻlishi — hamma narsani oʻzgartiradi. Insonlarning har kuni deyarli oʻlib yashashi hech narsani oʻzgartirmaydi, chunki ular ertalab yana uygʻonishadi.
Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.  

Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.  

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.  

Kerak o‘z chobuki qotilvashi majnun shiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand etmas.  

Ko‘ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir,
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg'a kamand etmas.  

Ul oy o‘tlug' yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.

Alisher Navoiy
Xudojon…
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Oʻylab qarasam, yaxshiyam yaqinda Buxoroga borib sayohat qilish nasib qilibdi. 2022 va 2023 yillar bahorida Buxoroga ikki karra sayohat qildim, shaharni kezib aylandim. Oʻsha paytlar bilmas edimki, koʻp bino va inshootlarni oxirgi marta koʻrayotganimni.

Bundan oldin Toshkentdagi buzgʻunchilar Amir Temur skveridagi daraxtlarni chopib tashlaganida “borib aylanib kelsam boʻlar ekan, skverni barbod qilishlarini bilganimda koʻproq borar edim” degan fikr xayolimdan oʻtgan edi. Toshkentdagi Milliy bogʻda yashil joylarni ham betonlashtirilib, koʻllar quritilib daraxtlar chopilganidan keyin ham shunday afsus qalbimdan oʻtgan edi. Shaharni boshqa memorchilik durdonalari va muhim joylari buzilganda ham shunday fikrda edim.

Xuddi shunday fikrni Fargʻonalik tanishlardan ham bir eshitgan edim, soʻlim va fayzli Fargʻona koʻchalaridagi daraxtlarni chopishganidan keyin, Fargʻonaliklar ham shundoq chiroyli shaharlari buzgʻunchilar tomonidan choʻllashtirilganidan keyingina qadriga yetishni boshladik deyishgan edi.

Men nima demoqchiman, agar atrofingizda qandaydir tarixiy, madaniy yoki tabiiy bir chiroylilik manbasi boʻlgan bino, xiyobon, park yoki tarixiy ansambl boʻlsa, albatta koʻp koʻp borib turing. Chunki tushunishim boʻyicha, ertami kechmi buzgʻunchilar qoʻli oʻsha joylarga yetadi va borib turmaganingizga menga oʻxshab afsus chekasiz.

Ona shahrim Toshkentda koʻp koʻp borib turishim kerak boʻlgan joylarni, oʻzim uchun kichik roʻyxat ham qilib oldim. Shu roʻyxat va boshqa shaharlardagi roʻyxatlaringiz boʻlsa — boʻlishing. Menga qiziq.

Meni to’liq emas roʻyxatim:

1. Anhor boʻyidagi park — Bobur koʻchasidagi koʻprikdan, oʻrdadagi koʻprik va keyin esa Malika fabrikasiga boʻlgan joy (Jasorat monumentini ham oʻz ichiga oladi).

2. Alisher Navoiy Operasi atrofidagi xiyobon va kompleks.

3. Toshkent kuranti

4. Botanika bogʻi

5. Xalqlar doʻstligi saroyi xiyoboni

6. Paxtakor stadioni va orqasidagi kino saroyi (Panoramniy), Ilhom teatri

7. Shahidlar maydoni

8. Adabiyot muzeyi

9. Xadra va Sirk

10. Chorsu bozori

11. Jar stadioni

12. Abdulla Qodiriy koʻchasi alleyasi

13. Bobur bogʻi

14. Sanat muzeyi va yonidagi xiyobon

15. Oloy bozori

16. Turkiston konsert zali

17. Davlat tarix muzeyi

18. Muqumiy teatri

19. Eski ToshMI binosi

20. Shahar ichidagi universitetlar: TDYU, TDIU, Moliya instituti, Sharqshunoslik, Milliy vhkz, Bank akademiyasi — markazga yaqinligi ehtimolni koʻpaytiradi

21. Yapon bogʻi
Men bugun umrimda birinchi marta dengizda boʻldim. Sevindim cheksiz… #mood 🩵
Sevib-sevilib, doim ardoqda yuring opa-singillar! Bayram muborak! #mood 🌷
Nafas olamiz, nafas chiqaramiz, oʻrtoqlar!
Bu dunyo tuzoqdir,
faryod nahojat?!
Tushaylik faqat ishq tuzoqlariga
Ishq, magar, jahannam bo'lsa,
chorlagin(!)
Jannat qolib
kirgum doʻzaxlariga.

Sevilmoqlik uchun keldik dunyoga
Ishq — oʻtin boʻloyin oʻchoqlaringga.

#mood ❤️
Faqat yongin, faqat yondirgin.
Aytgancha, menga umrimda birinchi bor nastarin sovgʻa qilishdi. Eng qizigʻi u kishi ustozlarimdan biri. Nastarin bir tomon, ustozim sovgʻa qilganlari bir tomon boʻldi. Yoqimli desam kamlik qilar, #mood 🪻
Odamlardan mehr qizgʻonmanglar. Biz mehrga muhtojligimizni sezdirmaslikka harakat qilamiz, hattoki, oʻzimizga ham sezdirmasak iloji boʻlsa. Lekin, unday emas — oʻzimizni aldashdan nari-beri oʻtmaymiz xolos. Vaqt oʻtadi toʻfon boʻlib qaytib keladi shu oʻzimizdan yashirishga oʻzimiz uringan hislarimiz. Mehr beraylik: odamlarga va albatta oʻzimizga. Har bitta inson mehrga haqli.
Hech boʻlmasa navbat bilan kelsin, birdan keladi-ye.
Quyoshli Toshkent. Oʻt-oʻlanlar barra boʻlib, ranglari koʻzni qamashtiryapti. Yashil aprel.
Oila.
Save your feelings for someone who cares.
Sevgi bor.
HTML Embed Code:
2024/05/17 18:14:35
Back to Top