Channel: zouᴉɹɥǝW
#nozlik
Shoir – chin yetim mavjudot. U yozayotganda, ota-onasi, turmush o’rtog’i, farzandi, jigari-yu do’stlarini “o’ldirish”ga majbur.
@mehrnoz_abbos
Shoir – chin yetim mavjudot. U yozayotganda, ota-onasi, turmush o’rtog’i, farzandi, jigari-yu do’stlarini “o’ldirish”ga majbur.
@mehrnoz_abbos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-iyun, soat 18:30 da, Yoshlar ishlari agentligida kattalar va bolalar she’riyatida “Duel” FINALI!!!
Eslatib o’tamiz, har ikki yo’nalishda 1-o’rin g’oliblariga 50 million, 2-o’rin egalariga
40 million so’mdan pul mukofotlari beriladi.
Pulni qo’ying, she’r bor, iste’dod bor bu duelda.
Yurak –to’pponcha, she’rlar esa – o’q. Qizig’i, bu duelda qurbon yo’q.
Qo’rqmang! Keling!

Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Ma’lumot uchun, shu kunlarda nashriyotimizda shoira Mehrinoz Abbosovaning “Istisno” nomli she’riy to‘plami nashrga tayyorlanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Taxayyul tunida seni esladim,
Kaftingda baxt qushi, yelkangda kaftar.
Poyingda tiz cho‘kib mo‘ltirar ma’yus
kiyiklar.
Boshingda gulbargak, qarog‘ingda oy,
Sevdim, dedim seni, manglayi yalpiz,
Qo‘y dedi, etaging tishlab yotgan toy —
Ona qiz bu,
Ona qiz.
Qaldiroq burgutday yerga tashlandi,
Oyog‘imdan tortdi, bog‘ladi yo‘lga.
Yo‘l chopdi,
Juda ko‘p chopdi,
Tashladi malaklar cho‘milgan ko‘lga.
Sev, sev, sevv!
Tepamdan baqirib o‘tdi qaldiroq,
Ustimdan qichqirib o‘tdi shamollar.
Yonimga keldilar
Go‘zal, yalang‘och —
Sev meni, degancha
sohibjamollar.
Ko‘zimga mil tortdim, seni esladim,
Kaftingda baxt qushi, yelkangda kaftar.
Osmon markaziga botayotirsan,
Osmon markaziga botar
kiyiklar.
✍🏻Abduvali Qutbiddin
🎤MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Taxayyul tunida seni esladim,
Kaftingda baxt qushi, yelkangda kaftar.
Poyingda tiz cho‘kib mo‘ltirar ma’yus
kiyiklar.
Boshingda gulbargak, qarog‘ingda oy,
Sevdim, dedim seni, manglayi yalpiz,
Qo‘y dedi, etaging tishlab yotgan toy —
Ona qiz bu,
Ona qiz.
Qaldiroq burgutday yerga tashlandi,
Oyog‘imdan tortdi, bog‘ladi yo‘lga.
Yo‘l chopdi,
Juda ko‘p chopdi,
Tashladi malaklar cho‘milgan ko‘lga.
Sev, sev, sevv!
Tepamdan baqirib o‘tdi qaldiroq,
Ustimdan qichqirib o‘tdi shamollar.
Yonimga keldilar
Go‘zal, yalang‘och —
Sev meni, degancha
sohibjamollar.
Ko‘zimga mil tortdim, seni esladim,
Kaftingda baxt qushi, yelkangda kaftar.
Osmon markaziga botayotirsan,
Osmon markaziga botar
kiyiklar.
✍🏻Abduvali Qutbiddin
🎤MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Ay-ri-liq
Ayricha berding mehr,
Ayricha qildim isyon.
Tug’ildim – qoldim sag’ir,
Boshimga tushdi hijron.
Ortib borar ehtiros,
Ay, manim ayrilganim,
Zug’umlari beqiyos,
muhabbati ulkanim.
Sevgi berding – sindirdi,
Do’st berding kechirmagich.
Qo’shiq berding – tindirding,
Ko’zimga taqding bog’ich.
Ko’rganlarim sarobdir,
ko’rmaganim bor chiqdi.
Vujudim titrayotir,
qo’llaringga ichikdim.
Kel, tut meni, Mehribon,
Unutma bir zarrangni.
Hislarim bo’ldi to’zon,
Ko’p izg’idim garangib.
Qovushsin oy va quyosh,
Birlashsin zamin-u ko’k.
Kavsarga do’nsin ko’z yosh,
Bas, iblis, sen ham tiz cho’k.
Holimdan yo’q xabarim,
Yo’l yurdim vasling istab.
Quruqshaydi lablarim,
Ajal o’par ohista…
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Ayricha berding mehr,
Ayricha qildim isyon.
Tug’ildim – qoldim sag’ir,
Boshimga tushdi hijron.
Ortib borar ehtiros,
Ay, manim ayrilganim,
Zug’umlari beqiyos,
muhabbati ulkanim.
Sevgi berding – sindirdi,
Do’st berding kechirmagich.
Qo’shiq berding – tindirding,
Ko’zimga taqding bog’ich.
Ko’rganlarim sarobdir,
ko’rmaganim bor chiqdi.
Vujudim titrayotir,
qo’llaringga ichikdim.
Kel, tut meni, Mehribon,
Unutma bir zarrangni.
Hislarim bo’ldi to’zon,
Ko’p izg’idim garangib.
Qovushsin oy va quyosh,
Birlashsin zamin-u ko’k.
Kavsarga do’nsin ko’z yosh,
Bas, iblis, sen ham tiz cho’k.
Holimdan yo’q xabarim,
Yo’l yurdim vasling istab.
Quruqshaydi lablarim,
Ajal o’par ohista…
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Paradoks
“Ko’p”lar o’zin tutar yolg’izday,
Yolg’izlar istashar hamrozni.
Qushlarning xayoli dengizda,
Baliqlar tush ko’rar parvozni.
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
“Ko’p”lar o’zin tutar yolg’izday,
Yolg’izlar istashar hamrozni.
Qushlarning xayoli dengizda,
Baliqlar tush ko’rar parvozni.
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
#nozlik
Axloqimiz bizni yo bor qiladi, yo yo’q qiladi. Nimaiki topsak, xulqimizdan topdik.
@mehrnoz_abbos
Axloqimiz bizni yo bor qiladi, yo yo’q qiladi. Nimaiki topsak, xulqimizdan topdik.
@mehrnoz_abbos
#nozlik
Arzon odamlarga qalbingizdagi xazinani ochib tarqatmang. Bu ehson emas, o’zingizga qashshoqlik xo’rligini tilash – bu.
@mehrnoz_abbos
Arzon odamlarga qalbingizdagi xazinani ochib tarqatmang. Bu ehson emas, o’zingizga qashshoqlik xo’rligini tilash – bu.
@mehrnoz_abbos
#nozlik
Xudo har birimizning ichimizga sir joyladi va bu sirni go’zal fosh qilish shaklini berdi. Shoir she’r, olim ilm, rassom suvrat, tikuvchi libos bilan ifoda qildi.
Ammo biling, sirni san’at bilan aytishga ruxsat berildi, g’iybat bilan emas.

Yutuqlaringiz uchun aza ochadiganlar, kulfatingizni nishonlaydiganlar bor va siz ularni do’st deb atab yurgan bo’lishingiz mumkin.
@mehrnoz_abbos
Yutuqlaringiz uchun aza ochadiganlar, kulfatingizni nishonlaydiganlar bor va siz ularni do’st deb atab yurgan bo’lishingiz mumkin.
@mehrnoz_abbos
#nozlik
Ha, mening bir g’irromligim bor: yog’izligimni o’zimdan ham yolg’iz odamlarning yelkasiga yuklamoqchi bo’laman. Ular qalbimning bir qismini o’pirib, battar huvvillatib ketganlarida esa hayotning menga naqadar adolat qilganini tushunaman.

Tugatish imkoni berilganda, ketgan nuqtamizga yana qaytishimiz o’zimizning oldimizdagi hurmatimizni tushiradi.
O’ziga hurmati yo’q inson tanlagan yo’liga oson xiyonat qiladi.

HTML Embed Code: