TG Telegram Group Link
Channel: Bandlik Vazirligi
Back to Bottom
🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor

Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xabar berganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev xizmat safari bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

Navbatdagi manzil – qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Chimboy tumani.

Tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasidagi ishlar "Tazg‘ara" mahallasi misolida tahlil qilindi. Mahalladagi Ahmed Smetov hokim yordamchisi ko‘magida 2 ta motokultivator sotib olib, o‘z tomorqasida dehqonchilik, bog‘dorchlik va asalarichilikni yo‘lga qo‘ygan mirishkorlardan.

Vazir ushbu xonadonda bo‘lib Ahmed Smetov bilan suhbat qurdi. Xonadon sohibi tomorqasidan unumli foydalanib, daromadi ortganini, o‘zi va yaqinlarini ish bilan ta’minlayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Mirishkorning motokultivorlar sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qilgan murojaati shu joyning o‘zida qanoatlantirilib, vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lizingga ushbu texnikani xarid qilish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

"Tazg‘ara" mahallasida xorijda vaqtincha ishlab qaytgan yoshlarning bandligini ta'minlash hamda daromadini oshirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni maqsadda chetda ishlab kelgan 12 nafar mahalla yoshlari uchun 7,5 gektar yer ajratilib xorijga bormasdan shu yerning o‘zida ishli va daromadli qilishga ko‘maklashilmoqda.

Vazir bu yerda mehnat qilayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi, taklif va muammolariga quloq tutdi. Ularga ham vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lizingga qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘ladigan mini-texnika, asbob-uskunalar hamda intensiv bogʻ uchun ko‘chatlar olib beriladigan bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Chimboy tumani “Temir jol” guzarida istiqomat qilayotgan hunarmand Azamat Turekeev xonadonida bo‘ldi.

Tadbirkor 21 yildan buyon o‘tov yasash bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda 30 nafar fuqaroni doimiy ish bilan band qilgan. Tayyorlagan mahsulotlari Respublikamizning barcha hududlarida xaridorgir.

Hunarmand vazir bilan muloqotda faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini ochish istagida ekanligini ma’lum qilib, ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan texnikalar xaridi uchun amaliy yordam so‘radi.

Azamat Turekeev Nukusda yoshlarga oʻtov yasash sir-asrorlarini oʻrgatish, xorijlik sayyohlarga koʻrgazmali vositalar yordamida bu jarayonni tushuntirib berishni maqsad qilgani, ammo bunga davlatning koʻmagi kerakligini aytdi. Amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi.

Asbob-uskunalar sotib olish uchun vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 mlrd so‘m, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan esa 250 mln so‘m subsidiya beriladi. Natijada kasanachilik asosida yana 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu shuncha oila doimiy daromadga ega boʻldi, degani.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda vaqtincha ishlab qaytgan yurtdoshlarimizning bandligi ta'minlanmoqda. Ularga imtiyozli kreditlar ajratilib, biznes qilishiga ko‘maklashilyapti.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
HTML Embed Code:
2024/06/05 10:14:55
Back to Top