TG Telegram Group Link
Channel: Mehnat huquqi
Back to Bottom
#savolimbor Assalomu alaykum Muhammadamin aka. Fuqаrolik-huquqiy shаrtnomа tuzganda buyruq chiqarish shartmi?

https://hottg.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Fuqаrolik-huquqiy shаrtnomа tuzishda buyruq rasmiylashtirish, shuningdek mehnat daftarchasiga yozuv kiritish talab etilmaydi.

MK 127-moddasiga ko'ra, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Demak, mehnat shartnomasi tuzilganda buyruq chiqariladi.

Fuqаrolik-huquqiy shаrtnomа tuzilganda buyruq chiqarilmaydi.

Fuqаrolik-huquqiy shartnomani rasmiylashtirish uchun ijrochi (bajaruvchi) quyidagilarni taqdim etadi.
pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani,
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini;
jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini.

🔗 Mehnat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomadan farqlari quyidagi postimizning o’qish tavsiya etiladigan maqolalar qismida batafsil yoritilgan https://hottg.com/mehnathuquqi/3619

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
❗️Iyun oyida Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) munosabati bilan qo’shimcha dam olish kuni bo’ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra (https://lex.uz/docs/-6704048), barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024-yil 18-iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shunda, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3️⃣ kun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4️⃣ kun ketma-ket dam olishadi. Ya’ni⬇️:

15-iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni.
16-iyun — yakshanba, barcha xodimlar uchun umumiy dam olish kuni.

⚠️Diqqat! Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman eʼlon qilinadi.

⚠️ Agar Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham, 17-iyun — dushanba dam olish kuni bo’ladi. Chunki agar Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, MK 208-moddasiga ko’ra dam olish kuni mos ravishda 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Ya’ni Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanbaga to’g’ri kelgan taqdirda ham 17-iyun — barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi.

18-iyun — seshanba, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni.

✈️ 🚆Hozirdan biletlarni bron qilib qo’yaveringlar))

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar
(27.05.2024-yil holatiga)

Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#test Bolani parvarishlash ta’tillari vaqti bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini (MK 220-moddasi) olish huquqini beruvchi ish stajiga …
Anonymous Quiz
51%
kiritiladi.
21%
umuman kiritilmaydi.
29%
ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, kiritilmaydi.
М.Каримжонов 157.docx
25.8 KB
#maqola Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning ushbu maqolasida mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi (MK 157-moddasi)ga ko‘ra bekor qilishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan.

🔗 Shuningdek, maqolada mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan
bekor qilish toʼgʼrisidagi qo'shimcha kelishuv va buyruqdan namunalar keltirilgan.
Ko'pchilikning taklif va istaklaridan kelib chiqib, maqola kirill yozuvida tayyorlangan.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
Voice message
#220 Bolani parvarish ta'tillari vaqti bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga kiradimi? Masalan, xodimning ish staji 6 yil, lekin shundan 2 yilini bola parvarishda o'tirgan. Bu xodimga MK 220-moddasi bo'yicha 2 kun qo'shimcha ta'til bera olamizmi?

Batafsil audoni eshiting👆

❗️Aloqador moddalar: MK 216, 219, 226, 405 - moddalari.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
#test Ish beruvchining taklifiga ko‘ra ishga qabul qilingan (MK 101-moddasi), umuman boshqa tashkilot yoki tarmoqda ishlagan xodimga ko‘p yillik ish staji uchun har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladimi?
Anonymous Quiz
31%
Yo'q, berilmaydi chunki xodim bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlamagan.
48%
Ha, agar ichki lokat hujjatlar yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsagina beriladi.
22%
Ha, berilishi shart!
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz. Kanalizda javob yuq ekan shu masalada. Bugun fan o‘qituvchisini 3 sentyabrdan ishga olish bo‘yicha shartnoma keldi. 3 oy oldindan shartnoma tuzsa bo‘ladimi. Taqiq bormi shu masalada. Agar 3 sentyabrdan mumkin bulsa ish staji qachondan hisoblanadi

https://hottg.com/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️MK 104-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri ishning boshlanish sanasi — xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga kirishishi kerak bo‘lgan kalendar sanadir.

❗️MK 108-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.
Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

MK 225-moddasi 1-qismiga ko’ra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, mehnat shartnomasini bugun tuzib, ishning boshlanish sanasi sifatida boshqa biror kunni, masalan, savolda so’ralganidek 3-sentabrni ko’rsatishimiz mumkin.

❗️MK 109-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandiga ko'ra, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha “YaMMT” IDAKka mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab 5️⃣ ish kuni mobaynida kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi https://lex.uz/ru/docs/-4630020

MK 127-moddasiga ko’ra, ish beruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

Staj masalasichi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 37-moddasiga ko’ra, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
#test Xodim tashkilotda 5 yil ishlab, boʼshab ketgan edi. Yana eski ish joyiga qaytib keldi. Unga 2 kun qoʼshimcha taʼtil berish mumkinmi?
Anonymous Quiz
23%
Yo'q, mumkin emas. Chunki uzluksiz staj bo'lishi kerak.
38%
Ha, agar ichki lokal hujjatlar yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa
38%
Ha, beriladi.
18_ёшга_тўлмаган_шахслар_меҳнати_Янги_Кодекс_бўйича.doc
71 KB
#maqola To’yga to’yona deganlaridek, bugungi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta oʼqituvchisi Muhammadamin Karimjonovning “18 yoshga toʼlmagan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari” mavzusidagi maqolasida 18 yoshga toʼlmagan shaxslarga beriladigan qoʼshimcha kafolat va imtiyozlar, ular mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

⚠️ Diqqat! Oʼzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan "Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida"gi OʼRQ-139-sonli Qonuni 3-moddasiga koʼra, bola (bolalar)1️⃣8️⃣ yoshga toʼlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʼlgan shaxs (shaxslar).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
Oʼzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʼrsatuvchi Ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 316-son qarori (31.05.2024 yildagi) qabul qilindi.
https://lex.uz/uz/pdfs/6946967
#savolimbor
Assalomu aleykum. Agar xodimning ish hajmi xodimga va ish beruvchiga bogʻliq boʻlmagan hollarda kamaysa, masalan bir stavka ishi yarim stavka boʻlib qolsa, bunday xodimlarga qandaydir kompensatsiyalar toʻlab berish nazarda tutilganmi qonunchilikda.
Men ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Sentyabrdan 18 soat dars bilan ishga kirganman. Hozir esa 15 soat darsim bor. Baʼzi bolalar maktabdan chiqib boshqa maktabda oʻqishini davom ettiryapti. Buning natijasida sinflarda oʻquvchi soni kamayib boʻlib oʻtiladigan darslar boʻlinmaydigan boʻlyapti va dars soatlari kamayib boryapti. Javob uchun oldindan rahmat.


Javob
Mehnat kodeksining 137-moddasiga asosan, agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Batafsil o‘rganish uchun mazkur videoni ko‘ring: https://www.youtube.com/watch?v=noDeEcMjFsM

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
@mehnathuquqi
#test Xodimning tashkilotdagi staji 6 yil. Lekin 3 yil qorovul boʼlib ishlagan, 3 yildan beri esa chilangar boʼlib ishlab kelmoqda. Unga 2 kun qoʼshimcha taʼtil berish mumkinmi?
Anonymous Quiz
9%
Yo'q, berilmaydi. Chunki xodim turli kasblarda ishlagan
27%
Ha, agar ichki lokal hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa
64%
Ha, beriladi.
#savolimbor Assalom-u alaykum yaxshimisiz ustoz. Tashqi òrindoshlik asosida ishlayotgan xodimning joyiga qisqarish kelganda unga 2 oy oldin  ogohlantirish berishimiz kerakmi va ogohlantirish berganimizda 2 oylik kompensatsiyani oldindan olib ketishi mumkinmi? Tashqi òrindosh masalasiga sal qiynalyapmanda ustoz

Aloqador moddalar: 100,165, 173,441, 442-moddalar.


https://hottg.com/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://hottg.com/mehnathuquqi
#test Xodim tashkilotda 2,5 yildan beri ishlaydi, ushbu xodimga mutanosib ravishda 1 kun qoʼshimcha mehnat taʼtili berilishi mumkinmi?
Anonymous Quiz
38%
Ha, albatta beriladi.
62%
Yo'q, berilmaydi.
👀 Кадрлар билан ишловчи ходимлар реестри (рейтинг)

🔼Ўзбекистонда кадрлар билан ишловчи ходимлар рейтингидан жой эгаллаш имкониятини қўлдан бой берманг!

📊Буни бепул ва осон амалга ошириш мумкин:

1️⃣Кадрлар билан ишловчи ходимлар Олимпиадасида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтинг (рўйхатдан ўтиш бор-йўғи 1 дақиқа вақт олади)
2️⃣Тест вазифасини бажаринг
3️⃣Рейтингдан жой эгалланг ва 10 млн сўмни ютиб олиш имкониятини қўлга киритинг!

🙂Нима учун рейтингдан жой эгаллашим керак дейсизми? У сизга қуйидаги имкониятларни тақдим этади:

➡️Энг яхши мутахассислар рўйхатидан жой эгаллаш шарафига эга бўлиш;
➡️Иш берувчи учун сизни ишга олиш ёки лавозимингизни кўтариш учун сабаб;
➡️Иш ҳақини ошириш ёки мукофот пул беришларини сўраш мумкин;
➡️Билимларингизни текшириш;
➡️Шахсий мақсадлар учун қимматбаҳо совғалар ютиб олиш.

ℹ️Олимпиада иштирокчиларининг фикрлари:

🗣️Агар ютсам, раҳбарим менга мукофот пули беришни ваъда қилди - Гулихон

🗣️Топшириқлар қизиқарли, ўз устимда ишлашга ундайди, муҳими, агар рейтингдан жой эгалласам, Дубайга бораман - Мадина

🗣️Кадрлар билан ишлайдиган биз каби ходимларни қадрлаганингиз ва мана шундай танловни ташкил қилганингиз учун раҳмат. Унда иштирок этиш жуда ёқимли - Гулноза

☄️Кадрлар билан ишлайдиган ходимлар рейтингидаги чиптангиз
Бепул имкониятни қўлдан чиқариб, афсусланмаслик учун ундан фойдаланинг!
HTML Embed Code:
2024/06/03 04:50:02
Back to Top