TG Telegram Group Link
Channel: 20 yoshimda tushunganimda edi
Back to Bottom
Bolalik va beg‘amlik o‘rniga - mashaqqatli erta mehnat qilish.

G‘amxo‘rlik ko‘rish o‘rniga - erta mas’uliyat olish.

Suyangich o‘rniga - yolg‘izlikda muammolarini o'zi hal qilish.

Bu esa odamni erta katta qiladi.

Yetimlik - tezlashtirilgan hayot kursi deb bejizga aytishmas ekan.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.), G'azzoliy, Karnegi, Napoleon - yetimlar.

Yetimlik boshimizga tushganda uni la’nat deb emas,

Buyuk bo‘lish uchun imkoniyat deb qabul qilaylik.

@mashrabov_aa
Pul berib puli kamayganini ko’rdim.

Ovqat berib ovqati kamayganini ko’rdim.

Lekin,

Bilim ulashib - bilimi kamaygan kishini ko’rmadim.

Bilimni qizg’onmaylik.

Chunki,

Bilim faqat ulashganda ko’payar ekan.

@mashrabov_aa
Aksiyalarga va kriptovalyutalarga sarmoya qildi.

Ertalabdan kechgacha telefonida grafiklarni kuzatadi. Oyligini yarmini tikib qo'ydi-da axir.

Aqlli investorlarcha oson pul topaman deb o'yladi.

Cho'ntagimizda kamida $1 million bo'lmay turib o'zimizcha investor bo'laman desak,

Biz aqllilar yo'lidan emas, dangasalar yo'lidan yuryapmiz.

Bu yo'ldan yurib esa birinchi o'rinda pulimizni, ketidan halovatimizni va asabimizni yo'qotamiz.

@mashrabov_aa
Do’stim bilan jinni xonaga bordik.

Bittasi Napoleon qarindoshimam deb yo’limizni to’sdi.

Boshqasi esa qizimni ko’rmadingmi deb so’radi.

Yana biri esa oynani oldiga kelib baqirishni boshladi.

Hech kim tirilmadi. Davlatim ko’payib qolmadi. Muammolarim yechilib qolmadi,

Lekin,

U yerdan chiqib o’zimni 100 karra baxtliroq his qildim.

Ba’zan,

O’zimizni baxtliroq his qilish uchun ora-orada bizda bor ne’matlarni boshqalarda yo’qligini ko’rib turish kifoya ekan.

@mashrabov_aa
Harakatlarimizga ichki shijoat yetishmayotgan bo'lsa,

Tashqi majburiyatlarni ko'paytiraylik.

Chunki,

Orqamizdan it quvganida, krossovkamiz bormi-yo'qmi, baribir yuguramiz.

@mashrabov_aa
Everestni zabt etish jarayonida hayolimizga ish sig’maydi.

Sahro-yu kabirda yugurayotganimizda miyamiz barcha muammolarni unutadi.

Muzdek okeanda suzayotganimizda faqat tirik qolishni o’ylaymiz.

Telefonimiz qotib ishlashni boshlaganida uni o’chirib yoqamiz.

Vaqt-vaqti bilan miyamiz ham charchaydi. Qotib ishlashni boshlaydi. O’chirib yoqaylik.

Buning uchun esa - tanamizni qattiq qiynaylik. Boshqa yo’llari ham bor.

Lekin,

Eng zo’r yo’li shu.

Chunki,

Og’zimiz qurib bir qultum suvga muhtoj bo’lganimizda hayolimizda bir qultum suvdan boshqa narsa sig’maydi.

@mashrabov_aa
1 soat rejaga sarflangan vaqt 7 kun samarasiz ishni oldini olishini bilib tursa ham,

Ahmoq baribir o’ylashga vaqt topmas ekan,

Chunki,

U ishlashi kerak.

@mashrabov_aa
E’tiborimiz o’zimizga tegishli ekan - vaqtimiz o’zimizga tegishli.

Vaqtimiz o’zimizga tegishli ekan - harakatlarimiz o’zimizga tegishli.

Harakatlarimiz o’zimizga tegishli bo’lsa - sababini yarata olamiz.

Sababini yaratar ekanmiz - rizqimizda ko’rsatilgan natijani olamiz.

Lekin,

Toki telefonimiz xabarnomalari yoniq turar ekan,

E’tiborimiz bizdan yiroq.

Bu degani,

Sababidan uzoqmiz, demak - rizqimizdan ham.

@mashrabov_aa
Kimdir dengizga borib piyolasini,

Kimdir esa chelagini suvga to’ldiradi.

Aqlliroqlari suvga qo’shib dengiz ostida yotgan marvaridlarni ham oladi.

Berilayotgan ilmdan qoniqmayotgan bo’lsak,

Hammasini ustozga, kitobga, muhitga, holatga yoki boshqa bir ilm manbayiga to’nkayvermaylik.

Chunki,

Dengiz hamma uchun bir, ammo idishlar turlicha.

@mashrabov_aa
Bu mening o'yinim emas

Dota bo'yicha The International musobaqasida Team Spirit jamoasi sal kam $1,5 million yutib oldi.

Agar Dota o'ynab shu musobaqada yutqazganimda katta ehtimol bilan jahlim chiqar edi va xafa bo'lar edim.

Chunki,

Har qanday o'yinda har kimga yutqazsak (farzandlarimizdan tashqari) xafa bo'lamiz.

Lekin,

O'yinda o'ynamasak - yutqazmaymiz. Yutqazmasak xafa ham bo'lmaymiz.

Baxtliroq yashay desak,

Hayotimiz davomida yutqazishimiz oson va yutishimiz qiyin o'yinlarda (hashamatli to'ylar, ayollar, mashina va hokazo) qatnashmaylik.

Chunki,

Poyezdni o'tib ketganidan faqat poyezdni ortidan quvganlar xafa bo'ladi.

@mashrabov_aa
500 yil avval qassob oilasida tug'ilganimizda - katta ehtimol bilan qassobligimizcha o'lib ketar edik.

Bilim faqat boylar uchun. Ma'lumot manbalari cheklangan. Ocharchilik xavfi. Va hokazo.

Xullas, cheklovlar millionta.

To'g'ri,

Boy bo'lish hozir oson emas,

Lekin,

Boy bo'lish hech qachon hozirchalik oson bo'lmagan.

Chunki,

Cheklovlar juda kam qoldi. Va asosiy qismi miyamizda.

@mashrabov_aa
Oltin so’radikmi? Ketmon bilan uyg’onsak hayron bo’lmaylik.

Kuch so’radikmi? Boshimizga ketma ket qiyinchiliklar yog’ilsa hayron bo’lmaylik.

Chunki,

Xudo so’raganimizni har doim ham biz kutgan yo’l bilan beravermaydi.

@mashrabov_aa
Yengil avtomobil o'rtacha 15-30 ming ehtiyot qismlaridan iborat.

Har bir qismni qanday ishlashini o'rganib keyin haydaymiz desak - yoqmasdan o'lib ketamiz.

Hech narsani o'rganmay haydaymiz desak - ishkal qilamiz.

Instruktor bilan haydaymiz desak - 1 kunda o'rganamiz.

Ustoz o'zimiz o'rgana olmaydigan narsalarni o'rgatish uchun emas,

Bizga hozircha keraksiz bo'lgan minglab narsalar ichidan eng keraklilarini ajratib berishdir.

@mashrabov_aa
Aksariyatimiz ilmni sababini yaxshi qilmasligimiz mumkin.

Pulni sababini yaxshi qilmasligimiz mumkin.

Tarbiyani sababini yaxshi qilmasligimiz mumkin.

Lekin,

Erta o'limni sababini a'lo darajada qilyapmiz ekan.

Chunki,

Dopamine Nation kitobidan olingan statistikaga ko'ra,

70% o'limlar bizga bog'liq bo'lgan sabablardan kelar ekan (ichish, chekish, semizlik va hokazo).

@mashrabov_aa
Ovqat pishirishni yoqtiraman.

Jarayon yoqadi. Tinchlanaman. Fikrlarim bir joyga jamlanadi. Natijasini ko'rib esa rohatlanaman.

Lekin,

Kimdir zaharli fugu balig'ini tayyorlab berishni so'rasa - uni pishirish yoqmaydi.

Lekin,

Muammo fuguda emas. U haqida hech narsa bilmasligimda.

Ba'zi ishlarni shunchaki bilimimiz yo'qligi uchun yoqtirmaymiz.

Shuning uchun,

Ishdan voz kechishdan avval - uni ilmini o'rganib ko'raylik. Balki ham yoqib qolar.

@mashrabov_aa
Faqat o'zimizni o'ylasak - shaxs sifatida maydalashamiz.

Boshqalarni ham o'ylasak - kattalashamiz.

Faqat boshqalarni o'ylasak - buyuklashamiz.

Eynshteyn aytganidek,

Inson o'zgaga xizmat qilishga o'tganidagina chinakamiga yashay boshlaydi.

@mashrabov_aa
Har xil bo'laversin

Eski do'stlarim bilan aloqani uzaman dedi.

Ularga ko'cha bo'lsa bo'ldi, ular rivojlanmaydi dedi.

Aqllilar "krugiga" qo'shildi.

Janoza bo'ldi. Eski do'stlar birinchi bo'lib keldi.

Ko'chada ishkal bo'ldi. Aqlli do'stlari aralashmadi.

Yangi uyga ko'chganda ham faqat ko'chadagi do'stlari ko'ch ko'targani keldi.

Eh,

"Krugimiz" har xil insonlardan iborat bo'laversin,

Chunki,

Hayotimiz ham har xil vaziyatlardan iborat.

@mashrabov_aa
Suhbat jarayonida qiyin so’zlardan foydalanyotgan bo’lsa,

U yoki bizni hayratlantirmoqchi,

Yoki,

Gapirayotgan narsasi to’g’risida hech narsa bilmaydi.

Chunki,

Qiyin gapirish - juda oson.

Oson gapirish esa oson emas.

@mashrabov_aa / @street_mba
Mag'lubiyatga teng g'alabalar

Dunyoni eng boy odami olamdan o'tsa "eng boy" degan unvon bo'sh qolmaydi.

99,9% aholi qirilib ketsa ham, orasida eng boyi qoladi.

99,9% aholi qirilib ketsa ham, orasida eng mashhuri qoladi.

Raqam bilan bahslashsa bo'ladigan har bir narsa shunday. Joy bo'sh turmaydi.

Raqam bilan bahslashib bo'lmaydigan narsalarda esa aksincha. Nafs, odob yoki halollikni olaylik.

Bir xonada 100ta odamni ichida "eng haloli", "eng odoblisi" yoki "eng mehriboni" umuman bo'lmasligi mumkin.

Chunki,

Bu musobaqalarda ba'zida hech kim yutmaydi.

Raqamlar o'yinida g'alabaga intilishimiz yaxshi,

Raqamlarda o'lchanmaydigan narsalarda g'olib bo'lish esa - eng yaxshisi.

Chunki,

Bu eng qiyin musobaqa.

Faqat sonlarda o'lchanadigan musobaqalarda g'alabaga erishgan bo'lsak,

Mag'lubiyatga teng g'alabaga erishdim deb hisoblayveraylik.

@mashrabov_aa / @street_mba
Tuman chempioni bo’laman deb tuman chempioni bo’lganlarni kam ko’rdim,

O’zbekiston chempioni bo’laman deb kamida tuman chempioni bo’lganlarni ko’p ko’rdim.

Olimpiada medalini orzu qilib O’zbekiston chempioni bo’lganlarni ham ko’p ko’rdim.

Nishonimiz Quyosh bo’lsa kamida Marsni urishimiz mumkin.

Lekin,

Nishonimiz Mars bo’lsa atmosferani ham tark etolmasligimiz mumkin ekan.

@mashrabov_aa / @street_mba
HTML Embed Code:
2025/07/04 15:11:04
Back to Top