TG Telegram Group Link
Channel: Marketing bo'limi
Back to Bottom
Cola - taomlarning bir qismi

Coca Cola eng ko'p iste'mol qilinadigan vaziyat bu ovqatlanish vaqti. Shu sababdan brend ko'p yillardan beri ovqat yeyish va uni kola bilan ichish naqadar ajoyibligini turli kampaniyalar bilan aytib keladi.

Batafsil

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Farrux Sharipov yana xalqaro festivalda hakamlar hay'ati a'zosi

Sintez agentligi kreativ direkori Farrux Sharipov ikkita xalqaro reklama festivalida hakamlar hay'atidan joy oldi. Bu haqida agentlik o'z instagram sahifasida e'on qildi.

Batafsil

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Forwarded from Marketingda ishla
605 Agentligiga professional Videograf kerak!

Qisqacha:
Agentlikka tegishli bo'lgan sahifalar uchun video roliklarni sur'atga olish va montaj qilish bilan shug'ullanadi.

Eng asosiysi - berilgan muddatdan oldin videolarni topshira olish

Talablar:
Kandidatdan o'z sohasida chuqur bilim va tajriba, qiziquvchanlik, o'rganuvchanlik, kuzatuvchanlik, ishga chanqoqlik talab etiladi.

Takliflar:
Ish ko'p. Potensial yuqori. Shahar markazida shinam ofis. Kofe, choy, suv. Sohaning ko'p yillik mutaxassislari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlash imkoni.

Aloqa uchun: @shohjahonalimoff

Rivojlanish uchun@marketingdaishla
Volkswagenning yangi va noan'anaviy ishga qabul qilish strategiyasi.

Ushbu strategiya maxsus avtomobillarni raqobatlashuvchi avtoservislarga yuborishni o'z ichiga oladi.

Bu avtomobillar ataylab muammoli qilib qo'yilgan bo'lib, bu orqali iste'dodli mexaniklarni aniqlash maqsad qilingan. Bu jarayon quyidagi xususiyatlarga ega:

— Volkswagen ushbu usul orqali iste'dodli kishilarni noan'anaviy yo'l bilan, dastlab mijoz sifatida murojaat qilish orqali topadi;
— Voqeani hikoya qiluvchi shaxs bu usuldan hayratda ekanini va bu g'ayrioddiy lekin samarali to'g'ridan-to'g'ri yollash strategiyasi ekanini ta'kidlaydi;

Batafsil

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Karyerangizda bosh rolni o'ynang!

Osnova – bu O'zbekiston yoshlariga mo'ljallangan karyera rivojlantirish platformasi.

Uzum, Payme, Korzinka, Beeline kabi yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarining tajribali mutaxassislari sizga karyerangizni yo'lga qo'yishda ko'maklashadi.

Batafsil

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
O'zbekistonda aksar internet provayder va mobil operatorlarning interneti bir muddatga o'chib qoldi. Biz tahminan 5 daqiqa butunlay internetsiz o'tirdik.

Internet o'chib qolganining sababi - "global tarmoqdagi uzilish" deb aytdi, bizning internet provayderimiz.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Endi Uzum Market buyurtmalarini UzPost filiallaridan olish imkoniyati mavjud.

Uzum Market va UzPost o'rtasidagi yangi hamkorlik, O'zbekiston bo'ylab mijozlar uchun buyurtmalarni UzPost filiallaridan olish imkoniyatini yaratmoqda. Bu tizim hozirda sinov bosqichida bo'lib, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi 28 ta filial orqali amalga oshirilmoqda. Kelajakda esa, bu xizmatni mamlakatning barcha hududlariga kengaytirish rejalashtirilgan.

Asosiy statistik ma'lumotlar:

▪️Hozirda Toshkent va Samarqandda 28 ta UzPost filialida xizmat ko'rsatilmoqda.
▪️UzPost tarmog'i mamlakat bo'ylab 1,800 ta joylashuvni o'z ichiga oladi.
▪️Uzum Marketning mahsulot assortimenti 700,000 dan ortiq SKUlarni qamrab oladi.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Najot Ta'limdan yangi ta'lim loyihasi: Robbit Akademiyasi!

Najot Ta'lim o'z ta'lim dasturlarini kengaytirib, endi 8-15 yoshli bolalarga mo'ljallangan Robbit Akademiyasini taqdim etadi. Ushbu akademiya robototexnika va IT sohalarida bolalarni tayyorlashga ixtisoslashgan.

Robbit Akademiyasining afzalliklari nimalarda?
- STEAM ta'lim metodikasi asosida olib boriladigan yuqori sifatli darslar;
- Iqtidorli o'quvchilarga xalqaro musobaqalarda bepul qatnashish imkoniyati;
- Mahoratli ustozlar tomonidan ta'lim beriladi;
- Bolalarda ilmiy qiziqishlarini oshirish va ularga amaliy ko'nikmalar berish.

Batafsil

Kelajak avlod uchun yaratilgan yangi imkoniyatlardan birini o'tkazib yubormang!

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qanday xabar hayotimizga arzimaydi

2010-yilda AQSHning eng yirik telekommunikatsion operatorlaridan biri bo'lgan AT&T kompaniyasi o'zining “U kutib tura oladi” reklama kampaniyasini ishlab chiqdi va shunga mos rolik ham suratga oldi.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Payme'ning Toshkent Mozaikalarini Saqlash Loyihasi Xalqaro E'tirofda!

Payme'ning Toshkentdagi mozaikalarini saqlash bo'yicha loyihasi LBBOnline tomonidan "Haftaning Ishi" sifatida tan olindi! Bu loyiha nafaqat mahalliy madaniy merosni asrashga qaratilgan, balki xalqaro ijodiy e'tirofni ham qozondi.

Batafsil

Hamkorlik materiali

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Bugun marketing bo'yicha foydali ma'lumotlar, strategiyalar va yangiliklarni o'rganishingiz uchun eng yaxshi 4 ta saytni taqdim etamiz

1
. HubSpot Blog
HubSpot marketing, sotuvlar va mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha keng qamrovli maqolalar, qo'llanmalar va amaliy maslahatlar taqdim etadi. Bu sayt marketing strategiyalari va taktikalarini chuqur o'rganish uchun ajoyib manba.

2. Kontent Marketing
Kontent marketingi strategiyalari va amaliyotlari haqida chuqur ma'lumotlar beradi. Saytda ko'plab maqolalar, tadqiqotlar va qo'llanmalar mavjud.

Batafsil

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Marketing bo'limi
605 Agentligida amaliyot dasturi davom etadi Kreativ yigit-qizlarda 605 Agentligida amaliyot o'tash imkoni bor. Agentlik iqtidorli (o'zlari buni bilmasa ham) yoshlarga noyob imkonni taklif etadi: - Anketa orqali 3-4 kishini tanlab olamiz - Marketing, strategiya…
605 Agentligida amaliyot dasturi davom etadi

Aprel oyi oxirida amaliyot loyihamiz haqida e'lon qilgandik. E'lonni bir qancha do'stlarimiz ham o'z kanallarida ulashdi. Ariza topshirganlar soni 260 ga yetdi. Bu juda quvonarli. Ammo filtrlash jarayoni cho'zilib ketdi.

O'zim har bir arizani o'rganib chiqdib, shortlist ro'yxatini tuzdim. 260 arizachidan 34 nafari boshlang'ich ro'yxatga kiritildi. Hozirda ularni umumiy bir guruhga yig'ish jarayonidamiz.

Imkon qadar yangiliklardan xabardor qilib turamiz. Balki marketingbolimi kanalida emas, instagramdagi shaxsiy sahifamda bo'lishi mumkin. Ko'ramiz. Rahmat 🙌

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Klarna AI yordamida marketing xarajatlarini kamaytirdi va ko'proq kampaniyalar o'tkazdi.

Klarna sun'iy intellekt yordamida marketing xarajatlarini 11% ga qisqartirib, kampaniyalar sonini oshirishga erishdi. AI vositalari yordamida rasm ishlab chiqarish xarajatlarini $6 millionga qisqartirdi va tashqi agentliklarga sarflanadigan mablag'ni 25% ga kamaytirdi.

Batafsil

Sun'iy intellektning marketingdagi eng katta foydasi nimada deb o'ylaysiz?

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
O'zbek agentligi xalqaro e'tirofda

White Square xalqaro reklama va marketing festivalida Sintez agentligi bir necha sovrinlarni qo'lga kiritdi:

ISHONCH brendi uchun ishlangan "Charchamang" kampaniyasi uchun — oltin va bronza.

Batafsil

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Apple va Sun'iy Intellekt

Nihoyat, Apple anchadan beri kutilayotgan WWDC (World Wide Developers Conferece) tadbirini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da o'tkazadi.

Xabarlarga ko'ra, tadbir hech qanday yangi qurilmalar emas, balki sun'iy intellekt haqida bo'ladi. Unda sun'iy intellekt bilan jihozlanishi kutilayotgan operatsion tizimlar (iOS 18) va ko'p yillar davomida ishlab chiqilgan yangi kalkulyator ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Batafsil

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Yana bir o'zbek agentligi xalqaro e'tirofda

31-may kuni KIAF (Kiev Xalqaro Reklama Festivali) taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu festivalda Stargazer agentligi @tbcbankuzbekistan bilan birgalikda yaratgan manifest oltin mukofot bilan taqdirlandi.

Batafsil

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Ilon Mask Apple’ning yangi sun’iy intellektini “aygʻoqchi ” deb atadi

Tadbirkor Ilon Mask Apple kompaniyasi 10-iyun kuni taqdim etgan “Apple Intelligence” sun’iy intellekti haqida gapirdi. SpaceX rahbari SI ni “aygʻoqchi ilova” deb atadi va kompaniyalarida Apple gadjetlarini taqiqlashi mumkinligini aytdi.

Maskning X’da yozishicha, agarda Apple OpenAI bilan operatsion tizim darajasida integratsiya qiladigan boʻlsa, kompaniya gadjetlari uning kompaniyalarida taqiqlanadi. “Bu qabul qilib boʻlmaydigan xavfsizlik buzilishi”, deb yozadi Ilon.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida – @marketingbolimi
HTML Embed Code:
2024/06/11 23:21:49
Back to Top