TG Telegram Group Link
Channel: Ibratli Statuslar🌿
Back to Bottom
Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga  ko‘z-ko‘z qilar edi.  Bir kuni u eng ishongan olim do‘stiga shunday savol berdi:  
– Sen olimlar ichra mashhur va donosan. Men sening fikringni bilmoqchiman. Mening hukmdorligim va davlatim haqida nima deya olasan?
Olim javob berishning yo‘lini topdi va hukmdorga  shunday dedi:
– Faraz qilaylik, siz bepoyon va jazirama cho‘lning qoq o‘rtasida turibsiz. Shu payt tomog‘ingiz qaqrab, nihoyatda chanqadingiz. Ammo yashab qolish uchun yarim davlatingiz evaziga sizga bir piyola suv uzatildi. Siz bunga rozi bo‘larmidingiz?
– Albatta, rozi bo‘lardim.
– Ancha vaqt o‘tdi. Chanqoq kuchaydi. Qolgan davlatingiz evaziga sizga yana bir piyola suv taklif qilindi. Siz bunga ham  rozi bo‘larmidingiz?
Hukmdor bir oz o‘ylandi va noiloj:
– O‘lmay qolish uchun men davlatimning qolganini ham berishga majburman, –dedi. 
Shunda olim miyig‘ida kulib:
– Demak, g‘ururlanishga  hojat yo‘q, hukmdor. Sizdagi boylikning bahosi bor yo‘g‘i ikki piyola suv ekan…, – dedi.

© Turk tilidan Sumayro, Muna Xolmurodovalar tarjimasi

@status_ibratli🕊
​​📝 Mubina, 8 yoshda:
-Dadam nega unaqa bo‘lib qoldi-a? Sizlar bilmaysizmi farishtalar? Oldinlari boshqacha edi. Hech ham urmasdi, so‘kmasdi. Har kuni ishdan qaytganida shirinlik olib kelardi. Uxlab qolgunimcha ertak aytib berib, boshimni silab, peshonamdan o‘pib qo‘yardi. Endichi?.. Oxirgi marta xonamga kirganiga yaqinda bir yil bo‘ladi. Hammasiga o‘sha shishadagi oq ichimlik aybdor. Bunchayam sassiq bo‘lmasa-ya. Uyda hech kim yo‘qligida shishasini xidlab ko‘rgandim, judayam badbo‘y…
Dadam qanday qilib har kuni shuni ichar ekan-a? Bechora dadam. Shunaqa zaxarsifat narsani ichib o‘zini qiynaydi. Mastura xolani qo‘shnimiz Gulmira opaga aytayotganini eshitib qoldim “Abdujalil alkash bo‘lib qolgan” dedi. Mening dadam alkash emas! Nega unaqa deyishadi. Yomon ko‘raman ikkalasini ham. Hammasiga o‘sha ichimlik aybdor, hoy ichimlik dadamni qaytar tez! Qachongacha qiynaysan bizni!.. Oyim bo‘lganlarida bunaqa bo‘lmasdi. Siz farishtalar oyimni har kuni ko‘rasizlarku-a? Ko‘rganingizda aytib qo‘ying tezroq qaytsinlar. Bu yoqda dadam qiynalib ketdi.
Indinga Hayit. Balki bayramga oyim kelib qolar… Bu eng yaxshi sovg‘a bo‘lardi! Mayli, endi yotib uxlayman. Ertaga maktabga borishim kerak. Voy ko‘kargan ko‘zim bilan qanday boraman. O‘qituvchim “Nima qildi?” deb so‘rasachi… Krovatimga urvoldim deyman. Dadam urdi desam, o‘tgan safargidek direktor dadamni chaqirib rosa urishadi. Xayrli tun!
Yo rab, eshitgin bola nolasin!!!
Qaytarib bergin uning dadasin!!!

@status_ibratli🕊
E’TIROF.

Men dunyo tarixini o‘qib, shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) yamoq yaxtaklariga ham arzimas ekan... Biz Yevropa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘q, biron kimsa, u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi.

© Iogann Volfgang fon Gyote

@status_ibratli🕊
#primetime

Suriyalik bu uch bolaning soʻzlari tarixga muhrlanib qoladi.

Bolakay oʻlimidan oldin: “Men sizlarni Allohga aytib beraman...”

Devor tagida qolgan qizaloq: “Amaki hijobim yoʻq, iltimos meni hech kim rasmga olmasin...”

Ochlikdan sillasi qurigan bola: “Yo Alloh, men juda ham ochman. Bizni jannatingga olgin. Biz u yerda taomlanaylik...”

© Buyuklar_sozlari

@status_ibratli🕊
​​BUZILMAGAN HOVLI
(juda ibratli)

Ibrohim va Ilyosga butun umr ro‘zg‘orga bir luqma harom aralashmasin degan andishada o‘tgan hunarmand otalaridan kichkinagina hovli qoldi. Aka-ukaning ikkovi ham mehnatkash, kamsuqum, xuddi otalari singari halol, to‘g‘ri edi. Ammo nima bo‘ldi-yu, ishxonasidan kamomad chiqib, Ibrohim akaning bo‘yniga qo‘yildi. Ibrohim aka tushundi – kimlardir yegan somsaning pulini unga to‘lattirishmoqchi. Nima ham qila olardi – osmon uzoq, yer qattiq. Ishdan bo‘shash-ku, mayli, ammo kamomadni qanday to‘laydi? Sotay desa, qo‘lga kiradigan boyligi yo‘q, xotini taqinchoqlarini sotib beraman degani bilan, uning puli ham hech qancha bo‘lmaydi. Shunday o‘ylardan ezilib yolg‘iz o‘tirganida: «Aka, uydamisiz?» deya ukasi ovoz berdi. «Kelaver», degan javobni eshitib, ichkariga kirdi, akasiga ro‘parama ro‘para o‘tirdi.
– Aka, «uchastka»ga xaridor topdim, puli kamomadni yopishingizga bemalol yetadi.

Ibrohim akaning kapalagi uchdi – nima deyapti ukasi? Hovlini sotishsa, ko‘chada qolishadi-ku! «Yo o‘zi tomonni qoldirib, biz tomonni sotamiz, deyaptimi?»
– Eslasangiz, poydevor quyilayotganda o‘ng tomondagi qo‘shni «aytgan pulingizni beraman, yeringizni menga soting», deb rosa yalingandi. U bilan kelishib qo‘ydim, bugun-erta pulni beradigan bo‘ldi...

Ibrohim akaning dimog‘iga nimadir tiqildi. Ukasi haqida hozirgina o‘ylagan o‘ylariga uyalib ketdi. Bechora Ilyos, necha yil yig‘inib sotib olgan, yaqinda Ibrohim aka, o‘zi va o‘g‘illari bilan poydevor quyishgan «uchastka»sini gapirayotgan ekan.
– Rahmat, uka, – deya oldi zo‘rg‘a. – Ammo...

Ibrohim aka bir pas o‘ylanib qoldi, keyin sekingina gap boshladi:
– Bizda-ku ikkita qiz, ortiqcha uyga ehtiyojimiz yo‘q. Lekin senga baribir joy kerak, oldingda ikki o‘g‘ilni uylantirish bor. Mayli, uchastkangni sotamiz. Keyinroq, Xudo bersa, o‘rniga joy olib beraman. Agar olib berolmasam, o‘tirgan uyimizni bo‘shatib, chiqib ketamiz.

Albatta, Ilyos bu gapga ko‘nmadi. Lekin akasi qaysarlik qilib turib olgach, noiloj «xo‘p» dedi. Shunday qilib, kamomad to‘landi, Ibrohim aka boshqa joyga ishga kirdi. Oradan bir necha yil o‘tdi, aka qizlarini uzatdi. Ikkala to‘yni ham «avval qarzingni uzmaysanmi, keyin to‘y qilmaysanmi?» degan gapni eshitib qolishdan cho‘chib, ming istihola bilan o‘tkazdi. Bu orada ukaning ham o‘g‘illari bo‘yiga yetdi. Lekin Ibrohim aka joy olib berolmadi. Ilyos hovlining ikki xona uy solsa bo‘ladigan ochiq joyi­ga poydevor quyish haqida maslahat solganida, aka uyni bo‘shatishga ishora deb tushundi. Zotan, bu kelishuv uning o‘zidan chiqqan edi. Ibrohim aka shundan keyin bir joydan ijaraga uy topdi. Ammo iddao qilayotgandek ko‘rinmay deb ukasiga indamadi, hamma ish bitganda aytganim ma’qul, deb o‘yladi...
Kichik o‘g‘li Ilyosga telefon qilib: «Dada, tez keling, amakimlar ko‘chib ketishyapti», deganda oldiniga ishonmadi. Uyga yetib kelganida darvoza oldidagi yuk mashinasini, akasining ayvonidagi tugun-bo‘g‘chalarni ko‘rib gap nimadaligini tushundi. Ko‘zida yosh bilan uydan ayvonga narsa tashiyotgan yangasini, o‘zi tomon xijolatomuz tabassum bilan kelayotgan akasini ko‘rib ko‘ngli buzildi. Ibrohim akaning: «Uka», deb boshlagan gapini bo‘ldi:
– Aka, oxiratda Xudoyimga nima deb javob beraman?
– Bu nima deganing? Kelishuvimizga ko‘ra...
– Kelishgandik, jondek akamga Sening roziliging uchun emas, qarzga pul bergandim, deymanmi? Bu ishni ko‘rganlar oqibat qolmagan ekan, silai rahm degan gaplar bekor ekan, demaydimi? Nahot meni sizdan pul yo joy talab qiladi deb o‘ylasangiz? Bolalagimiz o‘tgan uydan sizni chiqarib yuborib, kelin tushirish, to‘y qilish tatiydimi menga, aka?..

Aka-uka yangi quyilgan poydevor ustida yerga qaragancha o‘tirishar, akaning xotini lash-lushlar orasida tik turgan ko‘yi ko‘zyoshlarini artardi. Ilyosning xotini, uch o‘g‘li esa yuk mashinasiga joylab ulgurilgan narsalarni bir-bir amakilarining uyiga olib kira boshlashdi.

Ⓜ️ No'monjon Shermatov sahifasidan

@status_ibratli🕊
​​AJOYIB SUHBAT

- Qizingiz yaqinda turmushga chiqqan edi. Hayoti qanday kechayapti ?
- Qizimni baxti bor ekan, shunday yaxshi yigitga turmushga chiqdi. Kuyovim qizimni juda yaxshi ko‘radi, qo‘lini sovuq suvga urdirmaydi, og‘zidan nima chiqsa olib beradi, tillo uzuklar, taqinchoqlarni aytmay qo‘yaqolay, yaqinda moshina olib berdi. Har kuni ishdan qo‘lida gul bilan keladi. Hatto ertalablari qizimni uyqusini buzmaslik uchun sezdirmaygina ishga chiqib ketadi. Ikki yosh juda baxtli hayot kechirayapti. Qizim baxtini topdi, qizimni qadriga yetadigan kuyovimdan aylanay...
- Ha, juda yaxshida xursandman, baxtli bo‘lishsin.
Haa..aytgancha, o‘g‘lingizni ham yaqinda uylantirgan edingiz, keliningiz yaxshimikan ?
- Eeeh...so‘ramang, o‘g‘lim bechorani baxti kulmadi, yaxshi xotin chiqmadi kelinim. Ko‘ngillari u kishini har kuni birnima xohlaydi, dam tilla taqinchoqlar, dam moshina, dam yangi ko‘ylak. Yalqovligini aytmaysizmi, qo‘lini sovuq suvga urmaydi, hay hay demasa kuni bilan uxlaydi, hatto o‘g‘lim bechoraga ertalablari nonushta tayyorlagani ham turmaydi. Bechora o‘g‘limni topgan puli gulga ketyapdi, har kuni gul ko‘tarib keladi, koshki bu xotini shunga arzisa...
Bunaqa kelinni tezroq yo‘qotish payidaman, o‘g‘limni baxtsiz qildi yashamagur...

Bir xil odamlar haqida ikki xil fikr yoki .... xulosa sizdan...

@status_ibratli🕊
Tuproq bir kuni yomg‘ir qadrini anglaydi, ammo o'sha kuni yomg‘ir yog‘maydi. Insonlar beradigan mehr ham shunday...

@status_ibratli🕊
Hayot daftarida ko‘p xatolar qilmagilki, qalamdan oldin o‘chirg‘ich tugab qolmasin, tavbadan oldin hayoting.

© Naqshbandiy

@status_ibratli🕊
Ko‘ngillar o‘z egalarining uylaridir. Agar eshigini qoqmoqchi bo‘lsangiz ohista cherting.

© Ayman Yog‘iy

@status_ibratli🕊
​Allohning eng ulug‘ ne’matlaridan biri - shubxasiz sizni hamisha haqqa chaqirib turadigan do‘stingizdir.

@status_ibratli🕊
🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋

Yaqinlaringizni qiling ziyorat ,
O'qigan namozingiz bo'lsin ijobat.
Eng yaxshi ishingiz bo'lsin ibodat,
Hayit ayyomingiz bo'lsin muborak!

@status_ibratli🕊
Kanal adminining ikkinchi kanali, Amerikadagi hayotidan video va rasmlar, ma'lumotlar berib boriladi. Qiziqqan savollariz bo'lsa yozishiz mumkin.

A'zo boʻling👉 @Khojimurodoff_Abdullokh
Allohumma soli a'la sayiddina Muhammad📿
Axir sen ko‘rmayapsanmi, sherlar kamgap bo‘lsa-da ulardan qo‘rqishadi. Itlar esa baland ovozda akillaydi, ammo ularni toshlar bilan quvishadi.

Imom ash-Shofiy

@status_ibratli🕊
Kanalimiz yuritilmay qo'yilganiga ancha boʻldi. 27mingta obunachiga chiqqandi. 22mingta obunachidan ayrildik. Kanalimiz sodiq obunachilari hali ham bormi?
Anonymous Poll
87%
Ha, men!
13%
Yoʻq, kanal yoqmaydi!
“Vaqt o‘tyapti!” deymiz sal xazinlik bilan. Bu gapni inson o‘zini ovutish uchun o‘ylab topgan. Aslida biz o‘zimiz o‘tyapmiz…

© Asqad Muxtor

@status_ibratli🕊
Eshitishni bilish gapira olishga qaraganda ancha muhim. Agar bunday bo‘lmaganida Alloh ikki quloq va bitta og‘iz bermagan bo‘lar edi.

@status_ibratli🕊
Chiroyli iz qoldirmadingizmi, yomon iz ham qoldirmang. Yomonlik bilan tilga olingandan ko‘ra umuman esga olinmagan yaxshi.

@status_ibratli🕊
Oila tashvishlari odamga juda ko‘p afsus-nadomatlar yetkazishi mumkin, lekin oilasiz, yolg‘iz yashash - bu butunligicha pushaymonlikdir.

@status_ibratli🕊
Odamlar seni ochiqso‘zliging uchun yomon ko‘rishlari munofiqliging uchun yaxshi ko‘rishlaridan afzaldir.

@status_ibratli🕊
HTML Embed Code:
2024/06/08 16:31:26
Back to Top