TG Telegram Group Link
Channel: Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Back to Bottom
Ramazon vaqtida yuqori unumdorlik bilan ishlash.

Ko'pchilik dasturchilar Ramazon vaqtida unumdorlikni yo'qotib qo'yadi va kompyuter oldida ishlash doimgidan ko'ra biroz qiyinlashadi. Bu oy davomida kun tartibini to'g'ri taqsimlash juda muhim hisoblanadi. Kimgadir foydali bo'lishi mumkin dedim va o'zim uchun reja qilgan kun tartibini sizlar bilan ham bo'lishishga qaror qildim.

Saharlik qilib, bomdod namozini o'qigandan so'ng Qur'on va zikrlarga vaqt ajrating.

Erta tongdan - peshingacha eng muhim va qiyin vazifalarni bajarishga harakat qiling, chunki bu vaqtda quvvatingiz ko'proq bo'ladi va shu sababli ishlash osonlashadi. Osonroq va uncha fokus kerak bo'lmagan vazifalarni keyinroqqa olib qo'ying.

Peshinni o'qib bo'lib, qisqa tanaffus qiling va miyaga dam bering. Tanaffus vaqtlarini namoz vaqtlariga to'g'irlab olsangiz ham bo'ladi.

Iloji boricha Asrgacha barcha ishlarni tugatishga harakat qiling, chunki undan keyin nimadir qilishga harakat qilib o'zingizni qiynaganingiz qoladi holos. Uning o'rniga, oilangizga ovqat tayyorlashga yordam bering, iftorlik qiling va Shom namozini o'qing.

Keyin esa, Xufton va Tarovehga tayyorgarlik ko'ring. Bu vaqt davomida iloji boricha ko'proq ibodatda bo'lishga va og'zingiz ochiq paytida ko'proq suv ichishga harakat qiling.

Unutmang, eng unumdor vaqtingiz erta tongda bo'ladi. Bu vaqtni o'tkazib yubormaslik uchun ertaroq uxlashga harakat qiling. Shuningdek, jamoadoshlaringizga vaziyatingizni tushuntirib, kun tartibingiz haqida ularni xabardor qilib qo'yishni unutmang.

Barchamizga yana bir bor Ramazon oyi muborak bo'lsin.

@mabrur_dev
Next level of SQL injection😂
Siz qaysi turga kirasiz?
Forwarded from MJ
📢 Kompyuter komplekt holida sotilyapti.

CPU - Core i5-12400F
RAM - 32GB 3200 DDR4 Kingston Fury
GPU - RTX 3060 Ti 8GB
Case - DeepCool
SSD M2 512GB

Monitor:
MSI - 34" Optix MAG342CQR Curved Gaming Monitor, VA, 1mc, 144hz, UWQHD (3440x1440), HDMI+DP, RGB

Keyboard - Keychron K8 RGB + Bilak uchun podstavka
Mouse - 2E Gaming HyperDrive Pro WL RGB

Komplekt - 1200$

Kontaktlar:
+998 91 974 44 43
@JavlonbekRadjabov
Andijonliklar uchun xushxabar!

O’zimiznj yaqin akamiz shahar markazida Frontend dasturlashni o’rgatadigan o’quv markaz ochipti. 2-aprel hamma Andijonliklarni tekin masterclassga taklif qilishyapti.

Yig’ilib qolgan savollar bo’lsa ko’tarib borilar, tajribali dasturchidan tekinga maslahatlar olib kelasizlar😅

https://hottg.com/pixelschool_uz/15
Kanalimga monetizatsiya qo'shilib qolipti.

Telegram endi kanallarda ko'rsatgan reklamalardan tushgan foydani 50 foizini mualliflarga berarkan. Qiziq, 1 TON ishlash uchun qancha vaqt va post qo'yish kerak ekan😅

UPD: Telegram profilimga kanalimni qo'shgan edim, shu orqali ulanganga o'xshaydi.
#help
Assalomu alaykum, Iphoneimda o'zidan o'zi "mobile internet" ishlamay qoldi (sms va call qilishlar ishlayapti). Telefon modeli 14 pro, faqat e-sim support qiladi.

Olganimga 1 yildan oshdi, muammosiz ishlatib yurgandim, 1 hafta oldin shunaqa muammo paydo bo'lib qoldi. Sim kartami olgan operatorlariga telefon qilib ko'rdim, tekshirib ketib biz tomondan muammo yo'q deyishdi. Boshqa operatorlarni sim kartalarniyam ishlatib ko'rdim, ularam ishlamayapti.
Hozirgacha e-simni qaytadan ustanovka qilib ko'rdim, reset network settings qilib ko'rdim, network statisticsni reset qilib ko'rdim foydasi bo'lmadi. Hali Iphoneni to'liq reset qilib ko'rmadim.

Kimdadir shunaqa muammo bo'lganmi yoki yaxshi tushunadigan tanish ustalarni kontakti bormi?

UPD: Ba'zida 5G yoki LTE o'chib-yonib turipti, lekin internet ishlamayapti
Bizni ishsiz qoldiradigan Devinni ko’rganlar bormi?
O’zim ko’p shaxsiy loyihalar qilib turaman va deyarli har doim dizaynga ishim tushadi 🙂. Lekin bu bo’yicha o’zbekchada kurslar borligini bilmagandim.

Jaloliddinni ancha yildan beri bilaman. Kamida 3 ta kompaniyada birga ishladik 😆 — Dizipro, iTechArt va FireArt.

Polshada ham ko’p gaplashib turamiz. Shunda u kurs chiqarish bo’yicha fikrlarini aytgandi. Kecha shu kursni chiqaribdi. Menga eng ko’p yoqqan jihati bu — Bonus darslarda ekspertlar bilan intervyular qilgani! Ular bilan intervyu qila olgani va foydali video qilgani juda ajoyib 💪

Mayli, qolganini o’zingiz kurs websaytidan o’qing. Dizaynerlarga sotib olishni maslahat qilardim ))

Kurs haqida batafsil
Yangilangan metsenatni kutib oling

Metsenat loyihasi haqida eshitganmisiz? Metsenat bu – ehtiyojmand o'quvchilar va ularga homiylik qilishga tayyor kompaniya hamda insonlarni bog'laydigan loyiha hisoblanadi.

Ammo, bir qancha sabablarga ko'ra loyiha to'xtab turgan edi. Endi esa loyiha qulayroq va yanada foydaliroq holatda ish faoliyatini boshladi, endi siz hujjatlaringizni nafaqat metsenat.uz saytidan, balki Metsenat ilovasi orqali ham topshirishingiz mumkin!

Obuna boʻling 👉 @MetsenatUz | Ilova | Sayt
HTML Embed Code:
2024/05/08 05:12:20
Back to Top