TG Telegram Group Link
Channel: Laziz Hamidov
Back to Bottom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagram sahifam uchun sun’iy intellekt haqida foydali bir kontent tayyorladik, bir ko’ring, kerak bo’lib qolishi mumkin.

@lazizhamidov
Meni mulohazaga tortadigan parchalardan siz bilan ham o’rtoqlashay:

Pivovarov hindistonlik milliarderdan so’rayapti, Hindistonda boylar va qashshoqlar o’rtasidagi tafovutga qanday qaraysiz, deb, milliarder aytyaptiki, barcha qashshoq insonlarda ijtimoiy qatlamlardan ko’tarilishga bo’lgan ishtiyoq baland bo’ladi, bu tabiiy holat, barcha joyda shunday.

Lekin bizda revolyutsiya hecham sodir bo’lmaydi, nega, chunki birinchi navbatda hindistonliklarni falsafasida “taqdir”, “peshona” degan tushunchalar bor, insonlar bu hayot bir necha(keyingi) hayotlaridan biri ekanligi, albatta qayta tug’ilishlari va hayot charxpalagi qayta boshlanishiga ishonadi, shuning uchun insonlarda hamma narsaga tez va hozir ega bo’lishga intilish yo’q, odamlar ishonadi, keyingi hayotida hammasi yaxshiroq bo’lishiga. Shuning uchun mamlakatda juda ko’p qashshoqlar bo’lishiga qaramay bizda hech qachon revolyutsiya bo’lmaydi. Qashshoq hududlarda jinoyat darajasi ham juda past darajada, boshqa mamlakatlarga solishtirganda.

Pivovarov yana so’rayapti, bularni barchasi din, e’tiqod sababmi, ha, urf-odat, madaniyat, din sabab.

Pivovarov: Omadingiz bor ekan (Вам повезло)

O’zimdan: menga bu milliarderni mamlakatda qashshoq va boylarni o’rtasidagi tafovut haqidagi savolga javobidan so’ng yuz ifodasi yoqdi, o’ziyam o’ziga qoyil qolib ketti, bergan javobiga.

@lazizhamidov
ChatGPT aytyapti, rostmi-yolg’onmi, o’zingiz factchecking qilib olasiz. Haligi, aniq javobni ham bilarsiz balki…

@lazizhamidov
Yuqoridagi Britaniya imperiyasi haqidagi mavzuni davomi sifatida (qiziq ekanda):

Aytyaptiki, mana Gretsiyani mustaqil bo’lganiga 200 yildan oshgan bo’lsa, Gretsiya haligacha Britaniyadan Parfenondan o’g’irlangan haykallarni qaytarishni talab qilib kelmoqda.

Britaniya doim buni qonunchilikka bog’laydi, ya’ni, Britaniya muzeyidagi eksponatlar muzeydan chiqarilishi qat’iy man qilinadi, degan ma’noda. Ya’ni rad javobini beradi. Bir safar Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Cameron agar Britaniya muzeyidagi artefactlarni egalariga qaytarish praktikasini qo’llasak, muzeyda hech narsa qolmaydi, degan ekan.

Pivovarov yana aytyapti, Britaniya muzeyi kuratorlari bilan gaplashganimda, so’nggi yillarda bu mavzu juda og’riqli bo’lib bormoqda, Gretsiya rahbari Britaniyaga tashrif buyurganida ham shu mavzuni kun tartibiga chiqaryapti, biz o’ylaymiz, shu o’n yillik oxiriga borib Parfenondan yulib kelingan haykallar Gretsiyaga qaytarilishi mumkin. Sababi bu o’g’rilik va qaroqchilikni yaqqol misolidek ko’rinadi ba’zan, deb.

Aytgancha, menam bir adashib shu muzeyga borib qolganman, joyi kelganda maqtanib ketay)

@lazizhamidov
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkastining navbatdagi soni e’lon qilindi:

📹 https://youtu.be/VLUtcngSIDo

Ushbu son mehmoni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2010-2017-yillardagi rahbari Bahodir G‘aniyev bo‘ldi.

Bahodir aka bilan “Kamolot” davri, deputatlik saylovidagi o‘yinlar, ta’lim tizimi, davlat ishidagi stresslar, elitar va maishiy korrupsiya, to‘ylardagi isrofgarchilik, Lavrovning hurmatsizlik qilgani, bolalar tarbiyasidagi og‘riqli muammolar va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/VLUtcngSIDo


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ha, qilish kerak bo’lgan ishlar, buni ustiga shuncha yoshlar shu yo’nalishga qiziqayotgan bo’lsa bu nur ustiga a’lo nur. Faqat men o’zimdan qo’shadiganim, bu yoshlarni barchasini qilayotgan ishlarini sun’iy intellekt bilan uyg’unlashtirib qilish kerak, deb o’ylayman.

Personajlarni yaratish, bo’yash, harakatlantirish, ssenariylar yozish, buni barchasiga sun’iy intellekt kirib kelib bo’ldi, yoshlar shuni mahkam ushlashlari kerak, bu qo’shimcha yordam, kelajak shu bilan. Umuman olganda zo’r, omad 👍🏼


@lazizhamidov
Kim jamoadan orta qolib ketsa, shunaqa surib jamoaga qo’shib qo’yisharkan, zo’rakan 😅

@lazizhamidov
Yo’l bo’yidagi Pullik avtoturargohlarni birinchi marta ishlatib ko’rdim, soati 12 000 so’m ekan, bu markazdagi, boshqa joyda narhlar o’zgarsa kerak. Nazoratchi yuribdi tekshirib, to’lamaganlarga bildirishnoma yozib.

10 soatga qo’ysam ham soati 12 000dan bo’ladimi, desam, ha, deydi. Buni o’ylab ko’rish kerak, qancha ko’p tursa shuncha arzonroq bo’lishi kerak, o’zi 12 000 ham arzon emas, 1$ degani, Toshkent Yevropadan ham (nisbatda) qimmate)

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba Fest'da biz ham ishtirok etdik, talabalar bilan tanishdik, ularni imkoniyat, qiziqishlari haqida suhbatlashdik.

“TalabaFest–2025” nafaqat yoshlar bilan uchrashuv maydoni, balki kelajak hamkorlar bilan tanishuv imkoniyati bo‘ldi.

Grafik dizayn sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor sifatida shuni aytishim mumkinki, bu kabi tadbirlar - ijodiy salohiyatni ko‘rsatish, bilim almashish va eng muhimi, yangi iste’dodlarni kashf qilish uchun ajoyib maydon bo’la oladi.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Yo’l bo’yidagi Pullik avtoturargohlarni birinchi marta ishlatib ko’rdim, soati 12 000 so’m ekan, bu markazdagi, boshqa joyda narhlar o’zgarsa kerak. Nazoratchi yuribdi tekshirib, to’lamaganlarga bildirishnoma yozib. 10 soatga qo’ysam ham soati 12 000dan bo’ladimi…
Aytgancha, mana bu masala bo’yicha, chiqsam, qog’oz yopishtirib ketishibdi. Soat 12:50 holati bo’yicha to’lov qilinmagan, deb topishibdi. Lekin mobil dastur ko’rsatishi bo’yicha 12:18dan 13:18ga qadar to’lov qilganman. 12:50 holati bo’yicha to’lov vaqti faol bo’lgan. Qo’ng’iroq qilib aytdim, o’rganib chiqamiz, deyishdi. Shunaqa gaplar, o’zimcha endi shunaqa yangi narsalarga qiziqib yuribmanda 😅

@lazizhamidov
Biz sal keyin tug’ilgan avlod ekanmiz, kombain g’allani o’rib ketgach, undan qolgan somonlarni yig’gani chiqardik, qoplarga bosib, olib kelib suvga uyitib, molga berardik. Boshoq termasdik. Nonga esa navbatga turar edik do’konda, haltaga 5-6ta “bosib” opkelardik ))

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Uzum va Centrum Air: parvoz paytida kichkintoylarga g‘amxo‘rlik!

💜 Iyun oyida aviakompaniya samolyotlarida bolalar to‘plamlari paydo bo‘ladi, bu ota-onalarga parvozlar paytida kichkintoylarning ko‘nglini ko‘tarishni osonlashtiradi.

🧸 To‘plamlar qalamlar bilan rasm bo‘yash kitobchasini, shuningdek, rebuslar va topishmoqlardan iborat komiksni o‘z ichiga oladi, ularni yechganliklari uchun bolalarga xotira sifatida Centrik qushcha-brelokni olishlari mumkin.

🎈To‘plam Centrum Air aviakompaniyasining bort kuzatuvchilari tomonidan barcha reyslarida bolalarga beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi kunlarda Birlashgan Arab Amirliklariga terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida borgan yuzlab yurtdoshlarimizning kiritilmayotganligi va aeroport hududida ushlab o‘tirgani bilan bog‘liq murojaatlari keng muhokama qilinmoqda.

Afsuski, ushbu vaziyatda hatto rasmiy akkreditatsiyaga ega bo‘lgan sport sharhlovchimiz Hasan Turdialiyev ham kiritilmagani sababli Toshkentga qaytib kelibdi. Futbolni siyosiylashtirib yuborishdi. To‘g‘risi, bu juda ham xunuk manzara.

@lazizhamidov
Xalq buyuk ijodkor :) #

@lazizhamidov
Yana bir xalq ijodi :)

@lazizhamidov
HTML Embed Code:
2025/06/29 13:20:56
Back to Top