Taxminan bir yarim yil avval Italiyada (Rimda) avtomobil ijarasi bo‘yicha alamli holatga duch kelgan edim. Garchi onlayn tarzda bron qilib, to‘lovni oldindan amalga oshirgan bo‘lsam-da, o‘zbekistonlik ekanligimni bilib, menga avtomobil ijaraga berilmagan edi. Juda alam qilgan edi.
Yaqinda Yevropada yashayotgan bir do‘stimiz Italiyada O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan xuddi shunday munosabat hanuz davom etayotgani haqida yozgan edi. Bugun esa mana bu yuqoridagi video internetda tarqalmoqda.
Men o‘ylayman, Tashqi ishlar vazirligi, hamda shu sohaga mas’ul tashkilotlar o‘z targ‘ibot ishlarini qayta ko‘rib chiqishlari yoki kuchaytirishlari lozim. Balki hammaga aytarmiz, bunday qilish mumkin emas, buni salbiy ta’siri nafaqat ularni balki boshqa o‘zbekistonliklarni ham gardaniga tushmoqda, deb. Uyat.
@lazizhamidov
>>Click here to continue<<