TG Telegram Group Link
Channel: Andijon | Kun.uz
Back to Bottom
Forwarded from Beeline Uzbekistan
Reklama

"Konstruktor" tarifi by yanada ko'proq internet imkoniyatlari, yanada ko'proq chegirmalar! Telegram, WhatsApp va Viber messenjerlari uchun internet-paketlarni ulang.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

👉 https://kun.uz/uz/95410539

➡️ Andijon xabarlari
Uzcard va Humo yil oxirigacha integratsiya qilinadi

Humo kartalaridan Uzcard bankomatlari orqali va aksincha tarzda naqd pul yechib olish imkoniyati may oyigacha ishga tushishi kerak. Yil oxirigacha esa barcha terminallar har ikkala karta turini ham qabul qiladigan bo‘ladi. Bu – prezident qarorida belgilandi.

Shuningdek, Toshkentda huquqiy eksperiment o‘tkaziladi: virtual kassa o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pul yechish mumkin bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/uz/28505633

➡️ Andijon xabarlari
Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanib, 26 martgacha davom etadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18 mart (shanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 27 mart sanasidan boshlanadi.

👉 https://kun.uz/uz/63453699

➡️ Andijon xabarlari
O‘zbekistondagi eng baland tarixiy minoralar

O‘zbekistonda balandligi 20 metrdan yuqoriroq bo‘lgan tarixiy minoralar soni 10 ta.

Ulardan 6 tasi Xiva, 2 tasi Buxoro va qoganlari Andijon hamda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan.

➡️ Andijon xabarlari
Andijonning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 11-12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahrida sel xavfi e'lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/92700976

➡️ Andijon xabarlari
Referendum – 30-aprelda

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qilish bo‘yicha referendum 30-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi.

Palata konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha majlisini davom ettirmoqda. Majlis jonli efirga uzatilyapti.

➡️ Andijon xabarlari
😁😁😁😁😁
Tez, arzon va ishonchli uy qidirishning yangi platformasi

Tezelonda barchasi oson va tez:

-Maklerlarsiz uy harid qilish ;
-Uydan chiqish shart emas barchasi telegram orqali ;
- 2000 dan ortiq yangi va eski uylar qulay narxlarda ;
- Uyingizni tez fursatlarda sotish;
- Smart telegram bot orqali oson e'lon joylash.

Tezelon_uyO'zbekistondagi uylar savdosi bo'yicha eng katta bazaga ega platforma

🔍 Uylarni ko'rish

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakshanba kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Bugun mamlakat hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni +25...+28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +30 darajagacha ko‘tariladi.

👉 https://kun.uz/uz/29536677

➡️ Andijon xabarlari
#Futbol
#Andijon

🏆 | Superliga 2023
2-tur
⚽️ | Surxon - Andijon
📆 | 11.03.2023
⌚️ | 17:00
📺 | Dunyo bo‘ylab | Jonli efir
📍 | Toshkent
🏟 | Paxtakor markaziy stadioni

➡️ Andijon xabarlari
Bir kishi ikki muddatdan ortiq ishlashi taqiqlanadigan lavozimlar ro‘yxati tuzildi

Konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasida davlat hokimiyatining bir qator lavozimlarida bir shaxsning surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid qoida kiritilmoqda.

Bular:

🔹Qonunchilik palatasi spikeri;
🔹Senat raisi;
🔹Prezident (amaldagi Konstitutsiyada ham belgilangan);
🔹Viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari kengashining raisi;
🔹Hokimlar;
🔹Oliy sudning raisi va rais o‘rinbosari;
🔹Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o‘rinbosari;
🔹Markaziy saylov komissiyasi raisi;
🔹Bosh prokuror.

▶️ Andijon xabarlari
Andijonda qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.S., O.P. va boshqalar 20 dona 200 ming va 160 dona 100 ming so‘mlik jami 20 mln so‘m qalbaki kupyuralarni fuqaro X.Sh.ga 7 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 6 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ushbu qalbaki pullarni manbasini aniqlash maqsadida tadbir davom ettirilib, S.B.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yana 75 dona 100 ming va 20 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyura va ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

▶️ Andijon xabarlari
Maktab o‘quvchilari yakuniy imtihonida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

May va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 25-mayga qadar davom etadi.

👉 https://kun.uz/uz/40775718

▶️ Andijon xabarlari
Yangi konstitutsiya, Uzcard-Humo integratsiyasi va zulm stereotipi - hafta dayjesti

O‘zbekistonda konstitutsiyaning yangi tahriri yozib tugatildi. Bankomatlar va terminallar Uzcard va Humo'ni ajratmaydigan bo‘ladi. O‘smir qizlarning katta qismi ovqat tagiga olgani uchun eridan kaltak yeyishni normal holat deb biladi. O‘tgan haftaning asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHEKSIZ TRAFIKKA NIMA YETSIN!

«Doimiy» yangi tariflar tizimiga ulaning va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:
Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, hatto YouTubeʼdan ham cheksiz foydalanish;
O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar.

Shuningdek:
Hisobda mablag' qolmasa ham aloqa xizmatlari ishlaydi;
Tarif bo‘yicha ishlatilmagan MB hamda SMSlar «kuymaydi» va navbatdagi oyga o‘tkazib beriladi.

Tarifga o‘tish👉 *120#

Cheksiz trafik va qulay shartlarga ega tariflar imkoniyatini birinchilar qatorida sinab ko‘ring!

Batafsil: www.ucell.uz/b

Reklama
Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotgani sababli Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ularni ogohlantirmoqda.

"Murojaatlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan", deyiladi murojaatda.

▶️ Andijon xabarlari
Andijon Navro‘z bayramini Uzum Market bilan kutib ol!

📢 17-mart kuni Andijon aholisini Navro‘z bayramini Uzum Market bilan birga nishonlashga Madaniyat va ma'rifat ekoparkiga taklif etamiz.

🎉 Sizni sovrinli tanlovlar va har bir mehmon uchun kafolatlangan sovg‘alar bilan qizg‘in bayram dasturi kutmoqda.

🎤 Tadbirimizning ritm va ajoyib kayfiyat bag‘ishlovchi maxsus mehmoni — DJ KING MACARELLA!

📆 Bo‘lib o‘tish kuni: 17-mart
🕟 Tadbir boshlanishi: 16:00da
📍 Manzil: Andijon shahridagi Madaniyat va ma'rifat ekoparki.

Reklama
Asaka tumani sobiq hokimiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining 2023 yil 27 yanvardagi hukmi bilan Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

👉 https://kun.uz/uz/02218501

▶️ Andijon xabarlari
❤️Cheksiz Telegram va sevimli ijtimoiy tarmoqlar!

Endi atigi 50 000 so‘m evaziga “Doimiy 50” tarifiga ulanishda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebookdan cheksiz foydalanish;
O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
🌐 20 GB internet-trafik.
Bundan tashqari, GBlar “kuymaydi” va navbatdagi oyga o‘tkazib beriladi.

Cheksiz trafik va qulay shartlarga ega tariflar imkoniyatini birinchilar qatorida sinab ko‘ring!

Tarifga o‘tish: 👉 *120#
Batafsil: www.ucell.uz/b

Reklama
6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTHda yo‘l qurilish tashkiloti rahbari ayblanmoqda. Ish sudda ko‘riladi

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida avtobus va ISUZU yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgandi. Tergov davomida qurilish tashkiloti yo‘l belgilarini o‘rnatishda belgilangan tartib me’yorlarini buzgani aniqlangan.

👉 https://kun.uz/uz/91429282

▶️ Andijon xabarlari
HTML Embed Code:
2024/05/17 15:45:56
Back to Top