TG Telegram Group Link
Channel: Kun.uz | Rasmiy kanal
Back to Bottom
«Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini kafolatlaydi» – Prezident

Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta’minlanishini o‘z zimmasiga olmoqda.

👉 https://kun.uz/70676182

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rafahda qochqinlar lageriga aviazarba, boykotning oqibatlari va G‘arb tomonidan ogohlantirilgan BAA - kun dayjesti

O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/52856892

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston AQSh va Britaniya bilan o‘ta muhim xomashyo sohasida strategik bitim imzolaydi

Davlat rahbari strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etdi.

👉 https://kun.uz/85616917

Kun.uz rasmiy kanali
«Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSh». Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi

Saudiya Arabistonida Butunjahon iqtisodiy forumining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda juda ko‘p masalalar muhokama qilindi va ko‘pchilikning e’tibori G‘azodagi urush muhokamasiga qaratildi. Saudiyadagi forumning asosiy mehmoni – urush boshlanganidan buyon Yaqin Sharq bo‘ylab yettinchi turnesini o‘tkazgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/35609816

Kun.uz rasmiy kanali
Yaponiya va Turkiya O‘zbekistonda pulli yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi

Yaponiyaning Sojitz hamda Turkiyaning Rönesans kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

👉 https://kun.uz/71684840

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi

Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llangan.

👉 https://kun.uz/91357888

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda yil boshidan beri inflatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.

👉 https://kun.uz/61794572

Kun.uz rasmiy kanali
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi

Dam olish maskanidan qaytayotgan bir necha yigit Traverse mashinasini boshqarib kelib, YPX inspektorlari oldida to‘xtagan va sirena chalgan. Inspektorlar esa “sizga mumkin” deganday shunchaki kulib qo‘ya qolishgan.

👉 https://kun.uz/09066607

Kun.uz rasmiy kanali
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi

Javobgar tomon – aka-uka Jo‘rayevlarning ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilgan.

👉 https://kun.uz/08222238

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani urib yubordi

Holat Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida “Manas” dostonini ijro etishga jamlangan o‘quvchilar bilan sodir bo‘lgan. O‘quvchilardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.

👉 https://kun.uz/85659701

Kun.uz rasmiy kanali
Abdulla Aripov Qambarota GESi haqida: “Bu O‘zbekiston uchun strategik loyiha”

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokida Qirg‘izistonda quriladigan 1860 megavattlik Qambarota GESi qiymati 2,9 mlrd dollarni tashkil etadi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining Qirg‘iziston ehtiyojidan ortgan qismini O‘zbekiston va Qozog‘iston kafolatli sotib oladi. Bu haqda Toshkent investforumidagi nutqida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/91979586

Kun.uz rasmiy kanali
Bog‘chalarda ota-onalar to‘lovi oshgani yuzasidan izoh berildi

Maktabgacha ta’lim agentligi vakilining ma’lum qilishicha, 2021 yilda ota-onalarning bog‘cha to‘lovlari bolalarning ovqatlanish xarajatlarini 60 foizga qoplagan, o‘tgan 3 yil ichida esa oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi oshishi hisobiga bu ko‘rsatkich 35 foizga tushib qolgan.

👉 https://kun.uz/40930756

Kun.uz rasmiy kanali
Angliyalik ta'lim maslahatchisi, mutaxassis Roy Andersenning «O'qituvchi, ota-ona, farzand» kitobi endi sotuvda!

Muallif kitobda "Ta'limdan ko'zlangan maqsadlarga erishilmaslik sabablari nimada?", "Qanday qilib fanlarni yaxshiroq o'zlashtiradilar?", "Sun'iy intellekt rivojlanayotgan davrda yoshlar o'z o'rinlarini topishlari nechog'lik muhim?" kabi savollariga javob izlaydi. Ushbu so'roqlar har bir millat, xususan, o'zbek ota-onasi va o'qituvchisiga ham dolzarbdir.

Narxi: 36 000

Buyurtma berish:
@bookuzbot  / +998712300050

📚@bookuzbekistan

Reklama
Frontdagi keksa ko‘ngillilar va Moskvada harbiy o‘ljalar ko‘rgazmasi. Urush suratlari

Urushning 798-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

📸👉 https://kun.uz/71975889

Kun.uz rasmiy kanali
9 mlndan oshiq uy tashlab ketilgan – nega Yaponiyadagi har 8 uydan birida hech kim yashamaydi?

Mamlakatda barcha uylarning 14 foizida hech kim yashamaydi. Bo‘sh uylar “Akiya” deb ataladi. Bu uylarning har biriga 3 kishidan joylashtirilsa, butun Avstraliya aholisini uy bilan ta’minlash mumkin.

👉 https://kun.uz/06260056

Kun.uz rasmiy kanali
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim – o‘zga elda yolg‘iz qolib ketgan odam (Hayotiy hikoya)

Pul masalasida muammo yo‘q, meni qiynayotgan holat yolg‘iz qolganim. O‘zbekistonda qolib ketgan qizim turmushga chiqqan, hozir farzandlari bor. U boshqa birovni ota deb ulg‘aydi. Ukrainadagi o‘g‘lim ham 16 yoshga kirdi, u ham meni umuman tanimaydi. Hozir huvullagan kvartirada bir o‘zim yashayman. Sog‘ligimda muammo yo‘q, biroq issiq jon, bilib bo‘lmaydi. Bexosdan o‘lib qolishdan qo‘rqaman.

👉 https://kun.uz/10749681

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda sovuq qutili aravalarda sotilayotgan muzqaymoqlar bo‘yicha reyd o‘tkazildi

Sanepidqo‘m Toshkent shahar boshqarmasi ko‘chalarda g‘ildirakli aravalarda muzqaymoqlar sotilishida sanitariya talablariga rioya etilishi holati yuzasidan reyd o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/34814841

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi noyob Usmon mus'hafi restavratsiya qilinadi

Xalqaro mutaxassislar jamoasi dunyodagi eng qadimiy Qur’on qo‘lyozmasi – Usmon mus’haf (Toshkent Qur’oni)ni restavratsiya qiladi. Loyihani prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva qo‘llab-quvvatlamoqda.

👉 https://kun.uz/85254286

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar

Toshkentda ish boshlagan xalqaro investitsiya forumi, sudda yopiq tarzda ko‘riladigan Jo‘rayevlar ishi, pulli yo‘l qurmoqchi bo‘layotgan xorijiy kompaniyalar, 100 mln so‘m jarimadan qochib yurgan avtomobil - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing.

👉 https://kun.uz/50720334

Kun.uz rasmiy kanali
«Nega doim Ukraina yon berishi kerak?» Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi

Ukraina TIV rahbari «tajovuzkorni tinchlantirish» siyosati yanada kattaroq urushga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/96226045

Kun.uz rasmiy kanali
HTML Embed Code:
2024/05/03 01:07:32
Back to Top