Vatan haqidagi rep
O‘zbekistonda Konsta degan reper bor. Hali rivojlanmagan o‘zbek repidagi men uchun eng zo‘ri hisoblanadi. U shu paytgacha ko‘p treklar chiqargan, eng oxirgi albomi — «Alhimik». Albomdagi Jinnixona, Santa, Chekish o‘ldiradi treklari — top. Lekin gap bular haqida emas.
Konstani tashrif qog‘oziga aylangan qo‘shiq bor — Gulim. Qo‘shiqni quyida qoldiraman. Ko‘pchilik buni sevgi haqida deb o‘ylaydi, ammo bu unday emas. Gulim Vatan haqida, to‘g‘rirog‘i Konstaning Vatani Sirdaryo haqida. Tushunishim bo‘yicha, u Rossiyada ishlab yurgan paytlarida yozgan bu repni. Taxminan 2014-2015-yillar. Karimov davri. Gulim deb Sirdaryoni (O‘zbekistonni) nazarda tutgan. Uni so‘zlariga e’tibor bersak ham shunday ma’no kelib chiqadi.
(Kupletlashda xato bo‘lgan bo‘lishi mumkin)
«Yaxshi bo‘lsang ham mayli, bariga chidardim,
Ko‘tarmasdim ovozim yaxshi deganida kimsa
Kerakmaskansan hech kimga, ishonma, keragimsan.
O‘zing maskansan, o‘zi uy, seni oldingda tanim,
Tinchlik topolarkan, demak seni olding Vatanim.
Atrofindagi hamma kulib, ketmoqchilar yulib,
Men yo‘l qo‘ymiman ularga, yo‘l qo‘ymiman gulim»
Yuqoridagi jumlalardan trek sevgi-muhabbat haqida emasligini taxmin qilish mumkin. Ammo bu qo‘shiqda menga eng yoqqani birinchi Prezident Karimovga atalgan joyi. Uni quyida keltiraman:
«Qanday bog‘bonman axir, bir gulimga yaramasam?
Endi ona vatanga tanga tashib charchadim, dangal,
Changa botib ter to‘kaman, lek hamon dangasaman otangga»
Xullas, trek Vatan haqida aytilib, unda muammolar yashirib, oz bo‘lsada ko‘tarib chiqilgan. Kamiga, u payt bunday qo‘shiq aytish xavfli bo‘lgan. Axir eslang, Yulduz Usmonovaning Vatan haqidagi balandparvoz so‘zlardan iborat qo‘shig‘i yangrardi har qayerda. Shu sababli ham bu men uchun o‘zbek repidagi eng yaxshi trek.
Muallifni boshqa eshitsa bo‘ladigan qo‘shiqlari ham bor. Masalan, tepada aytilgan Jinnixona, Santa, Chekish o‘ldiradi. Bundan tashqari, Qutqar, Baribir, Alohida, Bir umr, Yengilma tur treklari ham tavsiya qillinadi.
@kasymovsdaily
>>Click here to continue<<
