TG Telegram Group Link
Channel: Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi
Back to Bottom
Forwarded from Uzbekistan Airways
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bundan roppa-rosa yuz yil muqaddam O‘zbekiston osmonga ilk qadamlarini qo‘ydi!

1924-yil 12-mayda “Junkers R-13” havo kemasida Toshkent – Pishpek – Olmaota yoʻnalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi aviaqatnovi amalga oshirildi. Ushbu voqea O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi rivojlanishining boshlanishi bo‘ldi.

O‘z hayotini osmonsiz tasavvur qila olmaydigan barchani ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz. Biz faxriylarga, aviatsiya sohasining rivojlanishida boshida turgan, yangi turdagi havo kemalarini o'zlashtirgan, aeroportlar, uchish-qo'nish yo'laklarini qurgan, navigatsiya tizimini yo‘lga qo‘yilishini ta'minlagan va aviatorlarning yangi avlodiga ishongan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🇷🇺Ровно сто лет назад Узбекистан совершил первые шаги в небо!

12 мая 1924 года был выполнен первый пассажирский рейс по маршруту Ташкент – Пишпек – Алма-Ата на самолете «Юнкерc P-13». Это событие ознаменовало собой начало развития гражданской авиации в Узбекистане.

Поздравляем со знаменательной датой всех, кто не может представить свою жизнь без неба. Выражаем слова благодарности ветеранам, всем, кто стоял у истоков, осваивал новые типы воздушных судов, строил аэропорты, взлетно-посадочные полосы, обеспечивал наладку навигационной системы и верил в новое поколение авиаторов.

#uzbekistanairways
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat.

Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;

yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash;

yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish;

yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash;

magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;

magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.
Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Qarshi shahrida BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi bajarilishining monitoringi amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi
Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Qarshi shahrida BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi bajarilishining monitoringi amalga oshirildi.
2024-yil 15-may kuni Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Ijtimoiy inspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, О‘ZNNTMA Qashqadaryo viloyati xududiy bо‘linmasi, О‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasining Qashqadaryo viloyatidagi hududiy bо‘limi hamda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlaridan iborat “Nogironligi bо‘lgan shaxslar uchun tо‘siqsiz muhitni yaratish holatini monitoring” qilish bо‘yicha ishchi guruhi tomonidan Qarshi temir yo‘l vokzalida, jamoat transporti yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobuslar hamda oraliq avtobus bekatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat transporti yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobuslardan foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda oraliq avtobus bekatlarida mavjud muammolar, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning Qarshi temir yo‘l vokzali kirish-chiqish yo‘laklari, vokzal hududida harakatlanishi hamda temir yo‘l kassalaridan foydalanishi bo‘yicha mavjud holat ko‘zdan kechirildi.
Bugun Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da ishtirok etishdi.
О‘quv soati davomida:
-О‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti
-Videolavha namoyishi: "Biz uchun muhim"
-“Bir chimdim ma’naviyat” rukni
-“Mahalladan gapiramiz” rukni namoyish etildi.
Transport vazirligining kadrlar siyosatiga asosan kadrlar kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarish maqsadida Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlarining bilim va malakasini baholash yuzasidan maxsus test sinovi o‘tkazildi.
Maxsus test sinovi jarayoni Transport vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida olib borildi.
Shuningdek, maxsus test sinovidan Transport boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Transport nazorati inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limlari xodimlari bilim va malakasi baholandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ATTO mobil ilovasi orqali shaharlararo qatnovchi avtobuslarga onlayn chiptalarni tez va oson xarid qiling

Buning uchun:

"ATTO" mobil ilovasining "Chiptalar" bo'limiga o'tib, avtobus belgisini tanlang.

Bormoqchi bo'lgan A va B manzilingizni va kunini belgilaysiz (avtobus chiptasining narxi, manzildan harakatlanish vaqti hamda bo'sh joylar haqida batafsil ma'lumot paydo bo'ladi).

Yo'lovchi sifatida shaxsingiz va telefon raqamingizni ro'yxatdan o'tkazib, to'lovni amalga oshirasiz va onlayn chiptaga ega bo'lasiz.

Покупайте онлайн-билеты на междугородние автобусы быстро и просто через мобильное приложение ATTO

Для этого:

Зайдите в раздел "Билеты" мобильного приложения "ATTO" и выберите значок автобуса.

Вы выбираете пункты назначения А и Б, в которые хотите поехать, и день. (появится подробная информация о стоимости билета на автобус, времени отправления из пункта назначения и наличии мест) .

Будучи пассажиром, вы регистрируете свою личность и номер телефона, оплачиваете и получаете онлайн-билет.
2024-yil 26-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi avtobuslar harakati grafigiga oid murojaatga munosabat.

Prezidentimizning 2023-yil 24-25-oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayonining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika byudjetidan 105 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ evaziga Qarshi shahridagi 6 ta markaziy ko‘chalar (Islom Karimov, Mustaqillik, Nasaf, Alisher Navoiy, Amir Temur, Xonobod yo‘li) yo‘llari asfalt qoplamasi, yo‘l belgilari va yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqlar yangilanishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar berilgan edi.
Hozirda Qarshi shahrining bir nechta ko‘chalarida bu borada ishlar boshlab yuborilganligiga shahrimiz aholisi guvoh bo‘lmoqda.
Qurilish-rekontruksiya ishlari olib borilayotgan ayrim ko‘chalarda transportlar harakati cheklanib, vaqtincha yopilayotganligi sababli shaharning bir qancha nuqtalarida transportlar tirbandliklarining yuzaga kelayotganligi oqibatida shahar jamoat transporti qatnovidagi avtobuslar harakat jadvalida sezilarli o‘zgarishlar va kechikishlar kuzatilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shahar aholisi va shahrimiz mehmonlaridan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu holatlar bartaraf etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.
🇺🇿Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi: bizning yangi yo‘nalishimiz!

Qarshidan Sankt-Peterburgga aviaqatnovlar 24-iyundan dushanba kunlari amalga oshiriladi, aviachiptalar allaqachon sotuvda. Parvozlarning bir tomonlama narxi 2 072 000 so'mdan, Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 727 000 so‘mdan boshlanadi.

🛫Qarshidan jo‘nab ketish soat 09:35, Qarshi vaqti bilan;
🛬Sankt-Peterburgga yetib borish soat 12:50, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
🛫Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish soat 14:20, Sankt-Peterburg vaqti bilan;
🛬Qarshiga yetib borish soat 21:05, Qarshi vaqti bilan.

🇷🇺Карши – Санкт-Петербург – Карши: наше новое направление!

Рейсы из Карши в Санкт-Петербург будут выполняться с 24 июня по понедельникам, авиабилеты уже в продаже. Их стоимость в одну сторону: от 2 072 000 сумов, а по маршруту Карши – Санкт-Петербург – Карши: от 3 727 000 сум.

🛫Вылет из Карши в 09:35, время по Карши;
🛬Прилет в Санкт-Петербург в 12:50, время по Санкт-Петербургу;
🛫Вылет из Санкт-Петербурга в 14:20, время по Санкт-Петербургу;
🛬Прилет в Карши в 21:05, время по Карши.

#uzbekistanairways
HTML Embed Code:
2024/06/07 14:03:08
Back to Top