TG Telegram Group Link
Channel: Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
Back to Bottom
Sanitariya-targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Sanitariya - epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahallabay ishlar doirasida aholi o'rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida sanitariya-targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

Mutaxassislar tomonidan tumandagi Shakarjo'y, Xo'ja Kasbi, Xo'jaxayron, Komilon kabi mahallalarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida mutaxassislar tomonidan aholi xonadonlarida, maktabgacha va maktab ta'limi muassasalarida, korxona va tashkilotlarda gepatit, qizamiq va botulizm kasalliklarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
#Jarayon

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi ijrosi amalda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Kasbi tumani Obod Neko'z mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat prokurori birinchi o'rinbosari Sherali Ashirov Obod Neko'z mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, viloyat prokurori o'rinbosari Obod Neko'z mahallasini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Kasbi tumanida yana dronlar yordamida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Kasbi tumanida dronlardan foydalangan holda Mug'lon va Shakarjoy mahallalarida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli choralar ko'rilmoqda.

🔶 Hurmatli fuqarolar!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asragan bo'lasiz.

Ze'ro yer doim nazoratda !

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#xushxabar

Kasbilik pillakorlarga hormang, deymiz!

Kasbida pilla yetishtirish rejasi ortig‘i bilan bajarildi.

Tumanda 2024-yil qishloq xo‘jaligi sohasi uchun barakali keldi. Joriy yilda tumanimiz bo‘yicha 4778 quti ipak qurtlari parvarishlandi. Natijada 322 tonna  pilla yetishtirishga erishildi.

Bu kabi yutuqlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, pilla boqishdagi yangiliklarni kiritilayotgani, eng muhimi mehnatni qadrlanayotgani, pillakorlarga bo‘lgan e’tibor, yetishtirilgan hosil uchun o‘z vaqtida pul mablag‘larini berilayotganligini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Forwarded from QASHQADARYO.UZ | RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Viloyatning qaysi hududida sanoat korxonalari koʻproq faoliyat yuritmoqda?

Viloyatimizda 2024-yilning 1-may holatiga jami 3312 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ular hududlar kesimida quyidagicha:

⚡️Qarshi shahri – 626 ta
⚡️Kitob tumani – 383 ta
⚡️Yakkabog‘ tumani – 289 ta
⚡️Shahrisabz shahri – 268 ta
⚡️Qarshi tumani – 225 ta
⚡️Shahrisabz tumani – 224 ta
⚡️Gʻuzor tumani – 210 ta
⚡️Chiroqchi tumani – 181 ta
⚡️Qamashi tumani – 171 ta
⚡️Koson tumani – 163 ta
🔹Kasbi tumani – 120 ta
⚡️Nishon tumani – 94 ta
⚡️Ko‘kdala tumani – 94 ta
⚡️Muborak tumani –93 ta
⚡️Mirishkor tumani – 91 ta
⚡️Dehqonobod tumani – 80 ta tashkil etdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
HTML Embed Code:
2024/06/05 19:22:25
Back to Top