TG Telegram Group Link
Channel: Jizzax shahar hokimligi
Back to Bottom
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan.

👉 https://kun.uz/73341049

Kun.uz rasmiy kanali
Jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarni oldini olish,  nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

2024-yilning 13-may kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Jizzax shahar hududida 2024-yilning 4-oyi davomida shahar hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan olib borilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov,  Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Xolmirzayeva, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i O‘.Yuldashev, Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi, jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori N.Risqulova, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar harakati va buvijonlar maktabi vakillari, mahallalardagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashdilar.

Yig‘ilishda shaharda, jumladan 1-sektor hududida jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#14may #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жиззах вилояти прокурори И.Эргашходжаев томонидан Жиззах шаҳридаги “EUROASIA GILAMLARI” МЧЖнинг "Гилам ва гилам маҳсулотлари ишлаб чиқаришни ташкил этиш" лойиҳасидаги ишлаб чиқариш жараёнлари билан яқиндан танишилиб, экспорт салоҳиятини ошириш юзасидан тегишли кўрсатмалар берилди.

Сўнгра, шаҳар марказидаги Ёшлар инновацион марказида 100 дан зиёд тадбиркорлик субъектлари билан учрашилиб, муаммолари тингланди.

Қабулда, имтиёзли кредит ажратиш, кредит муддатини узайтириш ва бошқа масалаларга доир мурожаатлар келиб тушди.

Мурожаатларнинг 30 таси қаноатлантирилиб, қолган мурожаатлар ўрганиш ва муддат талаб этганлиги боис, масъуллар белгиланиб, вилоят прокурорининг назоратига олинган ҳолда ижрога йўналтирилди.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
#Jizzax
#Bog‘ishamol_MFY

Jizzax shahar Bog‘ishamol MFY hududida qurilayotgan Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti filiali qurilish ishlarida shartnoma asosida ishlayotgan 40 nafar manzilli kalonka maxbuslari bilan suxbat olib borildi. Ularga mahalla raisi B.Orzikulov va mahalla IIB profilaktika inspektori B.Nurboev tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish buyicha kerakli malumotlarni berib o‘tishdi va ularni qatiiy belgilangan tartiblarga rioya etishlari buyicha ko‘rsatmalar berishdi.

Telegram / Facebook
Jizzax shahar prokurori adliya maslahatchisi M.M.Mamatov va shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik B.A.Naimovlar shahar hududida joylashgan viloyat IIB JXX HPBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning holidan xabar olishdi.

Bundan tashqari viloyat IIB JXX JTSBga qarashli ma’muriy qamoqxonada ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun saqlanayotgan va reblitatsiya qilish markazida saqlanayotgan Jizzax shahar fuqarolari bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazildi.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#15may #Жиззах #Джизак #Jizzax
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati Jizzax shahar boshlig‘i lavozimiga Adilova Farzona Alisherovna tayinlandi.

Tayinlovga qadar Adilova Farzona Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#15may #Жиззах #Джизак #Jizzax
HTML Embed Code:
2024/06/15 00:23:43
Back to Top