Channel: Javokhir Toshpulatov | Blog
Asabiy yoshlar
Bir mavzuni 5 martalab qayta tushuntirgan o’quvchilarimdan biror o’rtog’i yordam so’raganida, ikkinchi martani o’zida asabiylashayotganini ko’raman.
O’z fikrini yetkazib bera olmagani uchun asabiylashadigan, haqiqatni eshitganida aybni tan olmasdan talashayotgan o’quvchilar ko’payganini ko’raman. Oddiy voqeliklar ammo ular tomonidan javoblar radikal.
Bir sinfimda shu toifadagi o’quvchilarim soni ko’proqligi uchun ulardan boshida jahlim chiqdi. Sabrim to’lgandek bo’ldi. O’zlaridek javob qaytarishga imkoniyatim va argumentlarim yetarlicha edi.
Suhbatlashsam boshqa ustozlarda ham shunaqa o’quvchilar ko’p ekan. O’zi yosh ammo asabi torlar. Keyin shu haqida biroz izlandim. Sababini bilgach ularni vaziyatlaridan jahlim chiqish o’rniga ularga achinishni boshladim.
Tarbiyasizlik, sabrsizlik, hurmatsizlik yoki mensimaslik deb shakllangan taassurotlarim o’rnini ularga kasalligini o’zi bilmayotgan bemorlardek qarash xissiyotlarim shakllandi.
Chunki vaziyatning asosiy faktorlarida to’liq ularni ishtirokini ko’rmadim. Bular:
1. Ta’lim va o’quv yuklamasi;
2. Oilaviy muammolar;
3. Ijtimoiy bosim;
4. Jismoniy faoliyat yetishmasligi va notekis dam olish;
5. Atrof-muhitdagi o’zgarishlar;
6. O’quvchi va o’qituvchi munosabatlari to’g’ri yo’lga qo’yilmagani;
7. Muvaffaqiyatsizlik qo’rquvi.
Men “Holat o’zgarmaydi, munosabat o’zgaradi” fikrga amal qilishni boshladim.
Boshida imkon beraman, xato qilsa sabr qilaman, erkalik qilsa ko’taraman va ko’proq gaplashaman. Hullas eng yaqin insonidek ularni boricha qabul qilaman.
Eng yaqinlaridan farqim meni maqsadim ularga butun umr rozi bo’lishga qaratilmagan. Faqatgina to’liq ishonchiga kirib olguncha bu process davom etadi.
Munosabatlar mustahkamlashganidan keyin sekinlik bilan xatolarini aytishni boshlayman. Ularga yechimlar beraman. O’zgarishlarni shoshiltirmagan holda kutaman. Shunda ham natija kafolatlanmagan. Lekin 8/10 holatda ishlaydi inshaAlloh.
Biz sabablarga javobgarmiz natijani o’ziga qoldiramiz. Cho’ntakka qoladigani esa ijtimoiy munosabatlarda uncha-muncha asabbuzarliklarga sabr qilish immunitedi.
@javokhir_toshpulatov

O’zgarmaydigan bolalar
Men o’qigan maktabning yonida yana bir maktab bo’lar edi. Uni yonida mehribonlik uyi joylashgan bo’lib, mehribonlik uyi bolalari o’sha maktabda o’qishar edi. Biz boshqa maktabdan bo’lganimiz uchun u tomonlarga kam sonli bo’lib borishga qo’rqar edik.
Agar o’sha bolalar bizni boshqa maktabdan kelganimizni sezishsa darhol ko’payib ketishar edi va katta to’palon boshlanar edi. Keyinchalik ularni shahar chetrog’iga ko’chirishga majbur bo’lishdi.
Men tushunmas edim. Nega bular bizga bunday munosabatda? Ahilligi yaxshi lekin nega bu ahillikni bu yo’lda ishlatishyapti?
2020-yil darslarimdan tashqari 2 ta sinf rahbarligi ham berildi. O’shandan boshlab menda bolalar va ota-onalar bilan gaplashish imkoniyati ko’paydi.
Kelayotgan o’quvchilarni 60% lariga fandan tashqari harakteri bilan ishlashga to’g’ri keladi. Katta qismini o’zgartirish mumkin. Ayrimlarini esa deyarli iloji bo’lmaydi.
Ilojsizlarida esa bitta umumiylikni ko’raman. Bu ota-onasi o’rtasida munosabati buzilganlari. Yaqinda shu haqida ham biroz izlandim.
2022-yilgi ajrimlar 24% ga oshibdi. Sonda esa bu 1 yilda 48 ming oila ajrashibdi. Tirik yetimlar soni esa taxminan yiliga 30 mingdan oshadi. Undan keyingi yilgi ma’lumot hali chiqmabdi. Lekin ko’paygan bo’lishi mumkin.
Ota va onasidan birdek tarbiya ko’rmagan o’quvchi va bolalarda odatda quyidagi muammolar kuzatiladi.
Qay yo’l bilan bo’lsa ham e’tibor tortishga moyillik, o’ziga bo’lgan ishonchning pastligi, moliyaviy qiyinchilik, egaistlik, kuchli introvertlik va boshqalarga nafrat.
Ajrimlarning oqibatlari ko’p holatda bolalarga o’zgartirishning iloji yo’q bo’lgan yomon ta’sir qilishini o’qituvchi bo’lmaganimda bunchalik xis qilmas edim.
Ota-onalar xatolari oqibatlarini bolalar tortayotganini ko’rish va ularni muammolariga hech qanday yechim bera olmaslik juda qiyin.
Ajrimlarning boshida maqsadlar va qadriyatlarining tutashmayotgani-yu hayotga bo’lgan yuzaki yondashuvlarni ko’raman.
Oila a’zolarning ilmsizligi. Ilmlilarning esa amalsizligi. Amallilarning esa sabrsizligi. Sabrlilarning sabrini suistemol qilayotgan johiliyatni ko’raman. Yana ham bilmadim. Bilganim esa qiynalayotgan bolalar.

Baholash mezoni
Tarozini vazifasi og’irlik o’lchash. Termometr haroratni. Spidometr esa tezlikniki. Har birini vazifasi maqsadiga qarab belgilanadi.
Termoterni ishlashini og’irlikni o’lchay olishiga qarab belgilash mantiqsizlik. Sababi uning yaratilishidan maqsadi va vazifasi boshqa edi.
Natijani baholashda ham mo’ljal asl vazifaga qarab tanlanmasa nomuhim kriteriyalar adolatli bahoni qo’yishga halal beradi.
Dasrni qiziq o’tib lekin 3 yilda ham o’quvchilari boshlang’ich bilimdan ko’tarilmagan ustozlarni “zo’r o’qituvchi” deyish to’g’ri emas.
Farzandlarini moddiy istaklarini to’kis bajarib ammo manaviy ehtiyojlarini qondirmaydigan insonlarni ham ideal ota-ona deyish xato.
Ba’zida yaxshi o’quvchi lekin bilimi yaxshi emas, yaxshi sportchi lekin yaxshi do’st emas, yaxshi sotuvchi lekin rostgo’y ishchi emas, hodim sifatida yaxshi lekin yaxshi inson emas bo’lib chiqadi.
Ideal inson yo’q. Baholashda ham vazifasiga qarab baho bering. Yaxshi ammo nomuhim sifatlariga chalg’ib asosiy kutilmangizni bera olmasligiga rozi bo’lmang.

Matematikada aksariyat misollarni yechishning 2 xil usuli bo’ladi.
Birinchisi qiyinroq ammo shu usul universal, ikkinchisi oson biroq hos misollarda foydalanish mumkin.
Ba’zida o’quvchilarga oson usullar turganda avval qiyin usullarni tushuntirish shart bo’ladi. Sababi:
1. Mavzuning mohiyati aynan qiyin deb aytilayotgan usullar ortidan chiqib keladi.
2. Oson usullarni istalgan misollarda emas aynan holatiga qarab qo’llashni o’rganishlari uchun.
Ba’zida hayotda ham shu qununiyatni ishlashini payqagandek bo’laman.
Qiyin yo’llar uzoqqa olib boradi, ko’plab holatlarga tushadi va natijani ta’minlash ehtimoli yuqori.
Osonlari esa ba’zilarda ishlaydi. Qolganlarga esa harakatlar teng bo’lishiga qaramasdan effektida ancha farq bo’ladi.

O’qituvchi ijodkor.
Ijod majburdan qilinmaydi. Majburdan qilingani esa san’at darajasidagi ijod bo’lmaydi.
Darslarimdan o’zim zavq olganimda o’quvchilarim ham zavqlanganini sezaman. Dars tugaganini sezmay ham qolamiz.
Darslarimni majburlikdan o’tkanimda zerikishdan yumilayotgan ko’zlar, uyqusirashdan ochilayotgan og’izlar va sekin o’tayotgan vaqtni ko’raman.
Kasallarni og’riqsiz davolash imkonsiz. Bitta yo’li vaqtinchalik og’riq qoldiradigan dori. Ichasan tuzalgandek bo’lasan. Lekin bu vaqtincha va ahvoling battarlashish ehtimoli yuqori.
Ilm talabida ekansan, og’riqlar bo’lishi tabiiy.
Bir fan o’rganmoqchisan demak shu fanni bilmasliging bu seni hozirgi kasaling. Qutulmoqchimisan demak davolanish shart.
Doimiy davo sendan og’riq talab qiladi. Senda ikkita yo’l bor. Vaqtinchalik og’riqqa chidab bu fanni bilmaslikdagi kasalingdan qutulasan yoki doimiy shu ilmsizlik kasali bilan yashaysan.
Uchinchi yo’l ham bor. Biroz og’riqqa jiday olmaganing uchun sen uchun doimiy davo istab kurashayotgan ustozingni ijodkorligini, majburiyatga aylantirish.
Bu senga doimiy davo emas, vaqtinchalik og’riq qoldiradigan tabletka bo’ladi.
Ustozlaring senga beradiganining sifati loyiq bo’lganingga to’g’ri proporsional bo’ladi.

O’rgatish uslubi o’zgardi
Qachonlardir qo’rqitish, urushish, hammani oldida uyaltirish o’rgatishning samarali usullaridan biri bo’lgan.
Bu usul ba’zi ustozlar uchun oxirgi chora bo’lsa boshqalari uchun birinchisi edi.
Matematika o’rgatish uchun avvalgi rodikal usullarning deyarli hech biri hozir ishlamaydi. Qolgan fanlarni bilmadim.
ChatGPT 95% misollarni xatosiz, yechib beryapti.
YouTubeda 1-11 sinf kitobining barcha misollar yechimi joylangan.
Abituriyentlar foydalanadigan to’plamning barcha misollarining yechimi joylangan kanallar bor.
Matematika o’rgangan deyarli barcha odam ba’zi misollarni kunlab o’ylab yurgan paytlari bo’lgan.
Oldin ko’chirish uchun kamida iltimos qilingan bo’lsa hozir shu qiyinchlikka ham ehtiyoj qolmagan zamondamiz.
Ustozdan havf sezgan o’quvchi albatta qilib keladi. Lekin yechimlarning manbasi o’zi bo’lmaslik ehtimoli yuqori.
Qolganlar oldidagi obro’si, nafsiga yoqmaydigan qiynoqlar va sabr bilan o’rganish azobidan qochish uchun shunchaki o’rganmasdan vazifa qilib kelish usuli osonroq.
O’quvchilarning aksariyati, kelajakda matematikadan bilimli bo’lishdan ko’ra, ertaga ustozidan keladigan hafdan talofatsiz chiqishni o’ylaydigan aqlda bo’ladi.
Ayniqsa matematika bilmasdan ham o’qishga kirish imkoniyati ko’p bo’lgan davrda.
“Eng zo’r ustoz qattiq qo’l ustoz” degan tushunchani hozir ham eshitib qolaman.
Qattiqqo’llik prinsiplariga sodiqligi ma’nosadi kelsa yaxshi. Rodikallik nazarda tutilgan bo’lsa o’ylab ko’rish kerak.
O’rgatishni, shunga loyiq bo’lishdan boshlanadi. Loyiq bo’lishning o’lchovi hozir faqat fanning o’zini zo’r bilishda emas..

2 ta turdagi shogirt bilan natija qilish qiyin.
Shoshqaloq va maksimalga intilmaydigan.
Ko’p biladi. Bilganidan maksimal foydalana olmaydi. Ba’zida shoshganidan, ba’zida esa o’rtachaga rozi bo’lganidan.
Shu kamchilikni to’g’irlash qiyin. Bu xarakter.
Qiyin savollarda adashadigan o’quvchilarimdan jahlim chiqmaydi. Ular odatda bilmaganidan xato qiladi.
Bilmasa o’rgatish mumkin. Bilmaslik xarakter emas.
Bilmaganini o’rgatishga kun hafta oylar yetsa, xarakterni to’g’irlashga yillar ketadi. Natija esa kafolatsiz.
Yaxshi biladi, qiyinini to’g’ri qiladi lekin oddiysiga yuzaki yondashadi. Natija esa baribir natijasizlik bilan tugaydi.
0.1 ball yetmasdan yillab kontrakt to’layotganlaru, 0.1 ball sabab o’qishdan yiqilganlar bunga isbot.
G’oliblarni oxirigacha kurashish-u maksimal natijaga intilish xarakteri g’olib qiladi.

Gapning mas’uliyatini his qilganlar, amalning ham mas’uliyatini his qiladi. Yoki aksi.
“Istagan paytiz yordamga tayyorman” deganlarning yordam berishni istaydigan paytini topish qiyin.
Insonlarning amallari bilan o’zi haqidagi davolari tengligini faqat manfa’atlar to’qnashadigan raqobat ko’rsatadi.
Ungacha ular haqida yaxshi gumonda bo’lavering lekin to’liq xulosa qilmang.
O’zlari haqida so’ramagan savollarimga javob beradigan insonlar meni o’zlaridan itarishadi. Ayniqsa faqat pilus tomonlar gapirilsa.
Fazilatlar gapirishga muhtoj emas. Ular berkitib bo’lmaydigan darajada ko’rinish kuchiga ega.
Xulosa
Aniq bajariladigan ishlarga va’da, ishontirish uchun qasam yaxshi ta’surot uchun esa amallarni habada qilish shart emas.

Xatolar muhokamasi
Yil yakunidagi darsimda ba’zi sinflarim bilan bir eksperiment o’tkazdik.(Avval izlandim, maqullangani uchun sinab ko’rdim)
Ya’ni, xohlovchilarni navbatma-navbat butun sinf o’zi sezgan yomon odatlarini yoki xarakteridagi salbiy kamchiliklarini aytish.
Shartlar: Ishtirokchilar hafa bo’lmasligi, hafa bo’lish ehtimoli borlarga buni qilmaslik. Aytilgan kamchiliklarni yozib olish va rostdan ham bor deb o’ylaganlarini o’zgartirish.
Faqat avval buning foydalari sinfga to’liq tushuntirib bera olinsa ishtirokchilar yana ham ko’payadi.
O’zimdan boshladik. O’quvchilarim 6-7 ta xato va kamchiliklarimni aytishdi. Orasida o’zim sezib yurganlarim ham bor. Undan tashqari o’ylab ham ko’rmaganlarim ammo o’zgartirishga arziydiganlari ham bor ekan.
Qolganlari esa ularning foydalari uchun ekanligi va hozircha muqobili yo’q bo’lganligi uchun o’zgartish imkonsiz ekanligini tushuntirdim.
Keyin o’quvchilarni navbati keldi. Sinfdoshlari berayotgan fikrlarni eshituvchiga aniqroq tushuntirib turdim. Orasida o’zim ham aytdim. Qizig’i kamchiliklarini eshitgan hech kim hafa bo’lmadi.
O’zinikiga qiziquvchilar deyarli butun sinf bo’ldi. Bu yaxshi. Eshitishga roziligi o’zgarishga moyilligi borligini bildiradi.
O’z kamchiliklarini hamma tasdiqladi. O’zgarishi kerakligini aytdi. Maslahatlar so’rashdi. Ajoyib! Endi amal qilishsa bas.
Shunda o’ylab qoldim: “Biz kamchiliklarimizni eshita olmaydigan emas, kamchiliklarni aytish yo’llarini bilmaydigan odamlar ekanmiz”mi deb.
Foydalari:
1. Sinf ahillashadi. Umumiy xatolar to’g’irlansa munosabatlar mustahkamlanadi.
2. Ortdan gapirish odati kamayib yuzma-yuz gaplasha olish harakteri shakllanadi
3. Ko’pchilikning qo’lida kelmaydigan muhim hislat: xatolarni tan olish ko’nikmasi shakllanadi.
4. Xatolarizni to’g’irlaganingiz sari faningiz o’rganuvchilar soni oshib boraveradi. To’g’irlash eshitishdan boshlanadi.
5. Ortingizdan qilingan o’rinli tanqid sizni obro’sizlantirsa, o’zingizga aytilganlari sizni o’stiradi. Tanlayvering.

Zaiflarga ozor bergan zaiflar
6-sinfligimda yosh, erkak tarix ustoz kelgandi. Kichik xatolarimiz uchun bizni qulog’imiz tepasidagi sochimizdan tortib o’tirg’izib turg’izardi. Qizlarni oldida uyalardik.
Hammaga shunaqa deb o’ylardik. Keyin bilsak 9-sinflarga juda muloyim. O’zimiz 9-sinf bo’ldik. Aniq yaxshi tomonga o’zgarmagan edik lekin ustoz bizga ham muloyim bo’lib qolgandi.
Kollejga juda ko’p ustozlar 1-kursligimizda bizga yaxshi muomila qilishas edi. 3-kurslarga esa aksi. Biz ham 3-kurs bo’ldik va bizga ham yaxshi muomila qiladigan bo’lishdi.
Universitedga yangi kirganmiz. Ko’p ustozlar juda qattiqqo’ldek. Kichik xatoyimiz uchun ham ochisleniya eslatilardi. Vaqt o’tkandan keyin bildik, bu faqat endi kirganlarga ekan. Katta kurslar bilan esa o’rtoqdek.
Hozir eslaganimda hotiramda juda kam sonli hurmatga loyiq ustozlar bor ekan. Ularni boshqalaridan ajratgan sifati, biz zaifligimizda ham kuchliligimizda ham teng muomila qilgan.
Xulosa
1. Insonlarning kuchi zaiflarga qilayotgan muomilasiga qarab emas, zaif bo’lmaganlarga qilayotgan muomilasiga qarab o’lchanadi.
2. Zaiflarning zaifligidan foydalanib erishilgan hurmat, kuchlar tenglashib olgunicha tirik qoladi.

Tarbiyadagi yondashuv
12 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining 57%iga ota-onalarning o’zlari sababchi bòlishadi(“Hissiy Intellekt” kitobidan).
Ota-onalar bilan suhbat jarayonida
ularning tarbiya berishdagi xato uslublari o’limlarning bosh omili ekanligi aniqlangan.
Bilmaslik ayb emas. Bilishga harakat qilmaslik ayb. O’rtacha 99,5% ota-onalar farzand tarbiyasiga oid birorta ham kitob o’qishmas ekan. Sonda 200 tadan 199 ta.
Bola 3 yoshgacha qizg’anchiq bo’lsa gendan o’tgan, undan keyin qizg’anchiq bo’lsa tarbiya natijasi. Har ikkisidayam ota-ona sababchi.
Qolgan muammolarida ham ilk javobgar o’zlari. Sabab vaqt ajratmaslik, eshitishni bilmaslik, muhitini to’g’ri tanlab bermaslik, islohni o’zidan boshlamaslik va h.k
Bog’cha, maktab va OTMlar ota-ona bermagan ta’limni va to’g’ri muhitni berishi mumkin. Fundamental tarbiyani berish esa ota-onaning o’ziga qolaveradi.

Noo’rin gaplar
Istalgan o‘rinli gap noo‘rin paytda aytilsa, u zararingizga ishlaydi. Bu tanbeh bo‘ladimi, nasihatmi yoki shunchaki hazil — farqi yo‘q.
Ko‘pincha, aqlning ishtirokisiz, faqat hissiyot bilan gapirilganda, bu uchalasining vaqti va o‘rni noto‘g‘ri tanlanadi.
O’quvchilarini kuldirish uchun hazl qilganda uni kuladigan joyi yo’qligi uchun ham kuladigan o’quvchilarni eshitganman.
Jahli chiqqanda bor ovozda tanbeh berib, 15 daqiqadan keyin hech nima ko’rmagandek kulib turish haligi tanbehga qo’shib salobatni ham yo’q qiladi.
Munosabat qurmasdan va aniq argumentlarsiz butun sinfga qilingan nasihat o’quvchilar tilida aytganda shunchaki leksiya bo’lib qolaveradi.

Amallar olinadi
O’quvchilaringizni qanday ko’rishni istsangiz avvalo o’zingiz shunday ko’rining. Ko’rinayotganingizga esa loyiq bo’ling.
Hozirgacha uchta xususiy maktabda dars o’tdim. Undagi o’quvchilarda qanday kamchilik yoki yutuqlar ko’rsam huddi shularni o’sha o’quvchilarga dars o’tadigan ustozlarni o’zida ham ko’raman.
Tozaliksiz turolmaydigan ustoz, darsga kirdi. Yerga axlatlar tushib yotganda dars o’ta olmaydi. O’quvchilar terishini kutmaydi ham. Kuta olmaydi. Agar u befarq bo’lsa, o’quvchilar 2x befarq.
Ustozning o’zi darsga kech kiradi. O’quvchilaridan vaqtida kelishini talab qila olmaydi. Shunday ustozdan 3 ta bo’lishi, 4-intizomli ustozga ham ta’sir qiladi.
Ustozlardan 3 tasi qadriyatli. Shaxsiyati esa kuchli insonlar. Bu sinf o’quvchilari ham shunday yoki eng kamida shunday bo’lishga intilayotgan o’quvchilar bo’ladi.
O’quvchilardan mas’uliyat, intizom va farosat talab qilyapsiz. Vaqt o’tyapti ammo o’zgarish sezilmayapti. Unda o’zingiz va parallel darsga kiradigan hamkasblaringizga ham bir qarab qo’ying.

Qurbing yetgan hammasini o’rgan
15-18 yoshimda qilgan eng to’g’ri qarorim Matematika va Fizika o’rganganim. Noto’g’risi esa qolgan fanlarni ham o’sha yoshimgacha o’rganmaganim.
Ayniqsa Tarix, Adabiyot va Biologiya. Tillardan esa Ingliz tili.
Kimdir senga qaysidir fanni kerak emas dedimi o’sha odam shu fanni bilmaganidan aytyapti. Bilganida, foyda olardi. Olgan foydasi tilini tiyishga undardi. Zar qadrini zargar biladi. Foydadan to’sish uchun esa inson kamida johil bo’lishi kerak.
Yoshligida ilm olish imkoniyatidan mahrum bo’lgan ammo bugun muvaffaqiyatli bo’lib “Meni erishganimga sen ham ilmsiz erisha olasan“ degan insonlarning maslahatlari sen uchun emas.
Senda bugun o’rganish imkoniyati bormi? Unda muvaffaqiyat yo’ling shu. O’zingni shu yo’lda qiyna. Aylanib o’tadigan yangi yo’llarni qidirma. Ular chorasiz bo’lgan kim uchundir ochiq bo’lsa sen uchun to’pik bo’lishi mumkin.
Taqdir – bugunning jinsidan bo’ladi.

Matematika haqida
Yozda maktabimizda “Ta’lim podkasti” rubrikasida Matematika fani atrofida suhbat qurgandik.
Matematikani nega o’rganishimiz kerak;
O’rgansak nima yutamiz-u o’rganmasak nimalar yutqizamiz;
Matematika o’rganish va o’rgatish texnikasi;
O’rgatishda ota-onalarning o’rni;
va shunga o’xshash muhim mavzular haqida qisqacha gaplashganmiz.
Mobodo ko’rmaganlar va shu mavzuga qiziqadiganlar uchun ulashib qo’yyapman.
Boshlasangiz, 2x qilib bo’lsa ham oxirigacha ko’rish tavsiya qilinadi)
Ko’rib, fiklaringizni video izohlariga qoldirarsiz. Albatta o’qiyman.
🔗 link: https://youtu.be/xxLsVCYE19I?si=G9SZr_Hi3KfY38Ob

Nafsingizni kimgadir topshirmang
Ustoz berishini kutmang. Tekshirishini ham.
U berdi. Tekshirmasa xursand, tekshirsa esa hafa bo’lmang. Aksincha, tekshirmasa talab qiling.
Qilganingizni ko’rsatib qo’yib maqtov eshitish uchun emas. Maqtovdan mativatsiya oladiganlar, tanqidlarga chidamsiz bo’ladi.
Tekshirtirib xatoyingizni to’g’irlash uchun. Xatoyingizni to’g’irlash ustozdan ko’ra sizga ko’proq kerak.
Uni keyingi yil ko’rasizmi yo’qmi. Ammo kecha qilgan xatolaringizni bugun o’rganmasangiz ular bilan butun umr o’zingiz yashaysiz.
Qanchadan-qancha siz havas qiladigan insonlarning hayotlarida bir voqelik bor.
Ular qiyin hayotda yashaganlari uchun o’rganish yagona najot bo’lishiga ishonib, qolganlarda topilmaydigan harakatni qilishgan.
M-n: Oprah Winfrey, Albert Eynshteyn, J.K.Rowling, Nelson Mandela, Nick Vujicic, …
Yaxshi hayotda yashaganlari esa buni qadriga yetib, undan muvaffaqiyat uchun asosiy qurol sifatida foydalanishgan.
M-n: Bill Gates, Warren Buffett, Jef Bezos, Sergey Brin va Larry Page, …
Nafsingizni kimgadir topshirmang.Hamma o’ziniki bilan band. U bilan o’zingiz jiddiy shug’ullaning.
Ustoz berganini qiling, lekin uni o’zi bilan cheklanmang. Qo’shimchasi sizni bugun kamyob o’quvchiga, kelajakda esa noyob insonga aylantiradi.

O’quvchilaringizdan hurmat va e’tibor kutmaslik immunitedini shakllantiring. Balki umuman insonlardandir. Loyiq bo’lsangiz o’zi kelaveradi.
Ba’zida maktabda kuzataman.
Ustozi ketganda yig’ilar bilan kuzatadigan o’quvchilar odatda yangi ustozga eng tez moslashadigan o’quvchilar bo’lishadi. Eskisini eng tez unutadiganlar ham o’shalar.
Maktab, kollej va universitetdagi ustozlarimni o’sha payt hurmat qilardim. Lekin ularni hozir deyarli unutib yuborgan ekanman. Shu postni yozish davomida esimga kelishdi.
Ammo abituriyentligimda Matematika, Fizika o’rgatgan ustozimni 9 yildan buyon deyarli har kuni eslayman. Ustozim haqlarida gap ketganda esa hozir ham to’lib toshib gapiraman.
Mustahkam hurmatga faqat loyiq bo’lish orqali erishasiz. Uning sifati esa vaqt bilan sinaladi.

O’rganishni o’rgatish
Vazifa berganimda qilish shart bo’lgani oldida doim ixtiyoriylari ham bo’ladi. Boshida ixtiyoriysini 90% o’quvchilar qilishmas edi.
Xohlashmaganidan emas, xohishlarini boshqarolmasliklaridan.
OTMlarga grantga kirganlar, olimpiadada natija qilganlar va 10-sinf bo’liboq to’garak o’tishni boshlaganlar 10% ichidagi o’quvchilar bo’lishgan.
Matematika bo’yicha mendagi bilimlar kitoblarda oshig’i bilan bor. Internetda ham.
Shu sababdan oxirgi yillarda fokusimni mustaqil o’rganishni o’rgatishga qaratyapman.
Buning uchun o’quvchilarda o’rganish uchun aniq missiya va yo’nalish ko’rsatib turuvchi ustoz bo’lsa bas.
O’quvchilarning aynan shu harakterlari kayfiyat, vaziyat, ustoz va muhit tanlamasdan o’rganishga undaydi.
Bunday o’quvchilar kam resursim evaziga ham yaxshi natijalar qilishadi. Ulardan ortganini fanni endi o’rganishni boshlagan o’quvchilarimga qo’shib sarflayman.

O’zini aldayotgan kelajak
• 10 oy qolganda boshlaydi. Vaqtga mos qiyinchilik berganda fanni qiyinligidan noliydi.
6 yillik fanni 10 oyda o’rganish uchun o’tgan 6 yildek yashamasliging aniq ediku.
• Pul to’ladim. Endi olish-olmaslik, borish-bormaslik, vazifani qilish-qilmaslik o’zini xohishi deb o’ylaydi.
Sen ustozni vaqtiga pul to’lading. Ilmga esa puling yetmaydi. Asabiyu, salomatligiga ham.
• Ilmsizlikdan chiqishni xohlaydi. Ilm olishga keladi va shunday muhit. Ilmlilar orasidan chiqadi, yana o’sha ilmsizlar davrasi.
Bittasini tanla, ilmlilar muhiti yoki ilmsizlar. O’zingni ikkiga bo’la olmaysan. Bo’ldingmi, sen ham ilmsizlardansan.
• Uzoqda miltillab turgan yorug’likka qarab suzishadi. Oxiri g’arq bo’lishadi. U illuziya edi. Yorug’likni qattiq istaganganlar uchun, yulduz ham chiroqdek ko’rinadi.
Soddaroq tushuntirsam. Kim nima maslahat bersa qilib ketaverishadi. Filtrni osoniga to’g’irlashadi. Natijaviyligiga qarab emas.
Oson yo’llarini izlab, energiyaga to’la yoshliklarini qurbon qilishadi. Natijada kelajak riskda.
Katta natija va qiyinchilik doim yonma-yon yuradi. Boshqacha yo’li yo’q. Yo’li bor deydiganlarni o’ljasi bo’lma.

Zerikarli dars
O’quvchilarimni ba’zilarini instagramini tekshirib turaman. Ulardagi kunlik foydanalish vaqti 4 soatdan kam chiqmaydi.
Shunday o’quvchilarimda bitta umumiylikni ko’raman.
Fandan zerikish; Zerikishdan keyin diqqatsiz o’tirish; Diqqatsiz o’tirgani uchun mavzuni tushunmaslik; Tushunmagandan keyin vazifa qila olmaslik; Bo’sh qolgan vaqtni esa kontent ko’rishga sarflash. Va ertasiga yana darsda zerikish; …
Fan o’rganish kontent ko’rishdan qiziq bo’la olmaydi. Bu tabiiy. Birinchisiga nafs halal bersa ikkinchisiga yordam beradi.
Senga ko’rayotgan kontentlaringdek qiziq dars kerak. Natijada e’tiboringni fan tomonga tortish ustoz uchun qiyinlashib boradi.
Darsni qiziqarligiga fokus qaratilgani sari o’z haqqini fanning sifatdan chiqarib oladi.
Ijtimoiy munosabatlar va o’rganishing uchun eng zarurlarini saralab chiq. Qolganlarini tark qil. Shundan keyin o’rganishdagi oq-qoralik o’rnini rang-baranglik egallaydi.
Xotirjam bo’l. Shov-shuvli yangiliklarni suhbatlarda eshitasan. Eng zarurlarini esa qo’ng’iroq qilib ham yetkazishadi.

HTML Embed Code: