Loyiqlarni rozi qil
Shunday insonlar bor, agar o’zing xohlamasang ulardan foyda olmasliging mumkin lekin norozi qilsang aniq zarar ko’rasan.
O’quvchilarimga ham tez-tez eslatib turaman. Falonchi ustozni rozi qil, falonchini darsiga kech qolma, bu fanni yaxshi o’qi, bunisini hurmatini joyiga qo’y..
Hamkasbim sifatida qaysi ustozlarimiz o’quvchilar uchun eng ko’p qayg’uradi, O’quvchilarini kelajagini ko’proq o’ylaydi, ishiga rostakam masuliyat bilan yondashadi, o’quvchilarini nafsiga yoqmasa ham negativlarga chidab ularni yaxshisiga majburlaydi va.h.k.
Ularning mehnati o’quvchilarga bugun sezilmasligi mumkin, biroq bir xil faoliyatda bo’lganligimiz uchun bizga tezda ko’rinadi.
Eng ko’p mehnat qilayotgan faningdan yaxshi natija xohlaysanmi? O’sha fanni zo’r o’qish bilan birga;
Maqsadlaring orasida bo’lmagan fanni ham, uztozlarini ham eng kamida hurmatini joyiga qo’yishing shart.
Agar ular senga o’z fanlarini o’rgatish uchun pok niyyat bilan harakat qilayotgan bo’lishsa ularni norozi qilishing qimmatga tushadi.
A tomondagi natija, B tomondagi roziliklarga bog’liq bo’lishini yillar davomidagi tajribamda ko’rdim. Ko’ryapman ham.
Xulosa
Muvaffaqiyat nafaqat harakatdagilarga, balki loyiqlarni rozi qilganlarga ham ergashadi.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<