Nafsingizni kimgadir topshirmang
Ustoz berishini kutmang. Tekshirishini ham.
U berdi. Tekshirmasa xursand, tekshirsa esa hafa bo’lmang. Aksincha, tekshirmasa talab qiling.
Qilganingizni ko’rsatib qo’yib maqtov eshitish uchun emas. Maqtovdan mativatsiya oladiganlar, tanqidlarga chidamsiz bo’ladi.
Tekshirtirib xatoyingizni to’g’irlash uchun. Xatoyingizni to’g’irlash ustozdan ko’ra sizga ko’proq kerak.
Uni keyingi yil ko’rasizmi yo’qmi. Ammo kecha qilgan xatolaringizni bugun o’rganmasangiz ular bilan butun umr o’zingiz yashaysiz.
Qanchadan-qancha siz havas qiladigan insonlarning hayotlarida bir voqelik bor.
Ular qiyin hayotda yashaganlari uchun o’rganish yagona najot bo’lishiga ishonib, qolganlarda topilmaydigan harakatni qilishgan.
M-n: Oprah Winfrey, Albert Eynshteyn, J.K.Rowling, Nelson Mandela, Nick Vujicic, …
Yaxshi hayotda yashaganlari esa buni qadriga yetib, undan muvaffaqiyat uchun asosiy qurol sifatida foydalanishgan.
M-n: Bill Gates, Warren Buffett, Jef Bezos, Sergey Brin va Larry Page, …
Nafsingizni kimgadir topshirmang.Hamma o’ziniki bilan band. U bilan o’zingiz jiddiy shug’ullaning.
Ustoz berganini qiling, lekin uni o’zi bilan cheklanmang. Qo’shimchasi sizni bugun kamyob o’quvchiga, kelajakda esa noyob insonga aylantiradi.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<