O’quvchilarni obunachilardek ko’ring
Telegram, youtube yoki instagramda obuna bo’lgan kanallaringiz ro’yhatiga qarab chiqing.
O’zingizga kerak bo’lgan, qiziq yoki qachondir kerak bo’lib qolishi mumkin bo’lgan kanallarga obuna bo’lgansiz.
Siz kuzatadiganlaridan tashqari ham ko’plab foydalilari bor. Ammo u foyda sizga qiziq emas. Shu faktor sizni u kanallarda ushlab turmaydi.
Endi darsingizdagi o’quvchilarni obunachilaringizdek biling.
Siz berayotgan kontentlar ularga nima uchun kerak? Kerakdir ammo ular bilishdimi? Bilishgandir lekin qiziqmi?
Ularda siz kabi kanallardan chiqib ketish imkonlari yo’qdir ammo shunchaki kuzatmaslik, qiziqqanlarga ham kuzatishga imkon bermaslik yo’llari bor.
Insonlar bir narsani o’rganishga harakat qilishlari uchun agar biroz bo’lsa ham qiziqish aralashmasa ko’p holatda faqat foydaning o’zi kamlik qiladi.
Xulosa
1. Siz nima maqsadda o’rgangan bo’lsangiz shu maqsad bilan o’rgatishga ko’p kuch sarflamang. Maqsadlaringiz kesishmasa bu yo’l zararga ishlaydi.
2. Boshida osonini bering, qila olsin. Nima uchun kerakligini o’rganing, shuni o’rgating. Fan bilan hayot bog’lansa o’rganish davomiy bo’ladi.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<