TG Telegram Group & Channel
Javokhir Toshpulatov | Blog | United States America (US)
Create: Update:

Ilmi hol

Maktabda darsim 5 kun 08:30 dan 17:15 gacha. Online darslarim esa haftada 3 marta 1.5 soatdan. Top ustoz loyihamizdagi darsim ham haftada 2–3 marta 2 soatdan. Bular berish vaqtlarim.

Olish vaqtlarim esa: Haftada 2-3 kun 2+ soatdan mustaqil matematika bilan shug’ullanaman(hali ham). Har kuni 1 soat esa mutolaaga. Qolgan ishlarga ham vaqt bemalol qoladi.

O’tmishda yashagan olimlarni hayotini o’qiganimda va hozirgi zamonamizni men taniydigan katta ustozlarni kuzatganimda bir narsaga guvoh bo’ldim. Ular kunlarini uch qismga bo’lib olishgan.

Tijorat, ilm berish va ilm olish.

Tijorat birinchi darajali ehtiyojlarni qoplash uchun shart bo’lgan. Biz o’qituvchilarga hozir nisbatan yengilroq. Ilm berganimiz tijoratga ehtiyoj qoldirmaydi. Ikkitasiga vaqt ajratsak bas. Berish va olish.

Biz ustoz ekanmiz faqat berishga vaqt sarflasag-u ammo olishga sarflamas ekanmiz bizdan olish istagida bo’lganlar soni va sifati cheklanib boraveradi.

Doim o’qing. Xatolaringizni tan oling. Faningiz bo’yicha yangi ilmlarni o’rganing. Shaxsiyatingiz ustida ishlang. Hayotingizni o’qituvchilikda davom ettirish niyatingiz bor ekan bunga majbursiz.

Hozirgi bolalarni qoyil qoldirish qiyin. Bu esa ilmi holga ehtiyojimizni karrasiga oshiradi.

@javokhir_toshpulatov

>>Click here to continue<<

Javokhir Toshpulatov | Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)