Bilmasangiz bilmasligizni ayting
Oxirgi uch yilgacha ustozlarimni hech biridan “bilmadim” degan javob olmaganman.
Natijada “bilmadim” deyish bu uyat, obro’ni tushuradigan so’z degan noto’g’ri tushunchalar shakllanib qolgan ekan.
O’z sohasidagi mustahkam ilmidan tashqari kuchli shaxsiyatli insonlar bilan suhbatlashib, ulardan ba’zi savollarimga “bilmas ekanman” degan javoblarni eshitdim.
Boshida ular ilmiga shubxa bilan qaradim. Keyinchalik tushundim “bilmadim” demaydiganlar hamma narsani bilganidan emas, obro’sizlanishdan qochib bu so’zni ishlatishmas ekan.
O’rganganingiz sari biladiganlaringiz, bilmaydiganlaringiz oldida hech narsa emasligini bilib borasiz.
Bilmadim deya olish uchun ham insonda kuchli ilm va so’rovchining manfa’atini birinchi o’ringa qo’ya oladigan mustahmak etiqod kerak.
Xulosa
Bilmasangiz “bilmayman” deb ayting. Kibringiz kasriga so’rovchilar qolmasin.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<