TG Telegram Group Link
Channel: Javlon Jovliyev
Back to Bottom
✉️"Mana, yangi yil keldi, Xudo bizga avvalgisidan ko'ra baxtliroq bo'lishini nasib etsin!"

Aleksandr Pushkinning otasiga yozgan maktubidan

@javlonjovliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men muvaffaqiyat formulasini bilmayman, lekin men muvaffaqiyatsizlik formulasini bilaman - bu hozir ham hammani xursand qilishga harakat qilmoqda.

©️ Ernest Heminguey

@javlonjovliyev
Forwarded from Alibek Anvariy
​​ЙИГИТ БИР КУНДА БИР...


Кунда бир “уҳ” тортиш – эр қавмига тан!
Буюк ҳовур кўкка ўрлаши керак.
Ҳар кун ўзни қийнаб, ҳар кун ҳаётчан:
Йигит бир кунда бир терлаши керак!

Оқ ишми, қаро иш? – Қизиқмас мутлақ!
Пок ишми, ҳаром иш? – Муҳими шунда!
Бор қалбу шуурин бир ерда бутлаб,
Бир бор терлаши шарт, йигит бир кунда!

У азиз бошини саждага қўйиб,
Букилмас қаддини “Аллоҳ” деб букса...
Қандай бахт, ўзини осийга йўйиб,
Пешона терини “Тавба” деб тўкса!

Хуфтондан кейин ҳам бир ёруғлик бор,
Шунда ҳам хонумон шўрлаши керак!
Олтинчи маҳал у – чархи кажрафтор,
Йигит бир кунда бир терлаши керак!

Ҳеч қачон совимас оловнинг бели,
Бу умр, бу яшаш чексиз фараҳдир:
У сергак туради – уйғонар эли,
О, ўша
паллада
йигит
ярақлар!


Алибек Анварий

январ, 2025 й.
Ayollar sevgi haqida gapirishadi, sevishganlar haqida esa sukut saqlashadi, erkaklar aksincha: ular ma'shuqalar haqida gapirishadi, lekin sevgi haqida jim turishadi.

©️ Marina Svetayeva

@javlonjovliyev
Vaqtim yo'q, deb aytmang. Sizda Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Tomas Jefferson, Paster, Xelen Keller, Albert Eynshteyn, Tolstoy kabi vaqt bor.

©️ Jekson Braun

@javlonjovliyev
VERESHCHAGIN


Satang xonimlarning davrasi aro

U olis Turkiston ertagin so‘zlar.

Tegrada shukuhli, beg‘am bir sado,

Bashang quvonchlarga o‘rgangan ko‘zlar.

U so‘ylar Toshkandu Jizzax, Samarqand

Poyida qanday jon berganin sartlar.

Quvonchdan shivirlar: (Xonimlar tinglang!)

“Eh, bizning sollotlar, chinakam mardlar!”

Ko‘p yillar o‘tadi, anglar bir kuni

Boshqacha  so‘zlashi kerak edi u

Va o‘sha beshafqat lahzadan uni

Tark etmas hech qachon yarador qayg‘u.

Axir, yodida-ku: Toshkand yonida

Sarmast kazaklarni jarga boshlashar...

Go‘dakka o‘q uza olmagan bitta

Yoshgina soldatni chopib tashlashar.

Beshafqat haqiqat qaytadi qalbga,

U shunda anglaydi, anglatar ranglar;

Miltiq o‘qtalganlar – boshqa Rossiya,

Boshqa Rossiyadir o‘q uzmaganlar.

Ko‘zlarin oldida qotar abadiy:

(bu balki vijdonning o‘lmas mujdasi)

Miltiqning tig‘iga sanchilgan mitti –

Qonlarga bo‘yalgan go‘dak murdasi.

Balki shuning uchun tunlar Isoga

Yolvorib, sig‘inib, yosh to‘lib ko‘zga,

Urush maydonlarin egallab olgan

Quzg‘unlar to‘dasin chizar u bo‘zga.

Qonli kunlar haqqi endi u bedor,

Ko‘zini yumishga qo‘rqadi, hayhot,

Tig‘larga sanchilgan go‘daklar takror

Qichqirar ko‘zini yumgani zahot.

O‘sha kunlar haqqi, qo‘rquv, g‘am ichra

Zulmat bandalari qilgan shum, basir,

Qonli gunohlarni jon chiqargacha

Yuvolmay dunyodan o‘tdi musavvir.

Xurshid Davron

@javlonjovliyev
Hayot o'tgan kunlar haqida emas, balki esda qoladigan kunlar haqida.

©️Gabriel Garsiya Markes

@javlonjovliyev
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Катта одам ҳақида кичик ҳикоя

Бугун кино ва ижтимоий ҳаёт ҳақида гаплашамиз. Ўзбекнинг Мурод Муҳаммад Дўст деган ёзувчиси бор. Миллатнинг фахри дейишга муносиб ёзувчи. Бу ижодкорнинг киночилиги ёзувчилигидан кам эмас. Режиссёр Жаҳонгир Қосимов мана шу севимли ёзувчимиз киносценарий асосида “Дев ва пакана” деган жуда ажойиб филмни суратга олган. Картинадаги бош қаҳрамон – жуссаси катта йигит аслида жамиятдаги қалби катта инсонларнинг рамзий образи. Видео мана шундай чинакам катта инсон ҳақида.

📹 YOUTUBE'ДА ТОМОША ҚИЛИНГ
Har doim xursand bo'lib yuring va tabassum ulashing. Umringizni uzaytirasiz, do'stlaringizni xursand qilasiz, dushmanlaringizni bezovta qilasiz.

©️ Bernard Shou

@javlonjovliyev
Aqlli odamlar xafa bo'lmaydi, balki xulosa chiqaradi.

©️Agata Kristi

@javlonjovliyev
Ko'rsatganingizdan ko'proq narsaga ega bo'ling. O'zingiz bilganingizdan kamroq gapiring.

Uilyam Shekspir

@javlonjovliyev
Taniqli jurnalist, yozuvchi va shoir Oʻljaboy Qarshiboy bilan!

@javlonjovliyev
Forwarded from Orif Tolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Августдан кейин ҳаммаси яхши бўлиб кетади...” — марҳумликда машҳурликка эришган деҳқон

Шоҳимардонлик отахоннинг соддалик билан айтган гапларини ижтимоий тармоқларда эшитмаган одам топилмаса керак. Ҳаётлигида қўшнилари-ю қариндош-уруғидан бошқа ҳеч ким танимаган оддий деҳқонни у 33 йил аввал берган интервюси машҳур қилди. Ўлимидан бир неча йил ўтиб эса унинг суҳбатдаги жумлалари оммалашди, ҳатто айримлари мемга ҳам айланиб улгурди. Kun.uz мухбири марҳум Исмоил отанинг ўғиллари билан суҳбатлашишга муваффақ бўлди.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
🕊Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! 

Men ijodiy ta’tilga chiqayotganim uchun ushbu o‘zan, boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim ma’lum bir vaqt ishlamaydi. 

Nasib qilsa yangi asar va yangi ruh bilan qaytamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, azizlar! 🙌🍀

Barchangiz yaxshi kayfiyatda va salomat yuribsiz, degan umiddaman🤲🏇.

Va’da qilganimday 5-6 oylik ijodiy tanaffusdan so‘ng qo‘limda kattagina roman bilan ortga qaytdim!🤝

Va nihoyat uddaladik! ⭐️Xudoga shukur!

Sizlarga yangi asarim haqida batafsil ma’lumotlarni birinchi boʻlib yetkazib boraman!  Yangiliklarimiz juda-juda ko‘p!👏

Bugungi tig'iz dunyoda bizning sahifani-da kuzatishda davom etganingiz uchun, sabr bilan kutganingiz uchun ming-ming rahmat aytaman!🙏

Boringizga shukur, hurmat bilan Javlon Jovliyev!


💌@javlonjovliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshi kitob - inson! Uni mutolaa qiling…🤝

@javlonjovliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2025/06/26 19:31:57
Back to Top