TG Telegram Group & Channel
iTeach academy | United States America (US)
Create: Update:

🇺🇿 Yandex Uzbekistan talabalar va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun Coding and Math Contest intellektual tanlovini boshladi

Yandex Uzbekistan tomonidan dasturlash va matematika fanlari bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest tashkil etilmoqda. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ariza topshirishlari mumkin.

📌 Tanlov ikki bosqichda, masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkaziladi: ishtirokchilar dastlab dasturlash bo‘yicha, so‘ngra esa matematika bo‘yicha topshiriqlarni bajaradilar. Ushbu topshiriqlar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan:
👨‍🏫 Dasturlash bo‘yicha — Andrey Stankevich, xalqaro ICPC (International Collegiate Programming Contest) jahon chempionatining eng mashhur murabbiyi,
📐 Matematika bo‘yicha — Aleksey Tolstikov, Yandex Ma’lumotlar Tahlili Maktabi direktori va Mahmud Sodiqov, sun’iy intellekt yo‘nalishida ishlovchi katta muhandis (Senior AI Engineer), magistratura darajasi Moskva Fizika-Texnika Institutida (MIPT) olingan.

📍 Ikki bosqich natijalari asosida g‘oliblar aniqlanadi va ular Toshkent shahridagi New Uzbekistan University binosida o‘tkaziladigan tantanali taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ajratilgan: pul mukofotlari, zamonaviy gadjetlar hamda Yandex Plus servisidan bepul foydalanish imkonini beruvchi promokodlar. Umumiy mukofot jamg‘armasi 65 million so‘m bo‘lib, ushbu summa 1-o‘rindan 8-o‘ringacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

🗓 Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 18-aprelgacha ochiq.
📍 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: [https://cmc.yandex.uz/](https://cmc.yandex.uz/)
📣 Tanlov to‘liq ingliz tilida o‘tkaziladi va ishtirok etish mutlaqo bepul.
📅 Tanlov natijalari 2025-yil 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

👉 Mazkur loyiha New Uzbekistan University, ML Community (INHA University qoshidagi hamjamiyat) va Yandex Ma’lumotlar Tahlili Maktabi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube

>>Click here to continue<<

iTeach academy

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)