🧠 Prompt Engineering nima o‘zi?
AI bilan samarali ishlashni xohlaysizmi? U holda “to‘g‘ri savol bera olish” — eng muhim ko‘nikmalardan biri.
Prompt Engineering — bu sizning AI (masalan, ChatGPT) bilan qanday “gaplashishingiz”ni, undan to‘g‘ri va kerakli javobni olishingizni ta’minlaydigan san’at va texnikadir.
💡 Misol uchun:
❌ Oddiy prompt:
Menga sayt kodi yozib ber.
✅ Yaxshilangan prompt:
Laravel 9 da blog sayti yaratmoqchiman. Admin panel bo‘lishi kerak, postlar va kategoriyalar CRUD funksiyalari bilan. Bosh sahifada oxirgi postlar chiqsin. Kodini yozib ber.
✅ Prompt yozishda e’tibor berilishi kerak bo‘lganlar:
1. Aniqlik – Nima xohlayotganingizni aniq ayting.
2. Kontekst – AIga kerakli ma’lumotlarni oldindan bering.
3. Chegaralash – Natijani belgilab bering (masalan, “3 ta misol bilan”).
4. Format – Natija qanday ko‘rinishda bo‘lishini yozing (jadval, kod, ro‘yxat).
5. Rol berish – “Sen tajribali frontend dasturchisan” deb boshlash javob sifatini oshiradi.
Xohlasangiz, keyingi postlarda “Prompt kutubxonasi”, “Kod yozishga doir promptlar” yoki “Prompt misollar to‘plami” haqida ma'lumotlar beramiz.
Davom etamizmi? 🔥
💻 @it_ishkal — Har qanday muammoning решаласи
>>Click here to continue<<