TG Telegram Group Link
Channel: islom.me!
Back to Bottom
🤡📈📕📗📘📙📝🗿🦉🛡🧱🎇🌄
Доимо меҳнат ила машғул бўл! Ўзингга меҳнатни офат билма ва меҳнатинг учун мақташлари ёки ачинишларини кутма. Омманинг фаровонлиги — сен учун олий мақсад бўлсин.

Марк Аврелий
Ўзимни «Redis»имни ясаб кўрдим.

CodeCrafters лойиҳаси, катта-катта лойиҳаларни оддий кўринишини 0 дан ясашга мажбурлайдиган лойиҳадир. Сизга кетма-кет топшириқлар беради ва сиз уни бажаршингиз керак. Битта лойиҳани бажариш учун 50$ бериш керак, лекин ҳали бета стартап бўлгани учун "Early access program" мавжуд.

Бир ойча олдин CodeCrafters лойиҳасини "Early access program"ига ёзилиб қўйган эдим. Инвайт бирданига келмагани учун энди келмаса керак деб ўйлаган эдим. Бугун почтамга қарасам инвайт келган экан.

Инвайт олишим билан Node.js (Javascript) ёрдамида Redis лойиҳасини оддий кўринишини қилиб кўрдим. Redis жудаям машхур key-value маълумотлар омбори турига кирувчи лойиҳадир. Иш пайтида ишга кетган вақтимни ҳисобламасам, деярли 1,5 соатда қилибман. Ўзимдан фахрланяпман 🥳😄
kitobman.uz - bunday loyiha borligini bilarmidingiz? Men ham.

Goodreadsni o'zbekcha shakli.
Hozir saytga kirib aylanib chiqdim. Menga yoqdi. O'zi ko'p kitob o'qimayman, lekin manashunaqa odamlarni kitob o'qiyotganlarini ko'rib, nima o'qiyotganlarini ko'rganimdan keyin men ham kitob o'qib maqtangim kelib qoladi)))

O'qigan yoki o'qimoqchi bo'lgan kitoblaringizni belgilab, o'qib bo'lganingizdan keyin shu kitob haqida boshqalarga ham o'z fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin ekan. Ajoyib a? (:

Qisqasi shu saytdan foydalanib ko'ring.
Odamlar imtihon topshiradigan va boshqalarga imtihon topshirishga o'rgatadigan, bu o'z-o'zini targ'ib qiluvchi tizim qanday qilib kimnidir o'qimishli qilishini tassavur qilolmayman - Richard Feynman
Men biror narsaning nomini bilish va o'zini bilish o'rtasidagi farqni juda erta bilib olganman - Richard Feynman
Ричард Фейнманни "surely you're joking mr. feynman" китобини яна бошқаттан ўқиб чиқиш истаги пайдо бўляпти. Русчасини ўқигандим. Бу сафар инглиз тилида ўқиб кўрмоқчиман. Ўсмир пайтимда анча-мунча яхши тарафга бурган китоб шу. Китобда хам илм, романтика ва қизиқарли воқеалар кўп.
💥👊
Channel photo updated
Shunday qilib o'rtoqlar comeback.

Oxirgi vaqtlar menda input (ya'ni ma'lumot qabul qilish) ko'payib ketgani sabab outputni (ya'ni ma'lumot chiqarish) ko'paytirmoqchiman. Bu menga juda kerak chunki fikrimni tushuntirib berishda ancha qiyinchiliklar bor. Bunda blog praktika qilish uchun ancha yordam beradi. Doim telegramda blog yuritishga qarshi bo'lganman, lekin nachora o'zbek tilida blog yuritilsa telegramdan boshqasida ko'pincha o'qishmaydi va chetda qolib ketadi. Lekin vaqt topsam alohida yana blogning web variantiga ulab qo'yaman. Menga eng asosiysi indeksatsiya bo'lsa bas. Kimdir qimmatli ma'lumotni qidirganda topolsa bas, telegramda esa hozircha bu bo'yicha muammo bor.
Oxirgi vaqtlarda ishxonamda yaxshi file serverlarga muxtojlik paydo bo'lgani uchun MinIO Object Storage'ni o'rganishni boshlagandim. Va MinIO o'rganish vaqtida yanada ko'p narsalarni o'rganishga majburladi.

Hozirda har xil foydali maqolalardan o'rganib boryapman.

Bugun Erasure Coding haqida bilib olishingiz mumkin. Erasure Coding MinIOning asosiy imkoniyatlaridan biri ekan. To'liq emas lekin kirish uchun yetarli bo'lsa kerak.

Vaqt o'tib MinIO o'zi nimaligini tushuntirib beraman.

https://islomme.notion.site/Erasure-Coding-7c0d4d692954465381861fffa8daf3b4
Algoritm va ma'lumotlar tuzilmasini (data structures) o'rganuvchilar bo'lsa, Tinkoff Generation kursida o'tiladigan materiallarni bazasi bor ekan.
Boshlovchilarga tushunish qiyinlik qiladi, lekin tajribasi borlarga tez qaytarib olish yoki yangi algoritm yoki muammoni yechish usullarini o'rganib olishga yaxshi resurs ekan.

https://ru.algorithmica.org/cs

Saytning inglizchasida esa juda qimmatli darslar joylashgan. Ingliz tilini bilsangiz Hardware'lar ishlash prinsipi va algoritmlar haqida bilim olishingiz mumkin, avtor hali kitobini tugatmagan bo'lsada, foydali va chuqur tushuntirilgan ma'lumotlarni ko'rdim.

https://en.algorithmica.org/hpc
Yaxshi xabar bor! Yandex kuzda rasman ofis ochyapti Toshkentda! Talaba, ITda o'qayotgan yosh ukalarimiz Yandexda nafaqat haydovchi yoki dostavkachi bo'lib endi dasturchi bo'lib ishlashlari ham mumkin!

Birinchi uch oydan olti oygacha ish haqi toʻlanadigan stajirovka bo'lar ekan. Stajirovkada o'zingizni yaxshi ko'rsatsangiz ishga olisharkan, agar student bo'lsangiz, o'qishingiz tugaganidan so'ng ishga olish garantiyasini berisharkan. Stajirovkaga qabulning kasbning turiga qarab o'zini shartlari bor!

Bosinglar gazni!
https://yandex.uz/yaintern/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shukronalik

1962-yilda suratga olingan "Bu uy qora" (The House Is Black, 1962) filmidan, Eronning "Moxovlar uyi"da tasvirga olingan.

Bu sahna moxovlar jamiyatidagi sinfxonada o‘tadi, u yerda barcha "shakli o‘zgargan" bolalar Yaratganga shukr qilish uchun yozganlarini ovoz chiqarib o‘qimoqdalar.

Bir o‘quvchi - Meni sen yaratganing uchun, Xudo, minnatdorman, meni sevuvchi onamni yaratganing uchun, mehribon otamni yaratganing uchun minnatdorman.

Boshqa o‘quvchi - Men oqib turgan suv va mevali daraxtlarni yaratganing uchun, Xudo, minnatdorman.

Yana bir o‘quvchi - Men ishlash uchun menga qo‘llar berganing uchun, Xudo, minnatdorman.

Yana bir o‘quvchi - Men bu dunyoning mo‘jizalarini ko‘rish uchun ko‘zlar berganing uchun, minnatdorman.

Yana bir o‘quvchi - Men go‘zal qo‘shiqlarni eshitish uchun menga quloqlar berganing uchun, minnatdorman.

Yana bir o‘quvchi - Men xohlagan joyimga borish uchun oyoqlar berganing uchun minnatdorman.

Tasvir ustidan yana bir ovoz kelardi:
Senga jahannamda kimlar hamdu sano aytmoqda, Ey Parvardigor? Kimlar bu?
Shukronalik

Ko’p hollarda hayotda ko’p narsalarga ba’zida siqilaman, ba’zida havotir olaman, ba’zida qo’rqaman. Xuddi hayotim og’irdek tuyuladi. Oddiy sinovlar ham katta sinovlardek ko’rinadi.
Hayotimdan qoniqmayman. To’qlikka sho’xlik qilaman. Shukrona bo’lolmayman.

Hayotda haqiqiy qiyin sinovlardan o’tayotgan odamlarni ko’rsangiz, bilarkansiz, hamma muammolarimiz mayda-chuyda ekanligini. Yana ularni nimadiri bo’lmay turib, shunday qiyin sinovli hayotidan qoniqib, shukrona yasha olayotganiga o’zimdan uyalib ketaman. Rostdanam men shunaqa ma’nosiz narsalarga siqildimmi, qiynaldimmi, ezildimmi? Ey Parvardigor, o’zing kechir!

Allohga shukr, Alloh yaratgan dunyoni go’zalligini ko’rishga ko’zim bor.

Allohga shukr, Alloh yaratgan dunyoni go’zal ovozlarini eshitishga qulog’im bor,

Allohga shukr, Alloh yaratgan shirin noz-ne’matlarni tatishga tilim, og’zim bor.

Allohga shukr, Alloh yaratgan har bir menga yoqqan va menga kerakli narsaga qo’l teqqizib, his qila olaman va xohlagan joyimga borolshim uchun oyoqlarim bor.

Allohga shukr, Alloh yaratgan mehribon va yaxshi odamlar atrofimda bor.

Allohga shukr!
HTML Embed Code:
2025/06/29 00:32:59
Back to Top