TG Telegram Group Link
Channel: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"
Back to Bottom
Forwarded from "Innovator" jurnali
🏆Yozuvchilar ham Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi mumkinligidan xabardormisiz?🧐
Ma'lum bo'lishicha, 1901-yildan buyon ushbu yo'nalish bo'yicha har yili adabiy asar mualliflari ham taqdirlanib kelinar ekanlar.

📖Vicente Aleixandre (26.04.1898 - 14.12.1984) — Sevilyalik mashhur ispan shoiri. Ijodkor "insonning kosmosdagi hamda hozirgi jamiyatdagi holatini yorituvchi ijodiy she'riy yozuvi uchun" 1977 yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

🖋"Jannat koʻlankasi" (1944), "Soʻnggi tugʻilish" (1953), "Qalb tarixi" (1954), "Botiniy dialog" (1974) kabi insonparvarlikni targ'ib qiluvchi lirik to'plamlari mashhurdir.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#Nobel_laureti

🏆Abdurazzoq Gurna

✔️2021 yil
adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti "madaniyatlar va qit'alar orasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdirini murosasiz va rahmdillik bilan aks ettirgani uchun" tanzaniyalik yozuvchi Abdurazzoq Gurnaga berildi. 73 yoshli yozuvchi mukofot tariqasida 10 million shved kroni (taxminan 1 million 140 ming AQSh dollari)ni qo‘lga kiritdi.

✔️"Uning romanlarni stereotipik ta'riflardan xoli va ular bizga dunyoning boshqa joylaridagi ko‘plab insonlarga tanish bo‘lmagan Sharqiy Afrikani ochib beradi", deyiladi qo‘mita bayonotida.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
1800 yilda tashkil etilgan Amerika Kongress kutubxonasiga tashrif buyurish haqiqiy kitobsevarlarning orzusidir.

164 milliondan
ortiq kitoblar hamda qo'lyozmalarni o'z ichiga jamlagan holda, u dunyodagi eng katta kutubxona hisoblanadi. 1350 kilometr uzunlikdagi kitob javoni esa hammaning ham aqlini shoshiradi!😉

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚 Poytaxtimizning to‘rt hududida “Kitob uychalari” o‘rnatildi.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
😍"Mehribon Kutubxona"😍

⚡️Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi ko'p qavatli uylarning birida kitob targ'iboti📚 innovatsion usulda yo'lga qo'yilganligi haqida bizga xabar jo'natishdi😍 Ishonamizki, bunday ajoyib yondashuv yurtdoshlarimizni yanada ko'proq mutolaa bilan shug'ullanishlariga sabab bo'ladi😊

📌Agar sizda ham bu turdagi kreativ g'oyalar mavjud boʻlsa, bizga yoʻllang!

🚀Birgalikda innovatorlarni kashf etamiz!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
QAYSI MILLAT VAKILLARI KO'P KITOB O'QISHADI?🧐

Yahudiy yoki yapon xalqi deyishga shoshilmang!

📚Islandiyada dunyodagi eng kitobsevar xalq yashaydi. Oddiy baliqchisi ham ovidan so'ng o'tirib, mutolaa qilmasa, ko'ngli joyiga tushmaydi.

📉Aholisi bir hovuch — 368 590 kishi. Kuniga 8-9 soatni o'qib-o'rganishga sarflamasa, hisobmas.

🖌Bir island noshirining hisob-kitobicha, har olti kishidan bittasi o'z romanini yozishga tayyor turar ekan. Hatto, buni isbot qiluvchi maqollari ham bor ekan: "Dentro de cada uno vive un libro (Har bir inson qalbida kitob yashirin)".

Facebook I Telegram I Web I Instagram
"Bibliosmiya" — kitob hididan zavqlanadiganlarga aloqador atama.

📚Ayrimlar eski bitiklardagi allaqanday zax, nam isni tuyishni, ba'zilar yangi chop etilgan asarlarning yelimi, qog'ozi hidini his etishni yoqtiradi.

🗞Hatto, aksar kitobxon tanloviga hid sezilarli darajada ta'sir qiladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📝Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Fursatdan foydalanib, jonkuyar soha egalarini chin dildan tabriklaymiz.

Qalamingiz o'tkir, so'zingiz ravon va ijodingiz doimo gullashini tilab qolamiz! Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, dasturxoningizdan fayz-baraka arimasin!

Xurmat bilan, "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnali jamoasi

Facebook I Telegram I Web I Instagram
​​📚Hozirgi zamonning shoshqaloq odamini qadimgi ajdodlaridan ko'ra tezroq o'qiydi, deb hisoblashadi. Xo'sh, siz bir daqiqada nechta jumla o'qiy olasiz?

Tarixni titkilasak, quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lamiz:

— Mashhur fransuz imperator va polkovniklari uchun daqiqasiga 2000 ta so'z o'qiy olmaslik sharmandali holat hisoblangan;

— Maksim Gorkiy esa bir daqiqada naq 4000 ta so'z o'qishga erishgan;

— Onore de Balzak 30 daqiqada o'rtacha hajmdagi (taxminan 180-200 betlik) bus-butun romanni mutolaa qilib qo'ya qolgan;

—Bibliograf Nikolay Rubakin umri davomida 250 ming kitobni o'qib tugatgan;

— Mashhur ixtirochi Tomas Edison bo'lsa juda antiqa usulda kitob mutolaa qilgan: bir varaqning 2-3 satrini o'qib, butun boshli gap mazmunini tushungan-qo'ygan;

— Ota-boblarimiz ham muqaddas kitoblar, diniy, dunyoviy ilmlarni egallashda faqat mutolaadan quvvatlanishgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
​​⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Agrobiznesda innovatsion faoliyat" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🔻Darslikda agrobiznesda innovatsion faoliyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, agrar sektorda innovatsion faoliyatning nazariy va amaliy jihatlari hamda uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan.

🔻Mazkur darslik agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, usullari hamda innovatsion siyosat va innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari, agrobiznesda innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, qayta ishlash va realizatsiya qilishda innovatsion faoliyat, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish, innovatsion faoliyat, innovatsion loyihalar, ularni samaradorligini baholash usullari, agrobiznesda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari va tavakkalchiligini boshqarish, agrobiznesda innovatsion faoliyat samaradorligini baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Amaliy ekonometrika" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

O‘quv qo‘llanma bakalavr va magistrlarni, iqtisodiyot, moliya va menejment sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy-matematik modellarni kompyuterlar yordamida qurish va sozlashning turli usullari o‘rganiladi. Juft va ko‘plikdagi regressiyaning chiziqli va chiziqsiz modellari, narxlarni prognoz qilish va fond bozorida qimmatli qog‘ozlarning optimal portfelini shakllantirish va bir nechta tenglamalardan tashkil topgan makroiqtisodiy modellar ko‘rib chiqiladi. Model parametrlari xatoliklarini baholashga, jumladan Monte-Karlo usuliga e’tibor beriladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
Dasturchilar ko'rishi kerak bo'lgan TOP 5 filmlar

🎬 Odatda, dasturlash sohasiga kirib kela boshlaganingizda bu yo’nalishda film ko’rishni xohlashingiz tabiiy. Bu jarayon sizga yangi o'rganayotgan sohangizni mohiyatini anglab yetishga va dasturlash aslida qanday kasb ekanligini tushunishingizda yordam beradi.

Quyida dasturchilar ko'rishi kerak bo'lgan TOP 5 filmlarni taqdim etamiz:
— Hacker 2016
— Snowden 2016
— The Pirates of Silicon Valley 1999
— Durov 2021
— The Social Network 2010

🍿 Ushbu dasturlash va IT sohasiga oid filmlar, bo'sh vaqtingizni maroqli o’tkazishingizga yordam beradi degan umiddamiz.

💬 Siz qaysi filmlarni tavsiya qilgan bo'lardingiz? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from Zoomrad
Ofisdagi barcha xodimlarning necha foizi shaxsiy ishlariga kuniga ikki soat vaqt sarflaydi?
Anonymous Quiz
36%
10% dan ortiq
37%
50% dan ortiq
27%
30% dan ortiq
Forwarded from davletovuz
❗️Расман

9 июль Қурбон ҳайити байрами этиб белгиланди

“Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2022 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 9 июль – шанбага тўғри келиши муносабати билан Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

❗️Президент фармонига мувофиқ, 2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланган.

🔰 Шунга кўра, Қурбон ҳайити арафасида иш ҳафтасининг туридан қатъи назар 4 кун дам олинади. Бунда:

● 9 июль (шанба) – Қурбон ҳайити байрами;
● 10 июль (якшанба) – дам олиш куни;
● 11 июль (душанба) – барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
● 12 июль (сешанба) – 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун 16 июль (шанба) дан кўчирилган дам олиш куни.
Forwarded from MinInnovation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзбекистон Республикасининг Давлат герби тўғрисида”ги қонун қабул қилинганига 30 йил

@mininnovation
HTML Embed Code:
2022/07/03 04:56:35
Back to Top