TG Telegram Group Link
Channel: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"
Back to Bottom
⚡️Buyuk Britaniyaning “Daily Telegraph” gazetasi tomonidan dunyoni o'rgartirgan deb e'lon qilingan 10 ta mumtoz asarlar bilan tanishishda davom etamiz!

«Manmanlik ko‘rgazmasi: qahramonsiz roman»

Ingliz yozuvchisi Uilyam Tekkerey (1811-1863)ning Napoleon urushlari haqidagi ushbu romani 1847-1848 yillari “Punch” hajviy jurnalida chop etilgan. Unda inson fe’l-atvorining eng qora sahifalari o‘tkir yumor bilan tasvirlangan. Asar 1911-2004 yillar orasida 10 marta ekranlashtirilgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xaloqaro ishlar andozasi" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

♦️Ushbu o‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlaridan samarali va oqilona foydalanishga oid nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni jamlanganligi bilan ahamiyatlidir.

♦️O‘quv qo‘llanma 5231700 – Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishi talaba­lariga, shuningdek, xalqaro ishlash andozasi yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Urush va tinchlik»

🔹Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» epopeyasi Tolstoyning eng go‘zal ijod namunalaridan biridir. Ayrim rus adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalar-da, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-1807 va 1812-1814 yillardagi harbiy yurishlari mavzusiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Ushbu kitobda 550 dan ortiq qahramonlar mavjud bo‘lib, ulardan 200 nafari tarixiy shaxslardir.

🔹Asar 1913-2016 yillar orasida 11 marta ekranlashtirilgan. Bu asar Kibriyo Qahhorova va Abdulla Qahhor tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xaloqaro raqobat siyosati" nomli kitob nashr etildi.

🔹Ushbu o‘quv qo‘llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti hamda shu fan bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari asosida magistrantlar uchun tayyorlangan. Unda xalqaro raqobat nazariyalari, jahon bozoridagi raqobat usullaridan foydalanish mexanizmlari, O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini shakllantirishning strategik maqsadlari o‘z aksini topgan.

🔹O‘quv qo‘llanmada raqobatga oid turli nazariyalar, konsepsiyalar, strategiyalar va modellarni tahlil va sintez qilinib, ulardan zarur g‘oyalar va xulosalar keltirib chiqarilgan. Qo‘llanma birinchi navbatda magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan mustaqil izlanuvchilar, talabalar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Devid Kopperfild»

▪️Ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens (1812-1870)ning tarjimai hol yo‘sinidagi «David Kopperfild» (1850) romanida o‘sha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari ko‘rsatilgan. Tolstoy va Dostoevskiy ham romandan ta’sirlanganlarini yozishgan.

▪️Asar 1911-yildan boshlab bir necha marta ekranlashtirilgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xavfsizlik va texnologiya" nomli kitob chop etilmoqda.

♦️O‘quv qo‘llanmada xavfsizlik va texnologiya fanining nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan.

♦️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Iqtisodiy xavfsizlik bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan, shuningdek, xavfsizlik va texnologiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchi ko‘p sonli kitobxonlarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
🧩"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xalqaro menejment" nomli kitob chop etilmoqda.

✔️Ushbu darslik xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro biznes boshqaruvi sohasida xalqaro menejment fanining ahamiyati, uning asosiy vazifalari hamda zamonaviy ilmiy tadqiqot usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga, xalqaro bozorlarga integratsiya qilish masalalari va bu boradagi jahon tajribalarini o‘rganish, tadqiq etishni maqsad qiladi.

✔️Darslik Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlar va marketing sohasida bilimlarini oshirishni istagan kitobxonlarning keng auditoriyasi uchun mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Gulliverning sayohatlari»

🔰Ingliz yozuvchisi Jonatan Svift (1667-1745)ning ushbu romani (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o‘tkir aybnomadan iborat. Gulliverning hayoliy o‘lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bog‘liq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligini aks ettirgan.

🔰Asar 1902-2010-yillar orasida 10 marta ekranlashtirilgan. Bu asar o‘zbek tiliga Sotiboldi Yo‘ldoshev tomonidan tarjima qilingan (1974).

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Ta'lim va o'rganish nazariyasi" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

🔹Qo‘llanmada Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) yo‘nalishi kadrlariga bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va o‘rganish bo‘yicha nazariyalar, uzluksiz ta’lim, ta’lim jarayonining metodologik asoslari, ta’lim jarayonida didaktika, psixologik o‘rganish, kognitiv o‘rganish, rivojlantiruvchi ta’lim, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni, kasbiy faoliyatning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ijtimoiylashuv ijtimoiy-pedagogik voqealar, o‘qitish prinsiplari haqida asosiy qoidalari va tushunchalari aks ettirilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«G'urur va xurofot»

▪️
Ingliz adibasi Jeyn Ostin (1775-1817)ning ushbu romani 1796-1797-yillarda yozilgan bo‘lsa-da, uzoq yillar nashriyotlar tomonidan rad etilib, chop etilmaydi. Roman 1813-yildagina nashrdan chiqadi.

▪️Asar asosida bir nechta filmlar ishlangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Agrobiznesda innovatsion faoliyat" nomli kitob chop etilmoqda.

🧩Darslikda agrobiznesda innovatsion faoliyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, agrar sektorda innovatsion faoliyatning nazariy va amaliy jihatlari hamda uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Barsetshir solnomalari»

🔺Ingliz yozuvchisi Entoni Trollop (1915-1882)ning olti romandan iborat ushbu to‘plami viktorian davri hajviy adabiyotining yuksak namunasi hisoblanadi. Muallif asarda o‘z davrining siyosiy, ijtimoiy masalalarini hajv yo‘li bilan ochib tashlaydi.

🔻Ushbu asar asosida 1982-yili film ishlangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
👉Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

1949-yilda Parijda ayollar demokratik federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, deb tan olingan. Ushbu bayram ilk marta 1950-yilda nishonlangan.

Bolalarni himoya qilish kuni kattalarni bolalarning fikr erkinligi, ta’lim olish, zo‘ravonlikdan himoya qilish va yashash huquqlarini hurmat qilishga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Ota-onalar, davlat singari bolalarning huquqlari va erkinliklarini tan olishlari hamda hurmat qilishlari kerak. Bu 1959-yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari deklaratsiyasi”da aytilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha bolajonlarni "Innovator" jurnali jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Yuzlaridan beg‘ubor tabassum va qalblarida o‘ziga bo‘lgan ishonch sira tark etmasin! Orzulari osmon bolalarning barcha umidlari, albatta, ro‘yobga chiqsin!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Zamonaviy xavfsizlik bo'yicha tadqiqotlar" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

♦️O‘quv qo‘llanmada zamonaviy xavflar va ularni bartaraf etishning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan.

♦️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5А232401 – “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar va shu sohaga qiziquvchi ko‘p sonli kitobxonlarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️Buyuk Britaniyaning “Daily Telegraph” gazetasi tomonidan dunyoni o'rgartirgan deb e'lon qilingan 10 ta mumtoz asarlardan 1-o'rinda turadigani — «Iliada» va «Odisseya»

🔸Qadimgi yunon mutafakkiri Homer (m.a. 8-asr)ning «Iliada» va «Odisseya» asarlari qahramonlik eposi bo‘lib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat she’rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy voqealar ham aks etgan. Ushbu asarlar jahon adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan.

🔸Homerning «Iliada» va «Odisseya» eposlarini o‘zbek tiliga Qodir Mirmuhamedov o‘girgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xalqaro ishlash andozasi" nomli o'quv qo'llanma chop etidi.

🔰Ushbu o‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlaridan samarali va oqilona foydalanishga oid nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni jamlanganligi bilan ahamiyatlidir.

🔰O‘quv qo‘llanma 5231700Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishi talaba­lariga, shuningdek, xalqaro ishlash andozasi yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Aholi o'zgarishini tushunish" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🧩Ushbu o‘quv qo‘llanmada aholi o‘zgarishlari bilan bog‘liq jarayonlar, ularni o‘rganish manbalari, tug‘ilish va o‘limning demografik mohiyati, aholining son va sifat xususiyatlari, aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlari, aholining jins, yosh, nikoh va oilaviy tarkibi, oilaning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, aholi migratsiyasi, demografik prognozlashtirish va demografik siyosat masalalari yoritilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "История литературоведческих учений (Adabiy ta'limot tarixi)" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

🔰Ushbu darslik 5A120101 – «Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)» mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarni kasbiy tayyorlashda «Adabiy taʼlimot tarixi» fundamental faniga muvofiq tuzilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📖МУТОЛААНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ 10 УСУЛИ

🗣XXI асрни ахборот асри деб атаса ҳам бўлади. Сабаби биз қабул қилишимиз даркор бўлган маълумотлар шу қадар кўпки, баъзида уларни саралаш биз учун қийин масалалардан бўлиб қолади. Балки шунинг учунми кўп ҳолларда мутолаа учун сарфлашимиз лозим бўлган дақиқаларимизни бошқа ишларга ёки бўлмаса бекорчилик йўлида ишлатиб юборамиз. Буни қарангки, мутолаани ривожлантиришнинг ҳам йўли бор экан.

🔟Қуйидаги 10 маслаҳат айнан шу хусусида!

Батафсил маълумот

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Sanoat statistikasi" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🔻O‘quv qo‘llanmada sanoat tarmog‘ida mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish, mehnat bozori va ish vaqtidan foydalanish, asosiy fondlar, energetik va ishlab chiqaruvchi mashina va uskunalar, ishlab chiqarish xarajatlari va korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (foyda, rentabellik darajasi) statistikasiga doir uslubiy ko‘rsat­malar va amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar bayon etilgan.

🔻O‘quv qo‘llanma “Iqtisodiyot”, shu jumladan “Statistika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari hamda magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarga mo‘l­jallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
HTML Embed Code:
2024/04/19 23:57:39
Back to Top