TG Telegram Group Link
Channel: Ildiz kitoblari | Rasmiy kanal
Back to Bottom
#bugun

🎀 Bu insonni qalbimizdagi ishqimiz bilan yaxshi bilamiz. Chunki, kitoblari, xulqlari bilan oʻrnak va ustoz oʻlaroq bizga haq chirogʻi boʻldilar.

Keling, bugun fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblari haqida qalbimiz qisqa jumlalarda soʻzlasin:

• "Ruhiy tarbiya" — Koʻngilni poklash imkoni;
• "Ijtimoiy odoblar" — Haqiqiy mehrni tuyish;
• "Iymon" — Sahifa ochuvchi;
• "Tafsiri hilol" — Maʼnolar xazinasi;
• "Kifoya" — Adolatli hukm
• "Hadis va hayot" — Adashmaslik uchun kalit
• "Baxtiyor oila" — Oʻqimasdan oila qurmang!


❤️ Siz ham kitoblarga taʼrifni izohlarda davom ettiring!

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥35👍10🍓76🕊3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dadalar rost aytadi... 🥹

📈 Ular masʼuliyatni doim yelkalarida koʻtargancha farzandlari mustahkam ildizda turishi uchun harakat qilishadi.

Ilm daraxtlari koʻkarishi uchun birlashgan "Ildiz" nashriyoti "Imomi Aʼzam izidan" kitobini taqdim qiladi. Bu kitob dadalarimizning ham tanlovi!

"Oltmish yetti"lar roʻyxatidan oʻrin olgan, Imom Abu Hanifani eʼtirof etgan olimlardan baʼzilar quyidagilardir: Abu Jaʼfar Muhammad Bakir, Hammod ibn Abu Sulaymon, Misʼor ibn Qidom, Ayyub Sahtiyoniy, Aʼmash, Sufyon Savriy, Sufyon ibn Uyayna, Ibn Shubruma, Abdulloh ibn Muborak, Imom Shofeiy, Vakiʼ ibn Jarroh...


Asl yoʻlni anglash uchun bu kitobni oʻqimoqchi boʻlganlar, nechtamiz? Qani, ❤️‍🔥 reaksiya qoldiramiz!

📞 Bogʻlanish uchun:
998535550 | @ildiz_admin
ildizkitoblari.uz | Manzil

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2910👍6🔥3🤩3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aslida har bir qiz obida, agar...

😭 Inson asl fitratda dunyoga keladi. Agar oʻsha fitratda ulgʻaysa, eng asl yoʻllar ochiladi. Faqat biz ulgʻayadigan muhit, atrofimizdagilar turlicha taʼsir oʻtkazadi.

Jamiyat — qudratli kuch! Ayniqsa, ayollarni qadrlagan, asragan va qoʻllab-quvvatlagan jamiyatlarda yuksalish kuzatiladi.

🤩 "Obida ayollar" kitobi hayratlarga sabab boʻlgan 40 dan ortiq ayollar haqida maʼlumot beradi. Asar kishi qalbiga taskin ulashib, insonni ezgulikka oshufta qilib qoʻyadi.

Keling, ayol-qizlar oʻqishi kerak deb bilgan 2 ta kitobingiz nomini izohlarda yozib qoldirib, boshqalarga ham manfaat ulashing! 😇

Hoziroq buyurtma qilib, yangi asar bilan sirlashish uchun:
@ildiz_admin | 998535550
ildizkitoblari.uz | Manzil

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥25👍95🕊3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz oʻzingizga nimani ravo koʻrasiz?💬

— "Borsa kelar"
— "Borsa xatar"
— "Borsa kelmas"

Bu yoʻllar faqat ertaklarda emas, bizning hayotimizda ham mavjud. Hammamiz ham qaysidir yoʻlni tanlov qilyapmiz...

Ijtimoiy tarmoqlarda sanoqsiz kanallar, axborotlar bor boʻlib turgan bu zamonda, sizning bu kanalda borligingiz, kitoblar haqida oʻqishingiz, eng foydali tanlov ichidaligingizdan darakdir, ehtimol! 💕

Ilm yoʻlida siz bilan birgaligimizdan xursandmiz :)

@ildiz_admin | 998535550
ildizkitoblari.uz | Manzil

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥427🔥7👍6💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asl maqsaddan chalgʻib ketmayapmizmi?

📝 Oppoq qogʻoz va qalam oling. 10 ta eng katta maqsadingizni yozing. Undan soʻng bugun qilmoqchi boʻlganlaringizni ketma-ket qoralang.

Keyin bu yozganlaringiz kunlik tartibingizga qanchalik mutanosib? Oʻylaganlarni amalga oshirish uchun necha foiz harakat qilyapsiz? Oʻylab koʻramiz :)

📱 Bu gaplarni koʻp eshityapmiz, lekin qilish qiyin boʻlyapti, desangiz, "Ildiz"ga keling! Ajoyib muhitda samarali yechimlar haqida suhbatlashamiz.

Eng qiziqarlisi: Kitoblarning oʻzi asl maqsadni eslatib qoʻyadi.

📍 Manzilimiz: Zarqaynar koʻchasi, 2-uy (Xadra)

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥26👍9🕊3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqish yugurish marafoni emas

💕 Shunday kitobxonlar borki, asarning har bir jumlasini oʻylab, belgilab qoʻyishadi. Hikmat deb bilganlarini yozib olishadi.

Shunday kitobxonlar borki, kitoblari bilan soʻzlashadi. Yangi sotib olsa, javonidagi asarlarga: kutib oling, sizlarga doʻst olib keldim, deb tanishtiradi.

🥹 Shunday kitobxonlar borki, qahramonlar bilan yashay boshlaydi. Oʻsha muhit, oʻsha hislar bilan baʼzan yigʻlab, baʼzan tabassum qilishadi.

"Ildiz kitobxonlari" mutolaaga ana shunday muhabbatli ekanliklariga ishonamiz :)

Xoʻsh, siz bir oyda nechta kitobni oʻqib, tafakkur qilasiz?

📞 Biz bilan bogʻlanish uchun:
@ildiz_admin | 998535550
ildizkitoblari.uz | Manzil

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥42👍1410😭4🔥2😁1💯1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbimizni tinglaymiz!

💕 Bir kitob bor. Unda "Ilmining nihoyatda koʻp ekani", "Saxovati va zohitligi" bilan hayratlarga sabab boʻlgan insonlar tasvirlangan hikoyatlar bor. Ular kimlar haqida ekanligini bilasizmi?

Maqomoti yuksak boʻlgan bu koʻngil egalarining amallari va muhabbati sizni taʼsirlantirmasdan qolmaydi.

• Hadiycha bintu Huvaylid
• Oisha bintu Abu Bakr Siddiq
• Ummu Salama roziyallohu anho
• Sofiya bintu Horis ibn Qbu Ziror
• Ummu Ayman — Baraka
• Sumayya bintu Hayot
• Fotima bintu Xattob

Muborak chashmadan suv ichgan bundayin koʻplab sahobiya ayollar haqida bilishni istasangiz, siz uchun maxsus kitob: 😍

"SAHOBIYA AYOLLAR"
Sotuvda mavjud!
Narxi: 25 000

📞 Hoziroq buyurtma qilib, oʻzingiz uchun yangi koʻngil olamini oching!

@ildiz_admin | 998535550
ildizkitoblari.uz | Manzil

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥28👍10💯43🕊31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aldanmaslik uchun nima qilish kerak?

Qiziq savol-a? Oʻzi aldanmaslik mumkinmi? Aldanish deganda faqat kimlarningdir yolgʻoni xayolingizga kelyaptimi?

Shunday boʻlsa, toʻxtang! Aslida biz oʻzimizni oʻzimiz aldayapmiz. Amallarimizga nazar solsak, buni tushunamiz.

Xatolarni takrorlamaslik uchun qalblar kashshofi boʻlmish Abu Homid Gʻazzoliyning "Aldanganlar" kitobini oʻqishni boshlang! 📌

Kitob "Ildiz nashriyoti"da chop etilgan boʻlib, aldanishning turli koʻrinishlari borligi va ularning toifalari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Sotuvda mavjud!
Narxi: 15 000


🌐 Hoziroq buyurtma berib, qalb shifosi tomon qadam tashlang!

998535550 | @ildiz_admin
Manzil | ildizkitoblari.uz

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥29👍156🔥4🤩3🕊3💯3😢1🏆1💔1
Sizning ovozingiz, bizning sozimiz...

👾 Kitoblarning ohangi bor, kuyi bor. Qalbga kirib oladigan soʻzi bor. Bu kuy va soʻz bizni mahliyo qiladi.

Premiumʼdan foydalanuvchi kitobxonlarimiz ovoz berishsa, biz yana ham ilhom bilan davom etamiz. 😇

https://hottg.com/boost/Ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥22👍3🙈311🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob ochofatlari uchun och qolish ham hech narsa emas 😎

🤭 Siz ham ayting-da, buning ham zavqi bor, yangi asarlarga qarab toʻygandek boʻlaman, deya.

Qani, oxirgi puliga ham kitob olganlar, izohlarda qoʻlimizni koʻtarib qoʻyamiz :)

998535550 | @ildiz_admin
Manzil | ildizkitoblari.uz

@ildizkitoblari
😁65👍11❤‍🔥84🥰3🔥1🤩1🤝1
Taq-taq, sizni tinglashga keldik! 👀

Bizni doim qoʻllab-quvvatlovchi va ruhlantiruvchi kitobxonlarimiz diqqatiga:

"Ildiz kitoblari" deganda xayolingizga birinchi boʻlib nima keladi?

1 ta gapda taʼrif berish kerak boʻlsa, nima degan boʻlardingiz? Izohlarda yozib qoldiring! ✍️

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥19👍75💯1
Fikr — fikrga asos yoxud "Bolalar adabiyoti" haqida

Bu xabarimizda maxsus savol bilan murojaat qilgan edik va yuqoridagi kabi oʻylantiruvchi izohlar eʼtiborimizni tortdi.

Oxirgi yillarda bolalar uchun chop etiladigan kitoblar koʻpaydi. Ular uchun badiiy asarlar yozayotgan mualliflarni ragʻbatlantirish kabi amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Ammo baribir bu soha eng yaxshisi boʻlishi kerak! Chunki, bu yoshdagi farzandlarimizni zarur qoʻllanmalar bilan ulgʻaytirmasak, keyingi bosqichlarda qiyinchilik boʻladi.

"Ildiz kitoblar doʻkoni" bu ogʻriqdan kelib chiqib, bolalarga moʻljallangan turli qoʻllanmalar chop etishni yoʻlga qoʻydi. Axir "Ildiz" vaziyatlarni yuzadan emas, tag-tomiridan yaxshilash tarafdori.

Shu oʻrinda yana savol:
Oxirgi marta kichkintoylar uchun foydali boʻladigan qanday kitob oldingiz?

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤‍🔥63🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥196👍5🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥235👍5🕊2
Ochiq qolib ketayotgan savollar...

Tadqiqotlar koʻrsatishicha, 4 yoshli bola bir kunda 300 marotaba savol berar ekan. Aksariyati "Nima uchun?" degan savol boʻladi.

Xoʻsh, bolajonlarning beradigan "Nima uchun?" soʻrogʻiga javoblarimiz bormi? Oʻzi ularni tinglaymizmi? Qiziqishlar shunchaki "Boy oʻynab kel", yoki "Ish qilyapman", "Jim oʻtir" kabi buyruq ohangi ostida yoʻq boʻlib ketmayaptimi?

Bu savollar bizni qattiq oʻylantirdi. Jamiyatning ogʻrigʻidan kelib chiqib, boshqacharoq uslubda kitob nashr etdik. Nomi:


📚 "OYIJON, AYTA OLASIZMI?"

Kitobda farzandimiz berishi mumkin boʻlgan savollar jamlangan. Javobni esa siz berasiz va qoʻllanmaga yozib qoʻyasiz. Imkoni boʻlsa, farzandingiz bilan birgalikda yozib boring!

Kitob sotuvda mavjud!
Narxi: 22 000

Yaxshi farzand — yaxshi ota-ona boʻlishdan boshlanadi!

💬 Bogʻlanish uchun:
998535550 | @ildiz_admin
Manzil | ildizkitoblari.uz

@ildizkitoblari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤‍🔥93🤝2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hisobli doʻst ayrilmas...

Lekin kitobxonlarning hisobi videodagidek boʻladi. 🤭

Chunki, ularga qancha koʻp boʻlsa ham, shuncha oz! Nima dedingiz?

Xoʻsh-xoʻsh, kim qancha kitob istaydi? Izohlarni bir yondiring-chi 🔥

998535550 | @ildiz_admin
Manzil | ildizkitoblari.uz

@ildizkitoblari
❤‍🔥35😁13👍7🔥6🕊32💯1
#asardan

Koʻp kitob oʻqiganing sari tutgan oʻrningdan, qoloq fikrlaringdan, boshqalar fikriga tobeligingdan xijolat boʻlib boraverasan. Oʻqish senga fikriy jihatdan ozodlik baxsh etadi.

© Abdulqodir Samarqandiy "Qalblardan soʻrang" kitobidan

@ildizkitoblari
❤‍🔥56👍2612💯10🔥5😭2
HTML Embed Code:
2025/07/09 00:57:10
Back to Top