TG Telegram Group Link
Channel: Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Back to Bottom
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#muzey_boʻylab_sayohat
#1_kun

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida oʻquvchilarning bilim hamda tajriba oʻrganish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yoʻlga qoʻyilgan.

♻️Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari uchun bolalar kutubxonasi hamda Hamid Olimjon va Zufiya muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat chog'ida o‘quvchilar Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, ularning boy ma'naviy hayoti, tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo'ldilar.

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida;

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida;

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida dastur doirasidagi dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli ota-onalar va aziz oʻquvchilar!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Sizlarni 7-sinfga o‘quvchilar qabuli bo‘yicha 2024-yil 18-may kuni soat 8:00 dan boshlanadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

📌 "Ochiq eshiklar" kunida:
Ijod maktabi haqida ma’lumotlar;
Ijod maktabidagi ixtisoslik fanlar;
Ijod maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
Ijod maktabining o‘quvchisiga qo‘yilgan talablar;
Ijod maktabiga qabul va saralash bosqichlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

✔️ Tadbir avvalida maktab boʻylab sayohat amalga oshiriladi.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
77 703 07 95
77 703 07 96

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchimiz_AQShda #Faxr

🔰"El-yurt umidi" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovining yakuniy bosqich natijalariga asosan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi

Hamidolimova Aziza Alisher qizi (The University of Arizona ) "Tillar" ta'lim dasturi yo‘nalishi stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda AQShning Arizona shtatida o‘qish faoliyatini boshladi.

🎉Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

AQShdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz!

Sayt I Facebook I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
O‘quvchilar almashinuvi

♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Jizzax viloyatidagi Hamid Ilimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashinuvi asosida jizzaxlik yoshlar Andijon shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lishdi.

O‘quvchi yoshlar Bobur milliy bogʻi majmuasidagi "Bobur va jahon madaniyati muzeyini"da ham bo‘lishib, undagi boburiylar davriga oid qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi.

👉 Unga koʻra, maktablarda faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2 nafar pedagogi: Hilola Mamarasulova hamda Farrux Pardaboyev vazir ustamasiga sazovor bo'lishdi

Sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
HTML Embed Code:
2024/06/14 01:16:38
Back to Top