TG Telegram Group Link
Channel: Yosh ijodkorlar kengashi - Duel
Back to Bottom
#kinonamoyish

“Ivanning bolaligi” Tarkovskiy dahosi insonning bir umr — bolalikdan ikkinchi hayot — yetuklikka qanday koʻchishi haqidagi betakror film. Urush fonida kechuvchi voqealar orasida biz boshqa bir jangni — insonlarning oʻzi va hislari bilan muhorabasini koʻramiz.
Bugun boʻlib oʻtgan film namoyishi ham tomoshabinlarda oʻziga xos kayfiyat uygʻotdi. Rejissyor Andrey Tarkovskiy va operator Vadim Yusovlarning favqulodda isteʼdodlari oʻlaroq dunyoga kelgan mazkur kinodurdona kishilarda urush va undagi gʻalaba xususida qarashlarni oʻzgartirgani shubhasiz.

@ijodkorlarkengashi
#kinonamoyish

Respublika Yosh ijodkorlar kengashi aka-uka kinorejissyor Joel va Itan Koenlarning "Qariyalarga bu yerda o'rin yo'q" (drama, triller, 2007) filmi namoyishiga taklif etadi.

Film yozuvchi zamonaviy Folkner — Kormak Makkartining shu nomli asari asosida suratga olingan.
Film Oskar mukofotining 4 ta nominatsiyasi bo'yicha taqdirlangan.

"Postapokaliptika va janubiy gotikaning vizual talqini"

Film o'zbek tilida namoyish etiladi.
Davomiyligi 122 daqiqa.

Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zali
Vaqti: 18-fevral 17:00

@ijodkorlarkengashi
⚡️Respublika Yosh ijodkorlar kengashi  kinorejissyor Redjio Godfrining "Koyaaniskatsi" (1982) hujjatli filmi namoyishiga barchani taklif etadi.

Film barcha ijodkorlar va sotsiologlarni fikriy mushohadaga chorlaydi.
Rejissyorning fikriga ko'ra: “Biz texnologiyalardan foydalanmaymiz, aksincha, texnologiyalarda yashaymiz.”

Film tili: tasvir va musiqa
Film davomiyligi: 87 daqiqa

Namoyishni Samandar Egamberdiev olib boradi.

📍Manzil: O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligining Press-klub zali.
🕰Vaqti: 25-mart  soat 17:00.

Barchangizni kinonamoyishda kutamiz!

@ijodkorlarkengashi
⚡️⚡️ Hurmatli san'atsevar do'stlar!
Sizlarni 30-31-mart kunlari Respublika yosh ijodkorlar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Ochiq eshiklar kuni-2" nomli ijodiy-tajriba ko'rgazmasiga taklif etamiz.

Bu ko'rgazma respublikamizning taniqli rassomlari:

Hikmat Jalilov;
Rahimjon Rizamuhammedov;
Lyubov Tiora;
Baxtiyor Oʻroqov;
Ulug'bek Nigmatov;
Anvar Boboqulov;
Erkin Bozorov
larning ijodiy ustaxonasida bo'lib o'tadi.

Siz ikki kun davomida rassom ustaxonasidagi ijodiy muhit, rassomning hayot tarzi, kartinalarning yaratilish tarixi, rassomning o'y-xayollari, kechinmalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʼlasiz.

Shu bilan birga rassomlar bilan suhbatlar, intervyular va master-klass, mahorat darslari tashkil etiladi. Ma'qul kelgan kartinani sotib olishingiz ham mumkin.

31-mart kuni har bir rassom ustaxonasida master-klass o'tkazadi. Va siz kartina yaratilishining jonli guvohiga aylanasiz.

Loyiha kuratori: Samandar Egamberdiyev.

@ijodkorlarkengashi
#kinonamoyish

Respublika Yosh ijodkorlar kengashi   kinorejissyor Nuri Bilge Jeylanning "Bir zamonlar Onado'lida" (dediktiv drama 2011) filmi namoyishiga taklif etadi.

Film turk tilida o'zbekcha subtitir bilan namoyish etiladi.

Kinonamoyishni Samandar Egamberdiyev olib boradi.

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Press-klub zali
Vaqti: 1-aprel 17:00

@ijodkorlarkengashi
Forwarded from WikiStipendiya
🏕 “WikiOromgoh”ning bahorgi mavsumida qatnashishga tayyormisiz?

Unda 14—20-aprel kunlari sizni Oromgohga chorlaymiz.

🔥 Ishtirok etish shartlari ikki karra oson! Ilk bor qatnashayotganlar 1 ta, o‘tgan mavsumlar ishtirokchilari esa 4 ta sifatli maqola yaratish orqali Oromgohga yo‘l olishi mumkin!

📆 Maqola kiritish va roʻyxatdan oʻtish muddati: 5-mart 00:01 dan 8-aprel 23:59 gacha! Shoshiling!

📿 Aytgancha, roʻzadorlarimiz uchun barcha sharoitlar tayyorlangan

🌸 Bahorda uyg‘onayotgan tog‘lar nafasi, yangi do‘stlar orttirish imkoni, va albatta, Vikipediyani mutaxassislar ko‘magida o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔗 Ro‘xatdan o‘tish

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from WikiStipendiya
#viki_xushxabar

🔥Biz soddalashtirilgan ingliz tilini ortda qoldirdik!

🏆Doʻstlar, oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 229 mingdan oshib, soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyadan ham ilgariladik!

📌 Ma'lumot uchun: Simple English Wikipedia ingliz tilini o‘rganish istagidagilar hamda unga qiziquvchilar uchun vikimaqolalarning soddalashtirilgan shakli bilan boyitiluvchi Vikipediya. Ayni damda mazkur Vikipediyaning foydalanuvchilari o‘zbekcha Vikipediyadagidan 7 barobarga ko‘proqni tashkil qiladi.

⚡️Biz, albatta, ingliz tilidagi Vikipediyani ham ortda qoldiramiz. #Tilimiz_uchun birgalikda harakat qilishda davom etaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from WikiStipendiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 WikiStipendiya loyihasi 1 yoshda!

2022-yil mayining 20-sanasida “WikiStipendiya” marafoniga start berilgan edi!

📊 Oʻtgan bir yil davomida loyiha orqali nimalarga erishildi?

• Oʻzbek tilidagi maqolalar soni qariyb 100 mingtaga oshirilib, 239 mingtaga yetkazildi;
• Oʻzbekcha Vikipediya butunjahon vikipediyalari tizmasida 62 oʻrindan 44-oʻringa chiqdi, yaʼni 18 pogʻonaga yuqoriladi;
• Maqolalar soni boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchilikka erishildi;
• Vikipediyani yoshlarga chuqur oʻrgatishga qaratilgan “WikiOromgoh” va “IbratWiki” oromgohlarida 850 dan ortiq yoshlarga maxsus darslar tashkil etildi;
Oʻndan oshiq OTMlarda vikiadministratorlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi;
• WikiStipendiya marafonining birinchi mavsumida 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi!

Natijalar ulkan. Olddagi maqsadlar esa yanada yuksak! Biz bilan birga boʻlib kelayotgan barchaga tashakkur bildirgan holda, barchani #tilimiz_uchun birgalikda harakat qilishga chorlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TILIMIZ_UCHUN
Salom, do’stlar!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi o’zbek tili rivoji uchun o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan ko’ngilli yoshlar harakatini yo’lga qo’ydi.

Hozirda:
–Jahonning tan olingan eng sara kitoblarini o’zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan 1000KITOB loyihasi;
– O’zbekcha Vikipediyada sifatli va foydali kontentlarni ko’paytirishni maqsad qilgan “WikiStipendiya” marafoni;
– Iste’dodli shoirlarni kashf etishga yo’naltirilgan “Duel”tanlovi va boshqa hali e’lon qilinmagan bir necha mega loyihalarimiz faoliyatini boshladi.

Safimizga qo’shilish istagida bo’lsangiz, ushbu so’rovnomani to’ldiring:

https://forms.gle/EwM5P1GFFpAS1fUa7

Postni do’stlaringizga ulashishni unutmang.

@tilimizuchun
Forwarded from Duel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Kim?
Qachon?
Qayerda?!


🔥 Biz shunday – kutilmaganda paydo bo‘lamiz!

Jamoamiz: hayajon, tuyg‘u, muhabbat, olov!

Mudragan yurakni lovullatmay o‘tmaymiz. Shubha qilganlar xotira g‘aladonini titkilab ko‘rsin.

Balki unutgandirsiz?!

Ha, eslayapsiz – o‘sha, xuddi o‘zi!

Ehtimol bu gal shunchaki tomoshabin emas, ishtirokchilar safida bo‘lishni istarsiz? Unday bo‘lsa bizni kuzatib borishda davom eting. Do‘stlaringizga ham ulashing.

👉 @duelloyihasi

Bizning sahifalarimiz: Facebook / Instagram / You Tube / Twitter / Tik Tok
HTML Embed Code:
2024/05/21 07:48:57
Back to Top