TG Telegram Group Link
Channel: Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
Back to Bottom
#OʻzFA #akademik #uchrashuv

ILM-FAN YO‘LIDAGI SUHBATLAR


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.

❗️Mazkur farmon ijrosiga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zFA Fizika -Texnika Instituti bosh ilmiy hodimi, , fizika-matematika fanlari doktori, akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv maktabning 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. Akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi , “Shuhrat “ medali sohibi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati hamda Al-Xorazmiy nomidagi medal bilan taqdirlangan, ilm-fan uchun juda katta hissa qo‘shgan fizik olimdir.

Uchrashuvda ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar, iqtidorli yoshlarni ham ilmiy ishlar, loyiha va kashfiyotlar qilishlariga yo‘nalish berish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi taʼkidlandi.

⁉️Muloqotda o‘quvchilar fizika sohasidagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Bunday suhbatlar kelajakka dadil qadam bosayotgan yoshlarimiz uchun, albatta ,manfaatli bo‘ladi.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #olimpiada #Hindiston

HINDISTONDA O`TKAZILGAN XALQARO MATEMATIKA MUSOBAQASI G'OLIBLARINI QUTLAYMIZ!


🇺🇿🇮🇳2024- yilning 26-31iyul kunlari Hindistonda o'tkaziladigan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan o'zbekistonlik o'quvchilar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-10-sinf o'quvchilari ham yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Katta yoshlilar jamoasiga (Key Stage III):
🟢Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🟢 Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🟢 G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi.

Biz ushbu o'quvchilarimizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Omad yor bo'lsin, aziz bilimdonlar❗️
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Florida #Texnologiyalari #Instituti #Massachusetts #Boston #Universiteti #Arizona #Universiteti
#Colorado #Boulder #Universiteti #INHA

YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI


🇺🇿Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-02 -sinf o‘quvchisi Zulayho Raximjonova U.S.News ning eng yaxshi aerokosmik muhandislik universitetlari orasida 8-o'rinda turuvchi Colorado Boulder Universitetiga qabul xatini hamda QS reytingida 540-o'rinda turuvchi Koreyaning INHA universitetiga Integratsion Sistem Muhandisligi bo'yicha to'liq grantni qo'lga kiritdi.

💥Bundan tashqari:
Florida Texnologiyalari Instituti - Aeronavtika fani - uchuvchilik - $50000;
Massachusetts Boston Universiteti - Elektr muhandislik - $20000;
Arizona Universiteti - Amaliy fizika | $19000 kabi yillik grantlarni qo'lga kiritgan.
Hozirda u Purdue, Penn State hamda Arizona State Universitetlaridan javob xatlarini kutmoqda.

🔥O’quvchimiz darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham faollik ko'rsatib kelmoqda, bulardan u:
"UniSat xalqaro 2.0 dastur" i g'olibi: Top20 talik ishtirokchisi va nanosun'iy yo'ldosh uchirgan;
TechGirls semi-finalist;
UWC finalist;
"STORILY" alumni;
"Kode With Klossy" yozgi dasturi alumni
"Technovation Girls" alumni
"ASTROGIRLS" asoschisi;
"INFINITY TEAM" sardori;
BMT ning "Yashil Bayroq"ni qo'lga kiritilishida o'z hissasini qo'shgan.

🇺🇸Bundan tashqari, Zulayho hozirda AQSHning USAaid agentligi tomonidan Orol dengizidan unumli foydalanish va uni qayta tiklash ishlariga qaratilgan "Climate Smart Business Incubator" dasturida "Alfa" jamoasi a'zosi sifatida qatnashib kelmoqda.

📌Ma'lumot uchun bu dasturga O'zbekiston bo'ylab 800 ta innovatsion g'oyalardan 15 tasi saralab olingan. Shu dastur doirasida o'quvchimiz 16-17-kunlari Mo'ynoq - Orol dengizida o'tkaziladigan tatqiqot ishlarida qatnashadi.

Darslarda ham tirishqoq o'quvchimiz - Zulayhoga kelgusida omad va zafarlar tilab qolamiz❗️
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#INHA #Barry #University #AMITY #University #MDIS

YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI


🇺🇿Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-02 -sinf o‘quvchisi Erkinova Zahro Janubiy Koreadagi INHA Universitetiga to’liq grantni qo’lga kiritdi va kelajakda o’qishlarini INHA da davom ettirishga qaror qildi.

Bundan tashqari:

🇺🇸Barry University- 90 foiz grant, Saint Louis University-70 foiz grant bilan qabul qilindi. Yurtimizning nufuzli oliygohlari bo’lgan: AMITY University, MDIS Universitylaridan qabul xatlarini olgan.

‼️Shuningdek, o’quvchimiz bir nechta yirik loyihalarda ishtirok etgan, bulardan:
DG Girls 2022, WomenTech 2023, Eco camp in Jizzax 2023. Xalqaro FEE tashkiloti tomonidan berilgan “Green flag” sohiblaridan biri hamdir.

Shijoatli, doimo muvaffaqiyat sari harakat qiladigan o‘quvchimiz bilan faxrlanamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, Zahro!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eco_union #al_khwarizmi #xayriya #yarmarka

🌟 "ECO-UNION" JAMOASIDAN YANGILIK! 🌟

🍭🛍 Biz tashkil etgan "Xayriya yarmarkasi" sizning qo'llab-quvvatlashingiz va ishtirokingiz tufayli haqiqiy muvaffaqiyatga erishganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

💰Yarmarkadan yig‘ilgan mablag‘ "30-Mehribonlik Uyiga" xayriya qilindi. Jamoamizning a'zolari mehribonlik uyiga bolalar uchun sovg'alar bilan tashrif buyurishdi va ko'plab muhtojlarga baxt ulashishdi!

🤝"Xayriya yarmarkamiz"da ishtirok etgan barchaga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizning saxovatingiz va mehribonligingiz tufayli qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning yuziga tabassum ulasha oldik.

💚🌍Dunyoni yanada yorqinroq va mehribonroq joyga aylantirganingiz uchun minnatdormiz. "Eco-Union" jamoasi bilan birgalikda yaxshilik qilib, bolalarni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun chin qalbdan tashakkur aytamiz!


🌟НОВОСТИ ОТ КОМАНДЫ "ЕCO-UNION"! 🌟

🍭🛍 Мы рады сообщить, что организованная нами "Благотворительная ярмарка" имела настоящий успех благодаря вашей поддержке и участию!

💰Средства, собранные с ярмарки, были переданы в "30-й Дом Благотворительности". Члены нашей команды посетили детский дом с подарками для детей и поделились счастьем со многими нуждающимися людьми!

🤝 Выражаем огромную благодарность всем, кто принял участие в нашей "Благотворительной ярмарке". Благодаря вашей щедрости и доброте нам удалось вызвать улыбку на лицах детей, оказавшихся в трудной жизненной ситуации.

💚🌍 Спасибо, что делаете мир светлее и добрее. Мы искренне благодарим вас за то, что вы вместе с командой "Eco-Union" делаете добро и поддерживаете нуждающихся детей!

Telegram | Instagram | Volunteers | Infinity team
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS #Westminister #Kite
#Anadolu #Universiteti

E’TIROFGA MUNOSIB NATIJA!

📣 Bitiruvchi o’quvchilarimizdan kunda xushxabar eshitish barcha ustozlarni ruhlantiradi. Sababi bu ular qadagan urug’ning samarasidir.

🔥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-01sinf o‘quvchisi Abduvohidov Abduvahob xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo'ldi.

🤩 Xalqaro IELTS dan 7.5 ballni qo‘lga kiritgan Abduvahob SAT dan ham 1420 ball bilan baholangan edi.

Abduvohidov Abduvahob shu paytgacha bir necha oliy o’quv yurtiga qabul qilindi. U:
🔤 Westminister universiteti
🔤 Kite universiteti
🔤 Anadolu universitetlariga qabul qilindi.

💥Umid qilamizki, bu ro’yxat hali davom etadi. E’tirofga munosib o’quvchimizni muvaffaqiyatlar bilan qutlaymiz. Abduvahobga yangidan-yangi zafarlar va kelgusidagi o’qish hamda ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz❗️
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#COVENTRY #University #UDEA #CU

OLIY TA’LIMDAN TAKLIFLAR DAVOM ETMOQDA!


❤️‍🔥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 13-may kuni Toshkent shahridagi Raqamli Iqtisodiyot va Agro-texnologiyalar universitetidan vakillar tashrif buyurishdi.

📌 Universitet vakillari o‘z oliygohlari faoliyati va u yerdagi shart-sharoitlar haqida o’quvchilarimizga taqdimot namoyish qildilar.

Universitetda o’qib qanday imtiyozlarni qo’lga kiritish mumkin? Ta’limdan keyingi ish bilan ta’minlanish masalalari qanday bo’ladi?

O’quvchilar muassasa vakillaridan shu kabi savollarga javob oldilar.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ibrat Debate
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent, Samarqand, va Surxondaryoliklar tayyormisiz

🎯 Siz bir vaqtning o’zida bepulga ingliz tili speakingizni NATIVE SPEAKER kabi rivojlantirishni hamda sertifikat va sovg’alarni qo’lga kiritishni xohlaysizmi ?

“Ibrat Debate” ingliz tilida shu hafta sizning hududingizda bo’lib o’tadi 🫵

📍 Toshkent Yoshlar ijod saroyida 19-may kuni 13:00 da (Yakshanba)
📍Samarqand Yoshlar markazida 18-may kuni 16:00 (Shanba)
📍Termiz Yoshlar markazida 18-may kuni 15:00 (Shanba)

Qatnashish uchun hoziroq, @ibratdebate_bot orqali ro’yxatdan o’ting ‼️

*Sizni debatda kutamiz. Bunday imkoniyatni qo’ldan boy berib bo’lmaydi 🤫

Telegram | Instagram
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HTML Embed Code:
2024/05/15 19:54:25
Back to Top