Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.
@hilola_umarova
>>Click here to continue<<
