TG Telegram Group Link
Channel: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
Back to Bottom
"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ JAMOASI KASB MAHORATI TANLOVIDA QATNASHIB, G’OLIBLIKNI QO’LGA KIRITDI

2024-yil 3-iyundan 8-iyunga qadar Tatariston Respublikasi Tetyushi shahrida о‘tkazilayotgan, turkiy xalqlar davlatlari о‘rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat kо‘rsatuvchi elektromontyorlarning kasb mahorati musobaqasida О‘zbekiston Respublikasi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari 1-о‘rinni egalladi.

Batafsil

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Kogon tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Zirabod” 35/6 kV podstasiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi va sinovdan o’tkazildi.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatobod tumanidagi elektr tarmoqlari hamda transformatorlar mukammal ta’mirlanmoqda.

Davlatobod tuman elektr ta’minoti ishchi xodimlari tomonidan yillik rejaga asosan aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, muammolarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Davlatobod tumani "O‘rta G‘irvon" mahallasidagi iste'molchilarga xizmat ko'rsatib kelayotgan quvvati 250 kVA bo‘lgan 452-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari mazkur hududdagi havo tarmoqlari ham ko‘rikdan o‘tkazildi.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Sirdaryoda energiya tejamkor jixozlar yetkazib beruvchi ko‘chma do‘kon o‘z ishini boshladi

Aholiga qulaylik yaratish, iste'molchilarni vaqtini va mablag‘ini tejash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali va "Hududgaz Sirdaryo" hamkorlikdagi ko‘chma do‘kon Sirdaryo viloyati bo‘ylab o‘z ishini boshladi.

Ushbu ko‘chma do‘konda energiya tejovchi uskunalar hamda quyosh panellari va boshqa turli xildagi uskunalarni arzonlashtirilgan ulgurji narxlarda iste'molchilar xonodoniga yetkazib berish bilan bir qatorda xonadonlarga o‘rnatish ishlari ham olib borilmoqda.

Hozirda Sayxunobod tumani mahallari bo‘ylab ko‘chma do‘kon o‘z mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryoda hududiy filiali Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

|Facebook|Telegram| YouTube|Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркияга ташрифи қардош мамлакатларимиз ўртасидаги кенг қамровли стратегик шериклик ривожида навбатдаги муҳим қадам бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O’ZARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

FARG‘ONA VILOYATIDAGI PODSTANSIYALARGA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

Iste'molchilarni sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashda hududlardagi mavjud podstansiyalar asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

“Farg’ona HETK” AJning bir qator vakillari ayni vaqtda Xitoyning Jiangsu provinsiyasi Changzhou shahri "Changzhou Pacific Electric Power Equipment (Group) Co., Ltd" kompaniyasining faoliyati bilan tanishishmoqda. Ular kompaniya tomonidan bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan so‘ngi rusumdagi zamonaviy, to‘liq ish jarayoni raqamlashtirilgan elektr qurilmalarini o‘rganishmoqda.

Ahamiyatligi shundaki, podstansiyalarga o‘rnatilishi rejelashtirilgan elektr qurilmalar eng avvalo aniq ko‘rsatkichlar asosida ishlaydi, nosozliklarni oldindan aniqlash imkoni kengayadi va o‘z navbatida podstansiyalarda texnologik yo‘qolishlar oldi olinadi.

"Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇

Facebook | YouTube | Instagram | X | het.uz
HTML Embed Code:
2024/06/08 13:29:39
Back to Top