#Mulohaza
Bir qiz yangi bir oilaga kelin bo'lib kelganidan so'ng uning yangi oilaga singib ketishi, o'z uyi bo'lishi uchun 5-10 yillar kerak bo'ladi, deydilar. Men bunga qo'shilmayman. Bir ayol boshqa bir uyning haqiqiy bekasi bo'lishi, mustahkam qo'rg'onning malikasi bo'la olishi uchun juda oz muddat, ehtimol bir yil kifoya qiladi. Yoki butun umr yetmasligi mumkin. Ayolning nechta farzandli bo'lishi, necha yil shu uyda yashab qo'ygani uning oilasi mustahkam ekanini anglatmaydi. Uning o'rnini, oiladagi mavqeyini turmush o'rtog'ining unga bo'lgan munosabati hal qiladi. Er ayolini boshiga ko'tarsa, hamma u ayolni boshiga ko'taradi. Er yerparchin qilgan ayolni, hamma qo'shilib tepkilaydi. Erkak har narsani ayoli bilan maslahatlashsa, uni ardoqlasa, hurmat qilsa, bir tan-u bir jon bo'lsa bu ayol o'sha uyda haqiqiy palak yozibdi. U haqiqiy oilaning malikasi bo'libdi. U tarbiyalagan bolalar esa o'ziga ishongan, mehrga qonib o'sgan insonlar bo'lib ulg'ayishadi.
Agarki, er sevmas ekan, e'zozlamas ekan u ayolni hech kim pisand qilmaydi. U ayol oilada o'rni yo'q bir sharpa kabi yashab o'tadi. Butun umr o'rnini qidirib o'tadi. Bir uyda o'rin topolmagan, baxtsiz ayol qanday farzandga tarbiya bersin. Qandoq kuchli insonlarni yetishtirsin.
Bir ayolniki, bir ayol orqali butun jamiyatni, kelajak avlodni baxtli yoki baxtsiz qilish erkakning zimmasida ekan, demak bu ma'suliyatni chuqurroq anglamoq zarurdir!
𝐇 𝐀 𝐘 𝐎 𝐓 𝐏 𝐆 🍃
>>Click here to continue<<