TG Telegram Group Link
Channel: Hasanov kundaligi 📘
Back to Bottom
Qaysi mezon asosida gaplashamiz?

Qonun, ko‘cha yoki shariat?

Inson qilayotgan ishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi isbotiga muhtoj! Bu isbot uning shu yo‘lda bardavom bo‘lishi uchun juda ham muhim.

Agar isbot topa olmasa yoki ikkilanishlar juda kuchli bo‘lsa, qilayotgan ishidan oladigan ma'naviy ozuqani yo‘qota boshlaydi. Qoniqish hissini tuya olmaydi.

Inson har doim to‘g‘ri yo‘lda, to‘g‘ri amal ustida ekanligini tan oladigan odamlar, jamoalar tomon intiladi. O‘zi anglamagan holda tanqiddan qochadi.

Nimanidir to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini biz asosan 3 ta mezon asosida baholaymiz. Bular: davlat qonuni, ko‘cha (o‘rmon) qonuni, shariat qonunlari.

Nafaqat to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi, balki uning jazo yoki mukofotini shu asoslar bo‘yicha belgilash kerak.

Masalan, siz do‘stingiz bilan sherikchilik asosida biznes boshladingiz. Lekin yarim yo‘lda do‘stingiz biznes pullarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yubordi. Siz bundan bexabarsiz.

Endi do‘stingizni sudga berasizmi, "erkakcha" gaplashib olasizmi yoki qozini oldiga olib borasizmi?

Bizning muammomiz nimada?

Biz insoniylik, odob, axloq singari barcha uchun nisbiy bo‘lgan, chegarasi noaniq tushunchalar ustida munosabatlar quramiz, ishlar qilamiz. Aniq mezon yo‘q.

Rahbariyat qiynalgan vaqtimda yordam bermadi, ota-onam menga sharoit qilib bermadi...

Bunday talablar qanday mezon bo‘yicha qo‘yilyapti? Konstitutsiya, din yoki ko‘cha mezoni bo‘yichami?

Biror ishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, qilingan ishni qanday jazolash yoki mukofotlash kerakligi bo‘yicha sizda aniq mezon bo‘lsin!

Shunda "menimcha" degan tushuncha girdobida qolib ketmaysiz!

"Menimcha"larni yig‘ishtirib, mezon bo‘yicha gaplashaylik!

📌 hottg.com/hasanovblog
Ne'matning odobi...
   
   Imom Ahmad rohimahullohning "Zuhd" kitobida keladi:
   "Sahobalar farzandlariga bir narsa berishni yoqtirishmas edi. Chunki bolalar u narsa bilan koʻchaga chiqishsa, kambagʻalning bolasi, yetim bolalar uni koʻrib uyiga kirib yigʻlaydi, qalbi parchalanadi, deb mulohaza qilishar edi!".

   Neʼmatning odobi shuki, u bilan bu neʼmatdan mahrum kishilar oldida maqtanilmasin.
   Farzandi yoʻq insonlar oldida farzandingiz haqida koʻp gapirmang.
   Faqirning oldida pulingiz, narsalaringiz haqida gapirmang.
   Bemorning oldida sogʻ va salomat ekanligingiz haqida gapirmang.

   Insonlarda yetishmovchilik boʻlishi tabiiy. Ular sekin-asta hayotlarini toʻldira borishadi. Ammo neʼmat sohiblarining jarohatga tuz sepishi toʻgʻri emas!

©Abdulqodir Samarqandiy

P.S: Ammo biz bugun ayni shu bilan bandmiz! Asoslarimizdan uzoqlashyapmiz.

Bizga berilgan xoh katta bo‘lsin, xoh kichik har bir ne'matni ommaga bir maqtanib qo‘yishimiz kerak.

Instagram aynan shuning uchungina xizmat qilayotgandek ba'zan.

📌 hottg.com/hasanovblog
Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda ko‘rdim.

©Najmiddin Kubro

📌 hottg.com/hasanovblog
Rahbariyat yoki xodimlar ilmsizligi ortidan qilingan xatolar uchun katta brendlar ko‘proq to‘laydi.

Aynan shu narsani yaxshi bilgan tadbirkorlar doimiy ta'lim oladi va biznesida ham korporativ ta'limni yo‘lga qo‘yadi.

📌 hottg.com/hasanovblog
Yashashchun kurashib, yashay olmagach,
O‘zimni o‘ldirdim, yashay boshladim!

https://youtu.be/DDPsWf67QOI?si=Vv6bdHCtg2q72YGE

📌 hottg.com/hasanovblog
Bugun 29-fevral. Qishning oxirgi kuni!

Yangi faslga sarhisob bilan o'tish kerak:
— Nimalarni reja qilgandim?
— Rejalarimga qanchalik erishyapman?
— Nimada yutdim-u, qayerda yutqazdim?
— Nima xulosalar chiqarishim kerak?
— Maqsadlarimdan chalg'imadimmi?

📌 hottg.com/hasanovblog
Forwarded from Marketing Club
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Loyihamizning bayram sonini kutib oling!

🚀 Marketing sohasida 28 yillik tajribaga ega MOREINFO Marketing Agentligi rahbari Ayjan Kasimbekovadan maxsus masterklass.

📈 Qisqa vaqt ichida kuchli brend qurish va umuman olganda brend mavzusi doirasidagi ko’plab savollaringizga javob topasiz.

9-mart (shanba), soat 14:00 IT park binosida hammangizni kutib qolamiz.

💵 Qatnashish narxi: 109.000 so’m
🌷 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarimizga kichik sovg'a: ishtirok etish bepul.

*Qolganlar esa 14-yanvarni kutmasdan bemalol kelaverishi mumkin))

Ro'yxatdan o'ting:
👉https://forms.gle/hYC3Bb88xWxMskZy7

@marketingclub_event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli jamoa bir-biridan yordamini ayamaydigan jamoa emas, kuchli jamoa avvalo bir-biriga xalaqit qilmaydigan jamoa!

Yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, kutilgan sifatda topshirib, u qilgan ish ortidan yana bir kishi ovora bo‘lmaydigan mutaxassislardan iborat jamoa!

📌 hottg.com/hasanovblog
Forwarded from Marketing Club
Bu galgi master classdagi mavzularni o’zlashtirib, amalda qo’llasangiz. Kelasi oydagi master classga do’stlaringiz uchun ham to’lavorasiz, ishonavering!

➡️ Farxod Komilov sun'iy intellektni marketingda qo'llash mavzusida;
➡️ Ayjan Kasimbekova kuchli brend qurish mavzusida;
➡️ Akbarjon Botiraliyev esa triggerlar orqali savdoni 2xga oshirish mavzusida master class o'tib beradilar.

📆 9-mart (shanba), 14:00 da, IT park binosida barchangizni kutamiz. Mo'ljal: Inha Universiteti.

💵 Masterklassda qatnashish narxi: 109.000 so’m. 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarimizga ishtirok etish bepul.

⚠️ Bu safar boshqacha bo’ladi…Joylar soni cheklangan!

➡️ Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/hYC3Bb88xWxMskZy7
Qo'shimcha daromad manbai izlayapsizmi?

Bir necha oy oldin ko'pirayter do'stimiz o'tkazayotgan chellenjni tavsiya qilgandim. Unda o'zim ham ishtirok etdim. Natijalar qanday bo'lgani ko'rdim.

15-martdan ushbu chellenjga qayta start beryaptilar:
https://hottg.com/copywriter_on/207

Agar siz – Kopirayter, SMM menejer, uy bekasi, talaba yoki qoʻshimcha daromad istagidagi inson boʻlsangiz, kopirayting sohasi aynan siz uchun!

Bu chellenj-kursda siz shunchaki SMM kopirayter emas, ish beruvchilar talabiga javob bera oladigan kopirayter boʻlib yetishasiz!

Qabul 12-martgacha! Qabul soni cheklangan, kursdan maqsad soqqa qilish emas, shoshilishingizni xolis tavsiya qilaman.

Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun: @prokopirayting_2'ga yozasiz.

🤫 Farrux Hasanov promokodi orqali keldim desangiz, har bir tarif uchun yana 10$ chegirmaga ham ega bo'lasiz.

📌 hottg.com/hasanovblog
Ramazon 2024.jpg
614.7 KB
🌙 RAMAZON

Ibodatlardagi dangasalikni yo'qotish, qalbdagi xushuni qaytarish, yaxshi odatlarni shakllantirish vaqti.

Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir», deganlar.

Ushbu muqaddas oyning fazilatlaridan to'liq bahramand bo'lish maqsadida o'z jamoamiz uchun ushbu "ODATLAR KUNDALIGI"ni tayyorladik!

Uni sizga ham ulashmoqdamiz-ki, qilingan amallar savobidan bizga ham yetishidan umidvormiz!

*Tavsiya: Ushbu kundalikni sifatli va qalin A4 shakldagi qog'ozga chiqaring va har kuni ko'zingiz tushadigan joyga ilib qo'ying!

🤲 Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!

📌 hottg.com/hasanovblog
Ramazon oyida ba'zi o‘y-fikrlar miyani tark etdi. Demak, shaytondan bo‘lgan ekan.

Ba'zi noto‘g‘ri o‘y-fikrlar hali bor. Demak, nafsimni yomonligi ham kam emas ekan aslida.

O‘zimni qayta taniyapman...

📌 hottg.com/hasanovblog
"Boshqalarga oʻxshashni istadim. Natijada oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.
Soʻngra ichimga boqdim. Ismimdan boshqa narsani tanimasligimni angladim!".

©️Jaloliddin Rumiy rohimahulloh

P.S. O‘zingiz bilan "uchrashuv" belgilab turasizmi?

📌 hottg.com/hasanovblog
Forwarded from Cubic club
Cubic podcastining birinchi soni "Marketing Evolyutsiyasi - Mahsulot bo'lishi yetarli" mavzusida bo'lib o'tdi. Bu safargi mehmonimiz: Business Navigator Consulting asoschisi va rahbari Azizjon Gapparov.

🗣 Podkastimiz davomida:
- O'zbekistonda marketing qanday rivojlandi.
- Kompaniya uchun R&D bo'limi qanchalik muhim.
- Marketingda product erasi qanday boshlangan.
- Bozorda birinchi bo'lish qanchalik muhim.

🎬 To‘liq podkast YouTube-kanalimizda. O‘ting va tomosha qiling! 👇
https://youtu.be/8SudY8oFbDc?si=f-tfYy115ORQj5Uc
Hasanov kundaligi 📘
Cubic podcastining birinchi soni "Marketing Evolyutsiyasi - Mahsulot bo'lishi yetarli" mavzusida bo'lib o'tdi. Bu safargi mehmonimiz: Business Navigator Consulting asoschisi va rahbari Azizjon Gapparov. 🗣 Podkastimiz davomida: - O'zbekistonda marketing qanday…
P.S Texnik muammolar sabab ovoz sifati bilan muammo bor. Ammo kontent saviyasi ancha yaxshi chiqqan InshaAlloh.

Birinchi podcast'dagi xatolarni kechirgan holda bizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz!

📌 hottg.com/hasanovblog
Blogimni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat

Ilk donatim! Birinchi donatni qilgan inson, siz tarixda qoldingiz 😅

Mobodoga ;)
https://tirikchilik.uz/khasanovfarukh
HTML Embed Code:
2024/05/14 00:47:35
Back to Top